Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.5K subscribers
12.3K photos
1.68K videos
112 files
3.84K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Hashar - elga yarashar!

🔰O‘zbekona mehnatsevarlik, ahillik, hamjihatlik ramziga aylangan ushbu hashar yurtimizning barcha hududlarida, eng chekka qishloq va ovullarda, mahallalarda ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

‼️Hasharini yuqori saviyada tashkil etish hamda o‘tkazish maqsadida Toshkent viloyati soliq organlarida ham erta tongdan jadallik bilan obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Xususan, ushbu hasharda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda hududiy davlat inspeksiyalarning xodimlari uyushqoqlik bilan ishtirok etishib, ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarga shakl berish va oqlash, ziyoratgoh va qabristonlarni tartibga keltirishga alohida e’tibor qaratdilar.

📌Muxtasar aytganda, jamoa hamjihatligini o‘zida aks ettirgan hashar bahonasida atrof-muhit ozodaligiga erishildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Baxtiyor bolalar quvonchi.

‼️Mehr-muruvvat, saxovat va bag‘rikenglik insoniylik burch sanaladi. Mehrga tashna qalblarga xursandchilik ulashish, ularga ko‘mak berish va e’tibor qaratish halqimizga xos olijanob fazilatlardan biribir.

✔️Davlat soliq xizmati organlari xodimlari Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi 15-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Mehr-muruvvat” tadbirini tashkillashtirdilar.

1964-yili tashkil topgan Mehribonlik uyida 53 nafar bolalar tarbiyalanayotgan bo‘lib, ularning eng kichiklari endi yetti yoshga kirgan, kattalari hademay o‘n yetti yoshga to‘ladilar.

🔷Ular ham mehrga, e’tiborga chanqoq, hayotida bayram va xursandchiliklar ko‘p bo‘lishini istaydi. Eng muhimi, bir fazilat ularga juda xos: mehribonlik uyi bolalari har qanday, hatto arzimas g‘amxo‘rlikni ham qalban chuqur his etadilar, xursandchilik onlarida butun borlig‘i bilan quvonadilar va bu onlarni xotirada uzoq saqlaydilar.Bugun tashkil etilgan tantana ham mehrga tashna qalb egalariga quvonch baxsh etdi.

Shuningdek, tadbirda bolajonlar o‘zlarining badiiy chiqishlarini mehmonlarga namoyish etdilar.

🖇Kuy-qo‘shiqlarga ulangan ushbu tadbir so‘ngida Davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga o‘quv qurollari va esdalik sovg‘alari ulashildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.