Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.65K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#Toshkent_viloyati Davlat soliq boshqarmasi

#Haftalik_dayjest

26-yanvar hamda 2-fevral sanasida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi amalga oshirilgan
ishlar.

Ohanganron shahrida narx-navo nazorati (https://t.iss.one/soliqpressa/5742)

1-fevraldan uyda baliq yetishtiruvchilar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin (https://t.iss.one/soliqpressa/5747)

Soliq qonunchiligidagi o'zgarishlar(https://t.iss.one/soliqpressa/5760)

Qibray tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xolidan xabar oldi.( https://t.iss.one/soliqpressa/5769)

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. (https://t.iss.one/soliqpressa/5762)

Bo‘stonliqda bunyodkorlik ishlari(https://t.iss.one/soliqpressa/5784)

Toshkent viloyati davlat soliq organi xodimlari uchun onlayn muloqot(https://t.iss.one/soliqpressa/5798)

Toshkent tumanida cashback targ‘iboti (https://t.iss.one/soliqpressa/5799)

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#sorovnoma

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Davlat soliq qo‘mitasi soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik fikri asosida baholash hamda sohadagi mavjud muammolarni aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda!

Barcha soliq to‘lovchilarni mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Sizning fikringiz biz uchun muhim❗️

👉Quyidagi havola orqali so'rovnomada ishtirok eting https://soliq.uz/public-opinion/rating
———————————

Уважаемые налогоплательщики❗️

Государственный налоговый комитет проводит опрос общественного мнения для оценки эффективности работы органов государственной налоговой службы и выявления существующих проблем в сфере!

Мы призываем всех налогоплательщиков принять активное участие в этом опросе.

Ваше мнение очень важно для нас❗️

👉Примите участие в опросе по этой ссылке
https://soliq.uz/public-opinion/rating?lang=ru

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#jarayon

📌 2022 yil 1-yanvardan boshlab savdo obektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga umumiy xarid summasidan 1 foizini (keshbek) ga qaytarish tizimi joriy etilgan.

Ushbu yangilikni keng jamoatchilikga yetkazish maqsadida, Ohangaron shahar davlat soliq inspeksiyasi "Sayyor soliq tekshiruvlari" sho‘basi xodimlari tomonidan, shahardagi aholi gavjum joylarda targ‘ibot ishlari olib borildi. Harid davomida cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, chek berilmagan xollarda “Soliq hamkor” tizimi orqali tegishli mutassadilarga murojat yo‘llash imkoniyatlari tushuntirildi.

✍️ Ohangaron shahar davlat soliq inspeksiyasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi o‘rinbosari U.Ismoilov Qibray tuman hokimi M.Mirkasimov va Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Xalmatovlar hamrohligida mahallalardagi hokim yordamchilari bilan uchrashib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

🔹Xususan uchrashuv davomida hokim yordamchilari tomonidan shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalari to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazilmoqda.

🔰Suhbat jarayonida hozirgi kunda hukumat tomonidan mahalla yordamchilariga berilayotgan e’tibor va ulardan kutilayotgan natijalar haqida batafsil ma’lumotlar berilib, ularning ish samaradorligini oshirish hamda mahallalardagi ishsiz aholini bandligini ta’minlash va boshqa sohalardagi muammolarini hal etishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tizimli ishlar to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berildi.

🏭Shuningdek mutasaddilar mahallalardagi korxonalar faoliyati bilan tanishmoqda.

✍️ Qibray tuman davlat soliq inspeksiyasi
Янгийўл шаҳар Самарқанд кўчасидан шаҳар Дехқон Бозорига, орқа тарафига кириш кўчаси...
Шаҳар Жомеъ масжидага ҳам шу кўча орқали кирилади...
Аммо кўча сунъий торайтирилган ва "стоянка" қилиб олинган...
Пул олинади... Тушуняпсизми? Кўчадан пул қилинади...
На чек бор на бирон бир асос...
Рейдерлик, рекетликку бу...

@Yangiyolliklar
Rasmiy munosabat!

🔰Joriy yilning 2-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlardagi “Yangiyo‘lliklar” telegramm kanalida Yangiyo‘l shahar Samarqand ko‘chasidan shahar Dehqon bozorining orqa tarafiga kirish ko‘chasi sun’iy toraytirilib, turli to‘siqlar qo‘yilganligi hamda hech qanday asossiz "stoyanka" qilib olinganligi yuzasida murojaat e’lon qilindi.

✔️Mazkur murojaatga yechim topish maqsadida Yangiyo‘l shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔷Olib borilgan o‘rganishlardan yuzasidan, “Ixtisoslashtirilgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori” MChJ rahbarining 2022 -yil 2- fevraldagi ma’lumotnomasi ilova qilinadi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#e_ijara

“Soliq” mobil ilovasida elektron raqamli imzosiz ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish mumkin

🧑‍💼Jismoniy shaxslar uchun “Soliq” mobil ilovasida ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish imkoniyati yaratildi. Hisobga qo‘yish ilovaning "Ijaraga berish" menyusida Face ID (insonning yuz ko‘rinishi) orqali amalga oshiriladi.

📱Ilovada:
👉“Ijarani
ro‘yxatga olish”
👉“Ijarani tasdiqlash”
👉“Ijaralar ro‘yxati”
👉“Talabalar uchun ijara shartnoma”
bo‘limlari mavjud.

🏠Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijaraga berilayotgan obyekt maydoni, ijara davri, ijara summasi va ijaraga olayotgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilishi lozim.

Ijaraga oluvchi jismoniy shaxs jo‘natilgan maʼlumotlarni tekshirib, "Tasdiqlash" tugmasini bosgandan so‘ng avtomatik ravishda ijara shartnomasi soliq organida hisobga olinadi va hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnoma shakllanadi.

👨‍🎓Ilovaning “Talabalarga ijaraga berish” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Bunda, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari (F.I.O, manzili, oliy o‘quv yurtining nomi, fakulteti va bosqichi ) avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

⚙️Face ID dan tashqari ERI va oneID orqali ham ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish imkoniyati yaratilmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hisoboti

💻Aylanmadan olinadigan soliq hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram