Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
🌳Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummiliy loyihasi shahar va qishloqlarmizni yashil maydonga aylantirish, go‘zal bog‘-rog‘lar barpo etish imkonini beradi.

☘️Mazkur loyihaga hissa qo‘yish maqsadida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan barcha hududiy inspeksiyalarda qizg‘in ish olib borildi.

🌲Yashil hudud bunyodkorlari o‘z yashash hududlari, tuman va shahar inspeksiyalariga, iqlim sharoitlaridan kelib chiqib eman, yapon saforasi, katalpa, shumtol, qayrag‘och, pavloniya, zarang, akatsiya, terak, chinor, tut, jiyda, yong‘oq va boshqa mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekmoqda.

🌿Soliqchilar "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish, ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan dolzarb 40 kunlik ishlariga o‘z hissasini qo‘shmoqdalar.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#бунёдкорлик

4-СЕКТОР. Бугун “Ўзбекистон” МФЙнинг янги қурилган биносининг очилиш маросими бўлиб ўтди.

📌Тантанали тадбирда туман ҳокими Абдурасул Абдуллаев ҳам иштирок этиб, йиғилганларни мана шу муҳташам бинонинг фойдаланишга топширилиши билан самимий қутлади. Шунингдек, туман раҳбари ўз нутқида туманимизда сўнгги йилларда олиб борилаётган улкан бунёдкорлик-қурилиши ишлари ҳақида тўхталиб ўтди.

📌Тадбирда кекса нуронийлар ҳам сўзга чиқиб, республикамизда олиб борилаётган ислоҳотлар ҳақида тўхталиб, маҳалла аҳлини янги бинонинг очилиши билан табриклади.

📌Меҳмонлар учун дастурхон тузалди, ош тарқатилиб, қуръон тиловат туширилди.

✍️Оҳангарон туман Давлат солиқ инспекцияси.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🐎Чавандозлар даврага от солишди

👉Каналга уланиш:
https://t.iss.one/toshvilpressa

Facebook | Instagram |YouTube |Twitter | TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish hamda ularga ko‘mak berish maqsadida o‘tkazilgan galdagi targ‘ibot tadbiri Oqqo‘rg‘on tumanida “OQQO‘RGʻON BARAKA CHEVARLARI” MCHJda tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, mazkur korxona 2020 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 300 nafar xodimni ish bilan ta’minlagan.

🔷Korxonaning yillik aylanmasi 2021 yilda 1,7 mln.AQSH dollorini tashkil etgan
-2020 yil iyun oyida ushbu korxonani tashkil etganmiz,-deydi korxona rahbari Akmal Yusupov. Hozirgi kunda soliq o‘rgani xodimlari bilan xamkorlikda ishlab kelmoqdamiz, tadbirkorlarga berilgan xar qanday imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berilib, yordam qo‘rsatilib kelinmoqda. 2021 yilning so‘ngiga qadar 2,5 millon AQSH dollorli mahsulot eksport qilishni rejalashtirganmiz va qo‘shimcha 200 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlashni maqsad qilganmiz.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmatli hisobchilar, Sizlarni bugungi bayramingiz bilan Davlat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan, qolaversa o‘z nomimdan muborakbod etaman.

Hozirda Prezidentimiz tashabbusi bilan aholi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda soliq xizmati organlari xodimlari bilan yelkama-yelka mehnat qilayotgan hisobchilarning mashaqqatli mehnatlari tahsinga sazovor.

Islohotlar natijasida sohaga tatbiq etilayotgan raqamli texnologiyalar hisobchilar uchun ko‘plab qulayliklar yaratmoqda. Xususan, masofadan turib hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni to‘lashga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tezkor tuzatib borishga imkon bermoqda.

Xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan sohaga transformatsiya qilinayotgan davlat soliq xizmati organlari amaliyotga tatbiq etilayotgan yangiliklarni o‘zlashtirishdagi tirishqoqligingizni, halol mehnatingizni, yangi tajribalarni o‘zlashtirishga xayrixohligingizni qadrlagan holda Sizlarni qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor.

Bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, ishlaringizga muvaffaqiyat, tani sihatlik va oilaviy xotirjamlik tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram