Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
12.3K photos
1.69K videos
112 files
3.86K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Soliqchi-tadbirkorga yaqin ko‘makchi.

📌«Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi» tamoyili bugungi kunda Toshkent viloyati davlat soliq idoralari faoliyatidagi asosiy yo‘nalishga aylanib bormoqda.

Xususan, viloyatda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning aniq holat va faktlar bilan asoslangan barcha shakldagi – yozma, og‘zaki va ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborgan murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirib, «Soliqchi-ko‘makchi» tamoyili asosida ularning masalalari qonuniy hal etilishida ko‘mak berilmoqda.

Bundan tashqari korxonalarga chiqqan holda tadbirkorlik sub’yektlariga soliq qonunchiligidagi yangiliklar, soliq to‘lovchilarning huquq va manfaatlari keng tushuntirilmoqda.

Tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish hamda ularga ko‘mak berish maqsadida o‘tkazilgan galdagi targ‘ibot tadbiri Oqqo‘rg‘on tumanida “OQQO‘RGʻON BARAKA CHEVARLARI” MCHJda tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, mazkur korxona 2020 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 300 nafar xodimni ish bilan ta’minlagan.

🔷Korxonaning yillik aylanmasi 2021 yilda 1,7 mln.AQSH dollorini tashkil etgan
-2020 yil iyun oyida ushbu korxonani tashkil etganmiz,-deydi korxona rahbari Akmal Yusupov. Hozirgi kunda soliq o‘rgani xodimlari bilan xamkorlikda ishlab kelmoqdamiz, tadbirkorlarga berilgan xar qanday imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berilib, yordam qo‘rsatilib kelinmoqda. 2021 yilning so‘ngiga qadar 2,5 millon AQSH dollorli mahsulot eksport qilishni rejalashtirganmiz va qo‘shimcha 200 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlashni maqsad qilganmiz.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
🔹Bugun Bo'ka tumani DSI da tumangagi tadbirkorlik sub'ektlari muammolarini o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi.

🔹Uchrashuvda, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining ma'sul xodimi O.Saidov, tuman DSI 4-sektor rahbari A.Kadirov, "Tadbirkorlikni qo'llab quvvatlash sho'basi" boshlig'i Sh.Siddiqov va 20 nafar tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etishdi.

♻️Tadbirkorlik sub'ektlari ozlarini mavjud dastlabki buhgalteriyasini yuritish,soliq rejimini tanlash,QQS hisobotlarida dasturdagi mavjud muammolar va ortiqcha to'lovlarni qaytarish,online NKM ishlatishdagi savollari va muammolari bilan murojaat qilishdi. DSI bilan bog'liq muammolar joyida hal etildi va savollariga ijobiy javoblar olindi.

✍️Bo‘ka tumani davlat soliq inseksiyasi.
Sayyor qabul –xalq bilan muloqotning samarali usuli.

🔰Odamlarni rozi qilish bugun davlatimiz siyosatining bosh maqsadi hisoblanadi. Xalqimizni ko‘p yillardan buyon o‘ylantirib, tashvishga solib kelayotgan muammolarga yechim topilib, yurtdoshlarimizning farovon turmush kechirishi uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. Bu borada chekka hududlarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarning ahamiyati katta bo‘lmoqda.

♻️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan 4-sektor hududlarida tashkil etilgan sayyor qabullarda ham aholini qiynab kelayotgan muammolarini o‘rganish va amaliy jihatdan yechim topish borasida izchil ishlar amalga oshirilyapti.

❇️Xususan, kuni kecha viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari tashabbusi bilan Oqqo‘rg‘on tumanidagi Eltamg‘ali mahalla fuqarolar yig‘inida galdagi sayyor qabul tashkil etildi.

✳️Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan, bandlik, uy-joy, ichimlik suvi, elektr energiya, kadastr xizmati, kredit va boshqa masalalari bo‘yicha murojaatlar qilinib, ularning har biri alohida nazoratga olindi.

Bundan tashqari uchrashuv davomida 20 nafar fuqarolardan murojaatlari qabul qilinib, shundan 8 ta fuqarolarning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi va 12 nafar fuqarolarning nafaqa va moddiy yordam, pensiya, kredit va boshqa masalalardagi murojaatlari bo‘lim ish yurituviga olindi. 10 dan ortiq murojaatlar tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, ularni qanoatlantirish choralari ko‘rildi va 4 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.

‼️Muddat talab qiladiganlari esa tegishli mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

⚡️Uchrashuv davomida yoshlarning vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida
4-sektor rahbari tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳозирги аномал об-ҳаво шароитида одамлар қандай йўл тутишлари лозим?
🔷Bugun Toshkent viloyati soliq organlarida hududlarni tozalash kuni deb e'lon qilindi.

🔷Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan o‘tkazilgan tabdirda barcha xodimlar faol ishtirok etdilar.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi.
Chirchiq shahar davlat soliq inspeksiyasi.