Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
12.4K photos
1.7K videos
112 files
3.89K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #keshbek

To‘langan QQSdan tadbirkorda keshbek

📢Mehmonxona, kafe restorani borlar yoki turoperatorlar, bu yangilik Siz uchun!

2024-yil 1-oktabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga budjetga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi.

✔️Bunda turoperatorlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmat uchun chet el valyutadagi tushum jami tushumning kamida 80 %ni tashkil etishi kerak.

2025-yil 1-yanvardan keshbek umumiy ovqatlanish korxonalariga ham beriladi.
Bunda oylik tovar (xizmat)larni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmaning naqd pulsiz qismi:
✔️60 %dan 🔺– to‘langan QQSning 40 %;
✔️60 %dan 🔻bo‘lsa– to‘langan QQSning 20% qaytariladi.

QQS 1 ish kunida soliq organi xulosasi asosida Gʻaznachilikdan tadbirkorning hisobraqamiga o‘tkaziladi.

Tadbirkor soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan QQSning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

Keshbek uchun shartlar to‘liq bajarilishi kerak‼️

✔️hisobot davrida QQS hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘langanda;

✔️hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 %dan kam bo‘lmaganda;

✔️EHFda yoki kassa cheklarida sotilgan tovar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari (MXIK)ko‘rsatilganda.

Shuningdek, 2024-yil 1-dekabrdan umumiy ovqatlanish korxonalari jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilganda dalolatnomani elektron rasmiylashtiradi.

✍️Dalolatnoma soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki Soliq mobil ilovasida elektron shakllantiriladi va sotuvchi (jismoniy shaxs) tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi.

✔️Ushbu dalolatnoma kirim hujjatlariga tenglashtiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads