Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.53K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#nazorat_tadbiri #alkogol_tamaki

Toshkent viloyatida 93 mln soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi


Soliq organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlar davomida Toshkent viloyatining Zangiota, Parkent tumani hamda Angren shaharlarida noqonuniy savdoga qoʻyilgan alkogol va tamaki mahsulotlari aniqlandi.

📍Zangiota tumanida joylashgan doʻkondan 5 turdagi 226 dona qiymati 12,1 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari;

📍Parkent tumanida fuqaroga tegishli omborxonadan 14 turdagi 5053 dona qiymati 69,1 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari;

📍Angren shahrida 5 turdagi 1010 quti qiymati 12 mln soʻmlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari aniqlandi hamda ular vaqtincha olib qoʻyildi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
—————
#контрольные_мероприятия #алкоголь_табак

В Ташкентской области пресечена продажа алкогольной и табачной продукции на сумму 93 млн сумов

В ходе мероприятий, проводимых налоговыми органами и Департаментом по борьбе с экономическими преступлениями при Генеральной прокуратуре, в
Зангиотинском, Паркентском районе, а также г.Ангрене Ташкентской области выявлена незаконная реализация алкогольной и табачной продукции.

Обнаружено и временно изъято:

📍из магазина в Зангиотинском районе - 5 видов алкогольной продукции в количестве 226 единиц с поддельными акцизными марками стоимостью 12,1 млн сумов;

📍со склада, принадлежащего гражданину, в Паркентском районе - 14 видов алкогольной продукции в количестве 5053 единиц с поддельными акцизными марками стоимостью 69,1 млн сумов;

📍в городе Ангрене - 5 видов табачной продукции в количестве 1010 пачек стоимостью 12 млн сумов без акцизных марок.

Оформленные по вышеуказанным случаям документы переданы в правоохранительные органы для принятия законных мер.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat_tadbiri

⚡️Olmaliq shahar Soliq inspeksiyasi, shahar Ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida ruxsat etilmagan joyda savdo qilayotgan fuqarolarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha
nazorat tadbiri o‘tkazildi.

📌Tadbir davomida 4 nafar fuqaro tomonidan hech qanday hujjatlarsiz, piyodalar yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘lakda noqonuniy ravishda savdo-sotiq bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, 4 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma va tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi hamda 27 xil turdagi umumiy qiymati 9,5 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklari vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotga qarshi o‘tkazilgan 1 315 ta
nazorat tadbirlarida huquqbuzarlik holatlari aniqlangan

 Soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida, umumiy ovqatlanish sohasida onlayn – NKTdan foydalanish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida o‘tkazilgan 1 315 ta nazorat tadbirlarida qator huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 10,8 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Umumiy ovqatlanish sohasida :

▫️ 960 ta holatda xaridorga onlayn-NKTdan 117,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 529,8 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;
▫️113 ta holatda 141 nafar norasmiy ishchilar faoliyat yuritayotganligi;
▫️63 ta holatda markirovkalanmagan 4,6 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi;
▫️15 ta holat (nazorat xaridi)da to‘lovlarni jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalariga o‘tkazish orqali amalga oshirilganligi;
▫️ 41 ta holatda foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalarini soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilinmaganligi aniqlangan.

Markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi (121 ta dori vositalari va tibbiy buyumlar 114 ta alkogol, 84 ta tamaki, 34 ta maishiy texnika sotuvchilar):

▫️343 ta holatda onlayn-NKTdan 32,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 283,2 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;

▫️ 47 ta holatda markirovkalanmagan 63,4 mln so‘mlik mahsulotlar savdoga qo‘yilganligi;
▫️21 ta holatda 6,3 mln so‘mlik aksiz markasiz va hujjatsiz alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi «U.Sh» MCHJda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvida:
▫️ 31,1 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda mavjud emasligi;
▫️38,9 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda ortiqchaligi;
▫️960,9 mln so‘mlik 139,4 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlar buxgalteriyada aks ettirilmaganligi;
▫️1 507,4 mln so‘mlik 199 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlari bo‘yicha maʼlumotlar “Asl belgisi” axborot tizimiga yuborilmaganligi;
▫️7 nafar ishchilarning ish haqi summasi hisobotda aks ettirilmaganligi aniqlandi.

Natijada SK 223- va 227 prim 1- moddalariga asosan korxonaga nisbatan 426,7 mln so‘m moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads