Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.54K subscribers
12K photos
1.64K videos
106 files
3.63K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
❇️Hududlar kesimida xizmatlar sohasining asosiy ko‘rsatkichlari

🔺Toshkent viloyatida xizmatlar sohasining umumiy hajmi 2024- yil yanvar-may oylarida 13 800,9 mlrd. so‘mni hamda o‘sish +12,4 %ni tashkil etdi.

🔺Hududlar kesimida xizmatlar sohasining hajmi:

▪️Nurafshon sh. - 413,0 mlrd. so‘m 
▪️Olmaliq sh. - 977,2 mlrd. so‘m
▪️Angren sh. - 919,5 mlrd. so‘m
▪️ Bekobod sh. – 640,4 mlrd. so‘m
▪️Ohangaron sh. - 343,6 mlrd. so‘m
▪️Chirchiq sh. – 1 153,8 mlrd. so‘m
▪️Yangiyo‘l sh. - 612,0 mlrd. so‘m
   Tumanlar:
▪️Oqqo‘rg‘on  - 382,7 mlrd. so‘m
▪️Ohangaron - 244,8 mlrd. so‘m
▪️Bekobod - 393,6 mlrd. so‘m
▪️Bo‘stonliq - 839,0 mlrd. so‘m
▪️Bo‘ka – 421,1 mlrd. so‘m
▪️Quyi Chirchiq - 321,0 mlrd. so‘m
▪️Zangiota – 1 253,9 mlrd. so‘m
▪️Yuqori Chirchiq - 572,9 mlrd. so‘m
▪️Qibray -1 104,,0  mlrd. so‘m
▪️Parkent – 512,4 mlrd. so‘m
▪️Piskent - 256,6  mlrd. so‘m
▪️O‘rta Chirchiq - 453,1 mlrd. so‘m
▪️Chinoz – 418,8 mlrd. so‘m
▪️Yangiyo‘l - 649,8 mlrd. so‘m
▪️Toshkent - 917,7 mlrd. so‘m
Rag‘bat-yuksalish sari yetaklaydi

🔹Toshkent viloyatida soliq xizmati organlariga mahalla darajasiga tushib ishlash boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 1025 ta mahallalarga 482 nafar soliq inspektorlari biriktirilgan.

♻️Shuningdek, iyun oyida samaradorlik ko‘rsatkichi 90,0 balldan yuqori bo‘lgan 15 ta inspeksiyadan 200 dan oshiq xodim rag‘batlantirildi.

📌Viloyat bo‘yicha biriktirilgan xodimlarning 45 foizi ustama mukofotlari olib, mavjud intizomiy jazo choralari bekor qilinishi belgilandi.

‼️O'rtachirchiq tumanining Mustaqillik va Oq ota hamda Boyqo'rg'on mahallalariga biriktirilgan soliq inspektori Zuxritdin Ubaydullayevning muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari iyun oyi yakuni bilan 97,3% ni tashkil etib, rag‘batlantirilayotgan xodimlardan biri sanaladi.

Aytish kerakki, mazkur yangi tizim joriy etilgandan buyon, uning ko‘rsatgichlari 95 Balldan yuqori bo‘lib kelmoqda.

🔸Zuxritdin Ubaydullayev Soliq qo‘mitasi raisi tomonidan e’tirof etilib, tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

▫️– Menga biriktirilgan 3 ta mahallada 50 nafar yuridik shaxslar hamda 97 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar,712 nafar o‘zini o‘zi band qilganlar va 1 929 nafar yer solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘lovchilari bor,-deydi Zuxritdin Ubaydullayev. Qo‘mita raisi tomonidan berilgan e’tirofdan minnatdorman. Bu e’tirofni qabud qilayotib, viloyat boshqarma boshlig‘iga doim yuqori ko‘rsatgichlarni qayt etishga va’da berdim. Kelgusi faoliyatimda ham qo‘shimcha manbaalar yaratib, soliq tushumlarini ortig‘i bilan bajarishga va rahbariyat bergan ishonchni oqlashga harakat qilaman.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
#raqamlashtirish #murojaatlar

Call-markaz javob beradi

2024-yil iyun oyida Soliq qo'mitasi Call-markazi 49 260 ta murojaat qabul qilgan.

Murojaatlar soliq to‘lovchilar kesimida:
🔹jismoniy shaxslar – 32 284 tа;
🔹yuridik shaxslar – 15 476 tа;
🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar – 1 145 tа;
🔹fermer va dehqon xo‘jaliklari – 85 tа.

📈Eng ko‘p murojaat:
📍hududlar kesimida Toshkent shahridan – 18 528 ta;
👩🏻‍💼toifalar kesimida jismoniy shaxslardan – 32 284 ta kelib tushgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_reportaj

🇺🇿Viloyatdagi xotin-qizlarning tadbirkorligi qoʻllab-quvvatlanmoqda. Joriy yil davomida 54 milliarddan ortiq kredit mablagʻlari yoʻnaltirilgan.

🔰Birgina Yuqori Chirchiq tumanida mahallalarning ixtisoslashuviga qarab, ishsiz xotin-qizlarga hokim yordamchilari koʻmagida tadbirkorligini boshlashlari uchun imtiyozli kreditlar ajratilib, natijada yana koʻplab ish oʻrinlari yaratishga erishilmoqda.
#топшириқлар  ijrosi

🔹Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Fayziboyev va tuman mutasaddilari  Bo‘stonliq tumaniga  tashrif buyurgan holda, dala hovlilarni ijaraga berib, daromad topayotgan jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda belgilangan soliqlarni byudjetga to‘lanishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
🔹O‘tkazilgan yig‘ilishga, tuman Hokimining birinchi o‘rinbosari Gʻ.Abduvoxidov, tuman Prokurori I.Qambarov, Toshkent viloyati Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i D.Almatov, tuman  Iqtisodiy  jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo‘limi boshlig‘i A.Salimov, MFY raislari, Hokim yordamchilari hamda soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirok etdilar.

📌 Yig‘ilishda bir qator vazifalar belgilab olinib, ijrosi bo‘yicha takliflar tinglandi.

  ✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati