Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.65K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Bugun "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning stol tennisi turli bo‘yicha viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Stol tennisi markazida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqaning viloyat bosqichi boʻlib oʻtadi.

Musobaqada viloyatning 22 ta tuman va shaharlaridan kelgan 132 nafar sportsevar yoshlar uchta (16-21, 22-26, 27-30) yosh toifasida qatnashdi.

Musobаqa natijasiga koʻra quyidagi jamoalar 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

16-21 yosh toifasida qizlar Chinoz tumani, oʻgʻil bolalar Toshkent tumani, 22-26 yosh toifasida qizlar Yuqori Chirchiq tumani, oʻgʻil bolalar Parkent tumani, 27-30 yosh toifasida qizlar Ohangaron shahar, oʻgʻil bolalar Olmaliq shahar jamoalari egalladi.

Gʻolib boʻlgan 18 nafar ishtirokchilar 11-14 iyul kunlari boʻlib oʻtadigan Respublikasi bosqichining A,B,C ligalarida ishtirok etadi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️2-iyul – “O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun qabul qilingan kun

🔰 Qonunga muvofiq, Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.

📌 O'zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart.

▶️ Jinoyat kodeksiga asosan, Davlat gerbiga hurmatsizlik qilish BHMning 25 baravarigacha (8 mln 500 ming so'm) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
#hamkorlik

Soliq qo‘mitasi mutaxassislari Anqarada xalqaro tajribalarni o‘rganmoqda

Anqara shahrida “Noqonuniy iqtisodiyotga qarshi kurash, soliq amaliyotidagi mavjud o‘zgarishlar va raqamli texnologiyalar” mavzusidagi seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirda Soliq qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy soliq organlaridan rahbar va mutaxassis xodimlar ishtirok etyapti.

2024-yil 1-iyuldan 5-iyulgacha davom etishi rejalashtirilgan seminarning dastlabki kunida ishtirokchilar Anqara soliq boshqarmasi va inpeksiyasida ish jarayoni bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashishdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #mobil_ilova

Soliq keshbekdan iyun oyida 81 mlndan ko'proq foydalanildi

Joriy yilning 1-iyul holatiga Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 7 mln dan oshdi.

📱Iyun oyida mobil ilova xizmatlaridan 82,4 mln martadan ko‘p foydalanilgan.

Yangi xizmatlar:
1. Elektron kalitga toʻlov
2. Fiskal modulga toʻlov
3. YTT soliqlarini toʻlash.

Eng ommabop xizmatlar:
Xaridlar uchun keshbek
Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish
O‘zini o‘zi band qilish
Soliqlarni to'lash
Soliq hamkor
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart


Xoʻjalik subyektlari rasmiylashtirayotgan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.


Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#deklaratsiya

Endilikda fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olmoqda

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

📩 Bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga deklaratsiya asosida (mol-mulkini ijaraga berishdan, noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida olgan daromadlari) hisoblangan daromad solig‘i to‘g‘risidagi maʼlumotlar SMS ko‘rinishida yuborilmoqda.

🔗 SMS ostida “Batafsil” hamda “To‘lash” yozuvi bor. “Batafsil” yozuvi orqali to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. To‘lov xabarnomasida fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar o‘rin olgan.

📲 “To‘lash” yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa, ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa, platforma orqali yuklab olinadi.

📊 Agar soliq to‘lovchining daromad solig‘idan imtiyozi bo‘lsa, “my3.soliq.uz” sayti orqali imtiyozini ko‘rsatgan holda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qayta hisobot shaklida taqdim etishi mumkin.

❗️Eʼtibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OHANGARON SHAHRI_Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi tashshabusi bilan stol tennisi bo‘yicha Soliq inspeksiyasi kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Сhakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,4 %ga o‘sdi va 1658,2 mlrd. so‘mni tаshkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 14,2 % ulushiga to‘g‘ri keldi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Toshkent viloyatida eksportyorlar tomonidan qilingan tovar va xizmatlar eksporti

2024- yil yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida eksportyorlar soni 726 taga yetdi va ular tomonidan 727,7 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati