Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.51K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#hamkorlik

Soliq qo‘mitasi delegatsiyasi Soliq maqsadlarida shaffoflik va axborot almashinuvi boʻyicha Global forumning XVI yalpi majlisida ishtirok etdi

Joriy yilning 27-noyabr – 1-dekabr kunlari Lissabon shahrida (Portugaliya) boʻlib oʻtgan Soliq maqsadlarida shaffoflik va axborot almashinuvi boʻyicha Global forumning (Global forum) XVI yalpi majlisida Soliq qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari M.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Tadbir Global Forum Kotibiyati hamda Portugaliya soliq va bojxona boshqarmasi (Autoridade Tributária e Aduaneira) tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, unda 115 ta mamlakatkardan delegatlar, Global Forum aʼzolari va kuzatuvchilari, shuningdek, 13 ta xalqaro tashkilot, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati vakillari, umumiy hisobda 450 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

Global Forumning asosiy maqsadi soliq shaffofligini taʼminlash boʻlib, Oʻzbekiston mazkur tashkilotga 2022-yilda a’zo bo‘lgan.

Tadbirda soliq maqsadlarida ma’lumot almashish standartlariga kiritilgan o‘zgarishlar, shuningdek kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumot almashish istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, Global Forum doirasida ma’lumot almashish natijasida 2009-yildan buyon a’zo mamlakatlar tomonidan 126 mlrd yevro qo‘shimcha soliq manbalari aniqlanganligi, shundan 41 mlrd yevro rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelganligi ma’lum qilindi.

Yalpi majlis doirasida Soliq qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari M.Maxkamovning IHTTning Soliq siyosati va ma’muriyatchiligi markazi rahbari Manal Korvin hamda Global Forum Kotibiyati rahbari Zayda Manatta bilan ikki tomonlama uchrashuvlari o‘tkazildi.

Uchrashuvda mezbon tomoni O‘zbekiston tomonidan xalqaro soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish hamda soliq ma’lumotlarini almashishda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadilar va kelgusida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdilar. Tomonlar mazkur yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#hamkorlik

O‘zbekiston va Rossiyaning soliq sohasidagi hamkorligi yanada mustahkamlanmoqda


Joriy yilning 14-15-dekabr kunlari Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi O‘zbekiston soliq organlari delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ldi.

Tashrif davomida Sh.Kudbiyev va Rossiya Federal soliq xizmati rahbari Daniil Yegorov soliq sohasida kelgusidagi hamkorlikni muhokama qildi.

Batafsil
______
#сотрудничество

Укрепляется сотрудничество Узбекистана и России в налоговой сфере

14-15 декабря этого года делегация налоговой службы Узбекистана под руководством председателя Налогового комитета Шерзода Кудбиева пребывала с рабочим визитом в Российской Федерации.

В ходе визита Ш.Кудбиев и руководитель Федеральной налоговой службы России Даниил Егоров обсудили дальнейшее сотрудничество в налоговой сфере.

Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#hamkorlik

Soliq qo‘mitasi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi

Soliq qo‘mitasida Osiyo taraqqiyot bankining Boshqaruv sektori idorasi va davlat sektorini boshqarish bo‘yicha direktori Xiranya Mukxopadyay boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J.Abdiyev OTB vakillariga soliq ma'murchiligida amalga oshirilgan islohotlar bo‘yicha ma'lumot berdi.

Shuningdek, uchrashuvda “Soliq ma'muriyatchiligini diagnostik baholash vositasini qo‘llash” TADAT bo‘yicha o‘tkazilgan missiyalar va uning yakuni yuzasidan qo‘mitaga taqdim etilgan hisobotda qayd etilgan muammoli masalalar doirasida soliq ma'murchiligini isloh qilish va xodimlar malakasini oshirish muhokama qilindi.

Mehmonlar bugungi kunda O‘zbekistonda “yashil" iqtisodiyotga o‘tish islohotlari yo‘nalishidagi loyihalarni OTB tomonidan kreditlash rejalashtirilganligini va Soliq qo‘mitasida ham ayni yo‘nalishdagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuv yakunida soliq ma'murchiligini bosqichma-bosqich takomillashtirib borish, soliq to‘lovchilarga qulay va shaffof biznes muhitini yaratish bo‘yicha hamkorlikni yangi bosqichda davom ettirishga kelishib olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik

Gruziya Daromadlar xizmati Oʻzbekiston tajribasini oʻrganmoqda

Gruziya Daromadlar xizmati bosh direktori oʻrinbosari Levan Sitelashvili boshchiligidagi delegatsiya Soliq qoʻmitasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonlar Soliq qo‘mitasining Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmurchiligini isloh qilish” loyihasi bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribalarini oʻrgandi.

Soliq qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari M.Mirzayev boshchiligidagi qoʻmita vakillari delegatsiya aʼzolarini zamonaviy axborot-texnologiyalari va ilgʻor dasturiy taʼminotlar joriy qilinishi, xususan, Soliq maʼlumotlarini qayta ishlash markazi faoliyati bilan tanishtirdi.

Amalda qoʻllanilayotgan dasturiy mahsullarning imkoniyatlari boʻyicha taqdimotlar namoyish etildi.

Tashrif yakunida Gruziyaning sohadagi ijobiy tajribasi yuzasidan ham fikr almashildi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik

Soliq maʼmuriyatchiligi: Raqamlashtirish davrda soliq qonunchiligiga rioya qilish darajasini oshirish – bugun va kelajak


Samarqand shahrida Soliq maʼmuriyatchiligi: “Raqamlashtirish davrda soliq qonunchiligiga rioya qilish darajasini oshirish – bugun va kelajak” mintaqaviy seminari boshlandi.

Mazkur o‘quv-seminar joriy yil 30-maygacha davom etadi.

Tashkilotchilar – Soliq qoʻmitasi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (XVJ) Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻiliston mintaqalarida salohiyatni oshirish markazi (CCAMTAC) hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi.

Mazkur oʻquv-seminarida Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkmaniston, Tojikiston va Moʻgʻiliston soliq idoralaridan, shuningdek, Deloitte, PricewaterhouseCoopers, Ernst & Young va KPMG katta toʻrtlik yirik auditorlik kompaniyalaridan kelgan 40 nafarga yaqin mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Amaliy tadbirlar doirasida mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tajribasi va istiqbollarini o‘rganishga bag‘ishlangan sessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
_____
#сотрудничество

Налоговое администрирование: Повышение уровня соблюдения налогового законодательства в цифровую эпоху


В Самарканде стартовал международный учебный семинар “Налоговое администрирование: Повышение уровня соблюдения налогового законодательства в цифровую эпоху - сейчас и в будущем”.

Данный учебный семинар проводится 28 - 30 мая этого года.

Организаторы – Налоговый комитет, Региональный центр развития профессионального сотрудничества Кавказа, Центральной Азии и Монголии (The Caucasus, Central Asia and Mongolia Regional Capacity Development Center – CCAMTAC) и представительство ПРООН в Узбекистане.

В семинаре участвуют около 40 представителей налоговых ведомств Азербайджана, Армении, Грузии, Казахстана, Кыргызской Республики, Монголии, Таджикистана, Туркменистана, а также МВФ, ПРООН и крупнейших аудиторских компаний «Большой четверки» (Deloitte, PricewaterhouseCoopers, Ernst & Young и KPMG).

В рамках практических мероприятий запланированы сессии по изучению опыта, перспективам регионального экономического развития.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik

Mintaqaviy o‘quv-seminarining ochilish marosimida Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzaev, Xalqaro valyuta jamg‘armasining budjet daromarlarini boshqarish bo'yicha maslahatchi Gregori Topping, Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun soliqlar" loyihasining milliy koordinatori Jafar Fazilov ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar so‘nggi besh yilda mahalliy soliq ma’muriyatchiligida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.
________
#сотрудничество

В церемонии открытия международного учебного семинара принимают участие первый заместитель председателя Налогового комитета Мубин Мирзаев, советник по управлению бюджетными доходами Международного валютного фонда Грегори Топпинг, национальный координатор проекта «Налоги для ЦУР» Жафар Фазылов.

Докладчиками представлена информация о локальных реформах налогового администрирования за последние пять лет и достигнутых результатах.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads