Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.51K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yangi qaror mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda


📝Ma’lumki, 2024-yil 16- aprelda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori qabul qilindi. Joylarda hamkor idora va tashkilotlar ishtirokida qaror mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

📖Qarorga muvofiq, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024-2025-yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1-may sanasidan eʼtiboran, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi.

♻️Olmaliq hamda Angren shaharlarida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida qarorning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish, 1 maydan tariflarga kiritilgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔺Shuningdek, targ‘ibot tadbirlari davomida foydalanilgan energiya resurslar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, noqonuniy foydalanish orqali keltirib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning javobgarlik masalalari haqida ham huquqiy tushunchalar berildi.
Xorijga ketgan va xorijdan qaytgan fuqarolarimizni qoʻllab-quvvatlashda mahalla yettiligining oʻrni

🔺Toshkent viloyati Bekobod tumani 4-sektoriga qarashli mahalla fuqarolar yig’inlarida tashqi migratsiyada yurgan fugarolarini qo'llab-quvvatlash, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish hamda tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarning bandligini ta'minlash borasidagi xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹Shuningdek, ularni ijtimoiy hayotga moslashishlarida ko'maklashish, huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolariga ijobiy yechim topishda mahalla yettiligi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi
.
#hayat

Hayʼat majlisi: natijalar tahlil qilinib, vazifalar belgilab olindi


Soliq qo‘mitasi raisi rahbarligida, joriy yil aprel oyi prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi hamda may oyidagi vazifalarga bag‘ishlangan Hayʼat majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda markaziy apparat hamda hududiy soliq boshqarmalari boshliqlari (videokonferensaloqa orqali) ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, aprel oyida 14,6 trln soʻmlik soliq tushumlari taʼminlanib, oʻtgan yilning aprel oyiga (13 trln soʻm) nisbatan 1,6 trln soʻmga (12,1%) oʻsishga erishildi. Xuddi shu davrda – mol-mulk soligʻi 56%, aylanmadan olinadigan soliq 45%, yer soligʻi 38% va QQS 25% oʻsgan.

Shu bilan birga, aprel oyida 19 ta tuman (shahar)larda umumiy tushumlarni hamda 58 ta soliq inspeksiyasida aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hamda aksariyat hududlarda qoʻshimcha daromadlarni jalb etishda kutilgan natijalarga erishilmaganligi jiddiy tanqid qilindi.

Shuningdek, “DSB maʼmurchiligi” dasturi asosida “korxonabay” ishlash tizimi boʻyicha aprel oyi yakuniga koʻra samaradorlik koʻrsatkichi Navoiyda 68,8 ball, Toshkent shahrida 69,6 ball Qashqadaryoda 70 ball, Jizzaxda 70,3 balni tashkil etib, past daraja qolganligi tanqid qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Hayʼat yigʻilishida “Mahallabay” ishlash tizimi doirasida soliq inspektorlari faoliyati ham tahlil qilindi.

Xususan, joriy yil aprel oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” ATda baholash natijalariga koʻra respublikaning samaradorlik koʻrsatkichi 92,2 ballni tashkil etib, 9 ta viloyatda 90 balldan oshgan boʻlsa, Andijon (84,8), Fargʻona (87,2), Samarqand (87,5), Namangan (89,7), Jizzax viloyatlarida 90 ballga yetmaganligi har bir mahalla kesimida tanqidiy muhokama etilib, masʼullarning hisobotlari eshitildi.

Oʻtgan oyda 377 nafar inspektorning samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 95 balldan yuqori, 1 416 nafari esa 90 va 95 bal oraligʻidagi koʻrsatkichlarga erishgan boʻlsa, 2615 nafar inspektorlar 90 baldan past natijalarni qayd etgan.

Yigʻilishda, aprel oyida foydalanilmagan imkoniyatlar koʻrsatib oʻtilib, may oyida byudjetga soliq tushumlari va qoʻshimcha daromadlarni taʼminlash, soliq qarzini undirish, “korxonabay” va “mahallabay” ishlashda har bir xodimning samaradorlik (KPI) koʻrsatkichlari ijrosini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, toʻlov intizomiga rioya etilishi, tadbirkorlik subyektlariga reyting koʻrsatkichlarini yaxshilashga koʻmaklashish, soliq toʻlovlarini kamaytirgan xoʻjalik subyektlari bilan manzilli ishlash kabi qator yoʻnalishlarda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads