Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.53K subscribers
12K photos
1.64K videos
107 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#mol_mulk_soligi

– Jismoniy shaxslarning noturar obyektlari uchun mol-mulk solig‘i qanday tartibda hisoblanadi

🟢 Joriy yildan e’tiboran soliq yukini adolatli taqsimlash maqsadida, jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati uchun yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromadlar olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlarining soliq bazasini hisoblash tartibi yuridik shaxslar uchun belgilangan tartib bilan birxillashtirildi.

🗓 Ya’ni, 2024-yil 1-yanvardan boshlab, jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida – 3 mln so‘m;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln so‘m;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1,2 mln so‘m.

📌 Agar obyektining 1 kvadrat metri qiymati belgilangan minimal miqdordan past bo‘lsa, soliq to‘lovchilar ko‘chmas mulk qiymatini soliq solish maqsadlarida baholash uchun mustaqil baholovchilarni jalb qilishlari mumkin. Bunda, mustaqil baholash natijalari soliq solinadigan baza sifatida tan olinadi.

Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, jismoniy shaxslar so‘nggi 2 yil davomida baholovchi tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkni baholash natijalaridan mol-mulk solig‘i bazasini aniqlashda foydalanish mumkin.

⚠️ Bundan tashqari, 1 kvadrat metr uchun minimal qiymat tartibi jismoniy shaxslar egaligidagi:
▫️qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash;
▫️ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari;
▫️minoralar;
▫️ko‘priklar (estakadalar);
▫️rezervuarlar (o‘t o‘chirish inshootlari, sisternalar);
▫️bostirmalar;
▫️ shiyponlar;
▫️beton maydonlar;
▫️devorlar (bordyurlar) ga nisbatan qo‘llanilmaydi.
#jarayon

⚡️ Ohangaron shahar 4-sektor hududidagi "Birlik" MFYda sektor rahbari mahallada sodir etilgan jinoyat yuzasidan muhokama yig'ilishini o'tkazdi.

📌 Yig'ilishda bundan keyin sodir etilgan jinoyatlarni muhokama qilishdan, jinoyat sodir etilgunga qadar oldini olish va bunda jamoatchilik vakillarini rolini oshirish bo'yicha ko'chaboshlari va mahalla faollari bilan kelishib olindi.
#mehnat_yarmarkasi

🔹Bekobod shahrida band bo‘lmagan yoshlar, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va kasbga yo‘naltirish maqsadida tuman hokimligi, 4-sektor rahbari hamda qator tashkilotlar hamkorlikda “Sementchi” MFYdagi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🔺Yarmarkada jami 17 ta korxona, tashkilot o‘zlarida mavjud bo‘lgan 55 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlari ham taklif etildi.

❇️Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida jami 31 nafar fuqarolar qatnashib, ularning 10 nafari o‘zlarining kasb mutaxassisliklari bo‘yicha korxona va tashkilotlarda ishlash uchun ishga yuborildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisobotini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉 AOS hisobotini to'ldirish tartibi bo‘yicha onlayn-seminar

15-aprel – mart oyi uchun AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni!

Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi.
_______
#налог_с_оборота

Видеоинструкция по заполнению отчетности по налогу с оборота

👉 Запись онлайн-семинара по заполнению отчетности по налогу с оборота

15 апреля - последний день представления налоговой отчетности и уплаты по налогу с оборота за март!

За несвоевременное представление налоговой отчетности предусмотрены меры ответственности.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#obodonlashtirish

❇️Bo‘stonliq tuman, 4-sektor rahbari tashabbusi bilan Do‘stlik mahallasini obod qilish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hashar tadbirini o‘tkazdilar.

🔺Hashar jarayonida ko‘p qavatli uylar old qismlari chiqindilardan tozalanib, 250 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

‼️Shuningdek, Do‘stlik ko‘chasi 46-ko‘p qavatli uy hovlisining bo‘sh turgan joyiga fuqaro E.Rejaboevning o‘zini-o‘zi ish bilan band qilish maqsadida 20 quti asalari yashiklarini qo‘yildi.
Toshkent viloyatida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 211 ming nafardan oshdi

🔰Davlatimiz rahbari tomonidan aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra o‘zini o‘zi band bo‘lgan fuqarolarni soddalashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha, Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolarga qulayliklar, keng imkoniyat va imtiyozlar berilmoqda.

♻️Qaror qabul qilingandan boshlab, Toshkent viloyatida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 211 ming 606 nafarni tashkil qildi. Shundan, 2024-yilning yanvar-mart oylarida 54 959 nafar jismoniy shaxslar mazkur yo‘nalish bo‘yicha ro‘yxatga olingan.
📎Xususan, maishiy xizmatlar faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha 29 077 nafar, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar bo‘yicha 8031 nafar, Ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar bo‘yicha 6528 nafar, xXalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 5838 nafar, sanoat yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlarda 3726 nafar va axborot komunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlarda 1759 nafar jismoniy shaxslar ro‘yxatga olinib, bandiligi ta’minlandi.

🔅Hududlar bo‘yicha ‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni, Zangiota tumanida 18 638 nafar, Yangiyo‘l tumanida 14 954 nafar, Toshkent tumanida 13 739 nafar,Parkent tumanida 12 170 nafarni tashkil etadi.

🔺Ta’kidlash joizki, soliq organlari xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida eng chekka hududlarda faoliyat yuritayotgan sartarosh, etikdo‘z, novvoy, temirchi, duradgor, tikuvchi kabi 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarning bandligi ta’minlanmoqda.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#AOS

Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi?

Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tartibda AOSni qatʼiy belgilangan summada toʻlashni tanlashi mumkin. Ushbu stavkalar yiliga quyidagi miqdorlarda belgilandi:

🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 25 mln soʻm;
🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 34 mln soʻm.

Qatʼiy belgilangan miqdorda AOS toʻlovchilar ushbu soliq va dividendlar koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.
👉Soliq kodeksi 470-prim 1-modda

Aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.
👉PQ-419-son, 10.11.2022-y.
__________
#налог_с_оборота

Какую отчетность не сдают плательщики налога с оборота в фиксированной сумме?

Плательщики налога с оборота вправе на добровольной основе выбрать уплату налога в фиксированной сумме. При этом сумма налога в год составляет:
🔹при совокупном доходе не более 500 млн сумов - 25 млн сумов;
🔹при совокупном доходе свыше 500 млн сумов - 34 млн сумов.

Плательщики налога с оборота в фиксированной сумме освобождаются от обязанности представления налоговых отчетностей по данному налогу и в части доходов в виде дивидендов.

👉ст.470 прим.1 НК

Cубъекты предпринимательства, уплачивающие налог с оборота по фиксированной налоговой ставке, освобождаются от обязательства по представлению годовых финансовых отчетов в налоговые органы.
👉№ ПП-419 от 10.11.2022 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Qoʻziqorinchilik boʻyicha Oʻrta Chirchiq tajribasi ommalashtiriladi

🔹Shu maqsadda, tuman-shahar hokimlari, sektor rahbarlari hamda tegishli masʼullar ishtirokida Oʻrta Chirchiq tumani “Doʻstlik” mahallasida qoʻziqorinchilik bilan shugʻullanyotgan korxonada seminar tashkil etildi.

🔺Aytish mumkin, oilaviy korxona hozirgi kunda intensev usulda qoʻziqorin yetishtirish bilan shugʻullanadi. Korxona rahbari Rustam Mivanchenov tadbirkor sifatida bugun mahalladagi 120 dan ortiq xonadonlarda kooperatsiya usulida qoʻziqorin yetishtirishni yoʻlga qoʻydi.

❇️Yigʻilganlarga bu borada oʻz tavsiyalarni yaʼni, joy tanlash, qoʻziqorinni muvafaqqiyatli oʻstirish, yetishtirgan hosilni saqlash boʻyicha tushuntirishlar berdi.

☑️Shuningdek, mahsulot urugʻini ishsiz aholiga bepul tarqatish, hosilni sotib olish hamda qayta ishlab, bozorlarga chiqarish boʻyicha ham qator takliflar koʻrib chiqildi.
Qaysi hududlarda kichik tadbirkorlik subyektlari ko‘proq faoliyat yuritadi?

🔺Viloatimizda 2024- yilning 1- mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 43 584 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 37 462 tani tashkil etgan.

🔹Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

☑️Zangiota tumani – 4 582 ta
☑️Qibray tumani – 3 406 ta
☑️Toshkent tumani – 2 632 ta
☑️Chirchiq shahri – 2 471 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 14 037 ta
sanoat sohasida – 6 852 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 3 856 ta
qurilish sohasida – 2 766 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 967 ta
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

Qat'iy belgilangan summada AOS to'lashga o'tish uchun shaxsiy kabinet orqali soliq organini xabardor qilish lozim


Soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashga o‘tish to‘g‘risida o‘zi soliq hisobida turgan joydagi soliq organini keyingi oy boshlanguniga qadar 10 ish kunidan kechiktirmay xabardor qiladi.

👉 Soliq kodeksi 470 prim 1-modda

May oyidan AOSni qat’iy belgilangan miqdorda to‘lashga o‘tish uchun joriy yilning 17-apreliga qadar my3.soliq.uz sayti interaktiv xizmati orqali xabarnoma yuborish lozim.

☝️Batafsil mutaxassis sharhi
_____________
#налог_с_оборота

Для перехода на уплату налога с оборота в фиксированной сумме нужно уведомить налоговые органы через персональный кабинет

Налогоплательщики уведомляют налоговый орган по месту налогового учета о переходе на уплату налога с оборота в фиксированной сумме не позднее 10 рабочих дней до начала следующего месяца.
👉ст.470 прим.1 НК

Чтобы с мая перейти на уплату налогу с оборота в фиксированной сумме, необходимо подать уведомление через интерактивную услугу на сайте my3.soliq.uz до 17 апреля этого года.

☝️Подробнее в разъяснении специалиста.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#JShODS #YTT

2024-yil 15-aprel - aprel oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

👉 O‘zbekistonda 262,7 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
____________
#НДФЛ #индивидуальный_предприниматель

15 апреля 2024 года - последний день уплаты индивидуальными предпринимателями налога на доходы в фиксированном размере за апрель.

👉 В Узбекистане осуществляют деятельность 262,7 тысяч индивидуальных предпринимателей

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads