Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.53K subscribers
12K photos
1.64K videos
107 files
3.63K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi - biznesning yangi bosqichi


Telegram | Facebook | Instagram
#savol_javob

Savol:

Reyting ballarini aniqlashda qanday mezonlar mavjud?

‼️Javob:


♻️Umumiy, ballarni kamaytiruvchi, qo‘shimcha ballar beruvchi mezonlar, ya’ni

📌Umumiy

🔹-Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davri
🔹-Bank krediti tarixi holati ijobiyligi
🔹-Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bir nafar xodimga to‘g‘ri keladigan ish haqi jamg‘armasining nisbati
🔹-Soliq hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etilishi
🔹-Soliq hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etilishi
🔹-Hisoblangan soliq summasini to‘lov topshiriqnoma orqali amalga oshirganligi
🔹-Elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilishi holati

Ballarni kamaytiruvchi

🔺-Oxirgi 12 oy davomida ma’lumotlar bazasidan hisobda turgan joyini o‘zgartirilishi
🔺-Ta’sischisi yoki rahbari(mulkdor)ning ishonchsizligi
🔺-Taqdim etilgan soliq hisobotlariga tuzatishlar soliq to‘lovchining o‘zi tomonidan ixtiyoriy kiritilishi
🔺-Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi maxsus guvohnoma holati
🔺-Soliq qarzining mol-mulk hisobidan undirilishiga qaratilganligi
🔺-Mahsulotlar (tovar va xizmatlarning) identifikatsiya kod (MXIK)laridan noto‘g‘ri foydalanish
🔺-Tadbirkorlik sub’ektlarining kreditorlik qarzdorligi oxirgi 12 oy davomida sud orqali unduruvga qaratilgan bo‘lsa

Qo‘shimcha ballar beruvchi mezonlar (rag‘batlantiruvchi) mavjud.


🔸-Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan "Temir daftar", Ayollar daftari", "Yoshlar daftari", ijtimoiy reestrdagi va nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi ta’minlanganda
🔸-O‘tgan hisobot davriga nisbatan (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ortiq ish haqi olgan) xodimlar sonining ortishi (yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun o‘tgan oyga nisbatan solishtiriladi)
🔸-Iqtisodiy faoliyat turlariga muvofiq QQS bo‘yicha bir oylik hisoblangan soliq summasining o‘rtacha nisbati.
🔸-Iqtisodiy faoliyat turlariga muvofiq aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha bir oylik hisoblangan soliq summasining o‘rtacha nisbati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

“AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvi oʻtkazish avtomatik cheklanadi


Barqarorlik reytingida “AAA” toifadagi (100-96 ball) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi.
(jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno)

Soliq organlarida mavjud barcha dasturiy mahsullarda “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruv oʻtkazish yuzasidan buyruq rasmiylashtirish cheklandi.
Boshqa toifaga o‘zgarganda ushbu rag‘banlantirish amal qilmaydi.

Shuningdek, QQS summasini 1 kunda tekshiruvlarsiz qoplash (qaytarish) boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Joriy yil 1-martdan integratsiya natijasida olingan maʼlumotlar asosida “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga 1 kun muddatda avtomatik ravishda QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) yoʻlga qoʻyiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#QQS

1-apreldan QQS boʻyicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Yaʻni quyidagilar uchun QQS to‘lanadi.

savdo aylanmasi boʻyicha:
👉 tibbiy xizmatlar;
👉 veterinariya xizmatlari;
👉 dori vositalari;
👉 veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar.


Oʻzbekiston hududiga olib kirishda:
👉dori vositalari;
👉veterinariya dori vositalari;
👉tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar;
👉shuningdek qonunchilikda belgilanadigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan xomashyo.

aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha:
👉suv taʼminoti;
👉kanalizatsiya;
👉sanitariya jihatdan tozalash;
👉issiqlik taʼminoti.

Avval ushbu xizmatlarni koʻrsatish bo‘yicha aylanmaga QQSning nol darajali stavkasi qo‘llanilgan.
#reytingni_baholash_metodikasi

Ballarni kamaytiruvchi mezonlar


✍️ "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq 9 ta mezonga ko‘ra tadbirkorning umumiy ballari chegiriladi:

1️⃣ Joylashgan joy (pochta manzili) o‘zgarishi – tadbirkorlik subyekti joylashgan joyi (pochta manzili) oxirgi 12 oy davomida 3 va undan ko‘p marotaba o‘zgartirilgan bo‘lsa, ballar yig‘indisidan 5 ball chegiriladi.

2️⃣ Tadbirkorlik subyekti rahbarining qo‘nimsizligi – oxirgi 12 oy davomida tadbirkorlik subyekti rahbari 3 va undan ko‘p marotaba o‘zgartirilgan bo‘lsa, ballar yig‘indisidan 5 ball chegiriladi.

3️⃣ Tadbirkorlik subyekti ta’sischisi yoki rahbarining ishonchsizligi36 oy davomida tadbirkorlik subyektining ta’sischisi yoki rahbari jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa yoki bankrotlik asosida tugatilgan tadbirkorlik subyektiga rahbarlik qilgan bo‘lsa, ballar yig‘indisidan 5 ball chegiriladi.
#Bekobod_shaxar

Iste’molchiga xarid cheki bermaslik jarima solishga sabab bo‘ladi

🔰Soliq xizmati organlari tomonidan yirik bozor va savdo komplekslarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan Bekbobod shahridagi savdo majmualarida tashkil etildi.

🔰Uchrashuvda tovarlar uchun to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish (P2P) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanishi, sotuvchilar mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi, chek bermaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi tushuntirildi.

♻️Bundan tashqari, maishiy texnikalarni markirovkalash talablari hamda majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari ham eslatib o‘tildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TOSHKENT TUMANI_PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA.
Xususiy korxonalar soni qancha?

Toshkent viloyatida 2024- yil 1- fevral holatiga 4 167 ta xususiy korxonalar faoliyat koʻrsatayotgan bo‘lib, so‘nggi besh yilning mos davrlarida ularning dinamikasi quyidagicha:

2020- yilda – 6 216 ta

2021- yilda – 6 491 ta

2022- yilda – 6 236 ta

2023- yilda – 5 979 ta

2024- yilda – 4 167 ta
“Mahalla yettiligi”da yuqori natijalarga erishayotgan inspektor faoliyati

❇️Bugungi kunda soliq xodimlari mahalladagi “ettilik” bilan hamkorlikda soliq bazasini kengaytirish tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda o‘zini-o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishda ko‘maklashish kabi ko‘plab yo‘nalishda ish olib bormoqda.

🔸Soha xodimlarining “mahallabay” tizimi asosida faoliyat yuritishi mahallalarda qo‘shimcha daromad manbalarining yaratilishi hamda mahalliy buyudjet tushumlarining oshishiga xizmat qilmoqda.

📌Xususan, “mahalla yettiligi” joriy etilgach, Oqqo‘rg‘on tumani coliq inspektori Islom Bo‘ribekovga Guliston MFY xamda Yoshlik MFYlari biriktirildi.

♻️O‘ziga yuklatilgan vazifasi astoydil bajarib kelayotgan soliq inspektori I. Bo‘riboev bugungi kungacha quyidagi natijalarani qo‘lga kiritdi.

✔️- 2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami 16 ta tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati qonuniylashtishga erishib, 4 ta yuridik shaxslar, 12 nafar yangi yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatga oldi.

✔️- 2 ta korxonada bo‘sh turgan obyektlarni ishga tushirish hisobiga 5 ta ish o‘rni yaratdi.

✔️- 1 nafar yakka tartibdagi tadbirkor ochilib 1 nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyati
kengaytirib, yiriklashtirdi.

✔️- 1 nafar oilaviy korxona ochilishiga ko‘maklashib, 1 nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati kengaytirildi.

✔️-3 ta korxonalarda ishchilar soni 5 nafarga ko‘paytirilib, ish o‘rinlari yaratilishi hisobiga byudjetga 621
ming.so‘m qo‘shimcha manbalar zahirasi yaratildi.

✔️- yanvar, fevral oylarida fuqoralarning mol-mulk yer solig‘i xisobiga 95 993,8
ming.so‘m mol-mulk va yer soliqlari undirildi.

🔵Shuningdek, 2024 yil davomida 30 nafar mehnat bilan band bo‘lgan aholi mehnat stajiga ega bo‘lishi va kelgusida pensiya olishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazdi.

🔺Muxtasar aytganda, I.Bo‘riboev bu natijalar bilan cheklanib qolmoqchi emas u o‘ziga biriktirilgan mahallalarda tadbirkorlar sonini yanada ko‘paytirib, buyudjet tushumlarining oshishiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilgan.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#tayinlov

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga Tursunboyev Rajamat Jo'rayevich tayinlandi.

R.Tursunboyev 1974-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2010- yili Toshkent davlat pedagogika institutini, 2016- yili Soliq akademiyasini tamomlagan.

R.Tursunboyev Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1998-yilda Toshkent viloyati Qibray tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarga soliq solish va nazorat bo'limi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan.

U Ushbu vazifaga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Hududlarni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish sektorlarini muvofiqlashtirish sho‘basi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Барқарорлик рейтинги – тадбиркорлар учун янги имконият
#22feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 23-fevral

fevral oyi uchun:


- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
Toshkent viloyatida qaysi sohada yangi korxonalar ko‘proq tashkil etilmoqda?

‼️2024- yilning yanvar oyida jami 552 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

✔️savdo sohasida – 216 ta
✔️sanoat sohasida – 88 ta
✔️qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 38 ta
✔️qurilish sohasida – 30 ta
✔️yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 51 ta
✔️tashish va saqlash sohasida – 17 ta
✔️axborot va aloqa sohasida – 15 ta
✔️sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar
✔️ko‘rsatish sohasida – 13 ta
✔️boshqa sohalarda – 84 ta