Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.7K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#hamkorlik

Soliq qo‘mitasi delegatsiyasi Soliq maqsadlarida shaffoflik va axborot almashinuvi boʻyicha Global forumning XVI yalpi majlisida ishtirok etdi

Joriy yilning 27-noyabr – 1-dekabr kunlari Lissabon shahrida (Portugaliya) boʻlib oʻtgan Soliq maqsadlarida shaffoflik va axborot almashinuvi boʻyicha Global forumning (Global forum) XVI yalpi majlisida Soliq qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari M.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Tadbir Global Forum Kotibiyati hamda Portugaliya soliq va bojxona boshqarmasi (Autoridade Tributária e Aduaneira) tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, unda 115 ta mamlakatkardan delegatlar, Global Forum aʼzolari va kuzatuvchilari, shuningdek, 13 ta xalqaro tashkilot, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati vakillari, umumiy hisobda 450 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

Global Forumning asosiy maqsadi soliq shaffofligini taʼminlash boʻlib, Oʻzbekiston mazkur tashkilotga 2022-yilda a’zo bo‘lgan.

Tadbirda soliq maqsadlarida ma’lumot almashish standartlariga kiritilgan o‘zgarishlar, shuningdek kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumot almashish istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, Global Forum doirasida ma’lumot almashish natijasida 2009-yildan buyon a’zo mamlakatlar tomonidan 126 mlrd yevro qo‘shimcha soliq manbalari aniqlanganligi, shundan 41 mlrd yevro rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelganligi ma’lum qilindi.

Yalpi majlis doirasida Soliq qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari M.Maxkamovning IHTTning Soliq siyosati va ma’muriyatchiligi markazi rahbari Manal Korvin hamda Global Forum Kotibiyati rahbari Zayda Manatta bilan ikki tomonlama uchrashuvlari o‘tkazildi.

Uchrashuvda mezbon tomoni O‘zbekiston tomonidan xalqaro soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish hamda soliq ma’lumotlarini almashishda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadilar va kelgusida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdilar. Tomonlar mazkur yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#hamkorlik

O‘zbekiston va Rossiyaning soliq sohasidagi hamkorligi yanada mustahkamlanmoqda


Joriy yilning 14-15-dekabr kunlari Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi O‘zbekiston soliq organlari delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ldi.

Tashrif davomida Sh.Kudbiyev va Rossiya Federal soliq xizmati rahbari Daniil Yegorov soliq sohasida kelgusidagi hamkorlikni muhokama qildi.

Batafsil
______
#сотрудничество

Укрепляется сотрудничество Узбекистана и России в налоговой сфере

14-15 декабря этого года делегация налоговой службы Узбекистана под руководством председателя Налогового комитета Шерзода Кудбиева пребывала с рабочим визитом в Российской Федерации.

В ходе визита Ш.Кудбиев и руководитель Федеральной налоговой службы России Даниил Егоров обсудили дальнейшее сотрудничество в налоговой сфере.

Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads