Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#bilasizmi #deklaratsiya
Ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin
👩🎓 "Kontrakt", nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.
“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.
Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.
Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing
❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.
Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads

#deklaratsiya
✅ Deklaratsiya asosida daromad solig‘i to‘lashi lozim bo‘lgan fuqarolarga SMS yuborilmoqda
📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.
📩Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga deklaratsiya (mol-mulkini ijaraga berishdan, noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida va chet eldan olgan daromadlari) asosida hisoblangan daromad solig‘i to‘g‘risidagi maʼlumotlar SMS ko‘rinishida yuborilmoqda.
🔗 SMS ostida “Batafsil” hamda “To‘lash” havolasi bor. “Batafsil” orqali to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. To‘lov xabarnomasida fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar o‘rin olgan.
📲 “To‘lash” bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa, ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa, platforma orqali yuklab olinadi.
📊 Agar soliq to‘lovchining daromad solig‘idan imtiyozi bo‘lsa, “my3.soliq.uz” sayti orqali imtiyozini ko‘rsatgan holda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qayta hisobot shaklida taqdim etishi mumkin.
❗️Eʼtibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya
‼️Deklaratsiya – jismoniy shaxsning yil davomida olgan daromadlari va ushlangan soliq miqdori haqidagi hujjat bo‘lib, yashash joyidagi soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi.
✔️Asosiy ish joyidan tashqari boshqa daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar 1 apreldan kechikmay doimiy turar joyidagi soliq inspeksiyasiga deklaratsiya taqdim etishi shart. Deklaratsiyada quyidagilar ko‘rsatiladi:
☑️mulkiy daromadlar , agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;
☑️ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar
☑️moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida
soliq solinmagan bo‘lsa
📍O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
✅soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;
jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;
✅soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.
📌Deklaratsiya o‘tgan yil (soliq davri) uchun taqdim etiladi.