Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NURAFSHON SHAHRI_2024-YIL YOSHLAR VA BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH YILI_08.01.2024
Nurafshon shahar prokraturasida soliq xodimlari va mahalla hokim yordamchilari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

📎Nurafshon shahrida tadbirkorlar masalasi yuzasidan prokuror katta yordamchisi A.Zaynobiddinov boshchiligida soliq xodimlari va mahalla hokim yordamchilari ishtirokida tahiliy yigʻilish boʻlib o'tdi.

Unga koʻra faoliyati toʻxtatilgan tadbirkorlargi faoliyatlarini tiklashlari va ixtiyoriy faoliyatlarini tugatish istagida boʻlgan tadbirkorlar uchun amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Iste’molchiga xarid cheki bermaslik jarima solishga sabab bo‘ladi

🔰Soliq xizmati organlari tomonidan yirik bozor va savdo komplekslarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Ohangaron shaxar markazidagi savdo komleksida tashkil etildi.

📌Uchrashuvda tovarlar uchun to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish (P2P) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanishi, sotuvchilar mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi, chek bermaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi tushuntirildi.

♻️Bundan tashqari, maishiy texnikalarni markirovkalash talablari hamda majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari ham eslatib o‘tildi.


Telegram | Facebook | Instagram
⚡️ 2023 йилда Тошкент вилояти солиқ тўловчилари қанча солиқ тўладилар? #Иқтисодиёт

👉 https://zamin.uz/126034

👍 https://t.iss.one/joinchat/AAAAADwt0NGCRoONT4f1_Q

Facebook | Instagram | Youtube
Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni

2024- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 45,3 mingta va ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 39,0 mingtani tashkil etdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma #tashqi_savdo

Qanday qilib Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentlari chet el yuridik shaxsi faoliyatida oʻzining ishtirok etishi va nazorat qiladigan chet el kompaniyalari haqida soliq organini xabardor qiladi?

👉 Batafsil videorolikda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga foyda va mol-mulk soligʻi stavkasi 2 barobarga kamaytiriladi

01.01.2024-yildan 01.01.2027-yilgacha elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga foyda va mol-mulk soligʻi stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

❗️Bunda hisobot davri yakunlari bo‘yicha elektrotexnika mahsulotlarini sotishdan tushgan tushum miqdori umumiy tushumning 80 foizidan kam boʻlmasligi lozim.

👉
PQ –15-son 10.01.2024

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#tabrik #14_yanvar

Bayramingiz muborak boʻlsin, Vatan himoyachilari!

Hurmatli Vatanimiz qalqonlari, mard va jasur oʻgʻlonlari, Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etaman!

Oʻz hayotini ona yurt himoyasidek ulugʻ ishga bagʻishlagan Siz, azizlarga yuksak hurmat va ehtiromimni izhor etaman.

Olijanob xalqimiz muqaddas qasamyodiga sodiq, xizmat burchini sharaf bilan ado etayotgan, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari boʻlgan bahodir va dovyurak harbiylarimiz bilan faxrlanadi.

Vatanimiz mustaqilligi va suverenitetini, uning hududiy yaxlitligini taʼminlash, eng qimmatli boyligimiz – jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va totuvlikni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini barchamiz albatta chuqur anglaymiz.

Oʻzbekistonimiz tinchligi va sarhadlari daxlsizligini saqlab kelayotgan Sizlar kabi qalqonlarimiz bor ekan Vatanimiz mustaqilligi abadiy, demokratik islohotlarimiz bardavom boʻladi.

Sizlarni, sizlar orqali oila aʼzolaringizni ushbu bayram bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt, olijanob va masʼuliyatli xizmat vazifangizda ulkan zafarlar tilayman.

El-yurtimizning yuksak mehri va ishonchi Sizlarga doimo yor boʻlsin!

Soliq qoʻmitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads