Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.65K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
📍Savol: O‘zini o‘zi band qilgan shaxs parallel ravishda mehnat yoki fuqarolik shartnomasi bo‘yicha ishlashi mumkinmi?

📊Agar bo‘sh vaqt va boshqa resurslar o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga mehnat shartnomasi bo‘yicha ham ish vazifalarini bajarish imkonini bersa, u o‘z malakasi va ma’lumoti bo‘yicha asosiy ish joyi bo‘yicha ishga joylashishi mumkin.

⚡️Masalan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tarjimon sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Shuningdek, unda haftada 20 soat turfirmada asosiy ish joyi bo‘yicha tarjimon bo‘lib ishlash imkoniyati mavjud.

Bu holda jismoniy shaxsning daromadiga:

•o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida – Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi;
•asosiy ish joyi bo‘yicha - 12% stavka bo‘yicha JShDS solinadi.
#daromad_va_harajat

DAROMADLARNI VA XARAJATLARNI HISOBGA OLISH RЕGISTRLARI:

🔹Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub`еktining) daromadlarini va xarajatlarini hisobga olish kitobi;

🔹Tovar chеklari kitobi.

Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish rеgistrlarining shakli O`zbеkiston Rеspublikasi Davlat soliq qo`mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

➡️Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish rеgistrlari yakka tartibdagi tadbirkorni (oilaviy tadbirkorlik sub`еktini) soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub`еktining) arizasi asosida ro`yxatdan o`tkaziladi.

➡️Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub`еktining) faoliyati to`g`risidagi hisobotlar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yilning har bir choragi yakunlari bo`yicha, hisobot choragidan kеyingi oyning o`ninchi kunidan kеchiktirmay taqdim etiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TOSHKENT VILOYATI_SOLIQCHI KO‘MAKCHI TAMOYILI AMALDA
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

Soliq qarzi (100 mln so'mdan yuqori):

🏗 Qurilish
korxonalarida 599 mlrd so‘mni tashkil etdi;

🏭 Ishlab chiqarish korxonalarida 570 mlrd so‘mdan oshdi.

1-sentabr holatiga
__________
#цифровизация #налоговая_задолженность

Налоговая задолженность (выше 100 млн сумов):

🏗 строительных
организаций составила 599 млрд сумов;

🏭 производственных
организаций превысила 570 млрд сумов.

По состоянию на 1 сентября

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent  viloyati soliq xizmati organi xodimlari uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Korrupsiya illatining salbiy oqibatlari xususida profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.

📌Bugun Piskent tumani hamda Olmaliq shahar soliq inspeksiyalarida ham korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

☑️Tadbirda so‘zga chiqqanlar poraxo‘rlik, ta’magirlik, mansab mavqeini suistemol qilish bilan bogliq jinoyatlar sodir etilishining oldini olish borasida soliq tizimida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi chora-tadbirlar haqida batafsil axborot berdilar.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
60 yosh muborak!

🔰Soliq tizimida ko‘p yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelgan, tajribali va malakali ustoz, o‘z kasbining chinakam fidoyisi, minglab shogirdlar ustozi Bahodir Xodjimirzayev bugun 60 yoshni qarshiladi.

‼️Yubiley munosabati bilan B.Xodjimirzayevga Soliq qo‘mitasi raisi tomonida yo'llangan tabriknoma viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan xodimlar ishtirokida o'qib eshittirildi.

❇️Tadbirda so‘zga chiqqanlar B.Xodjimirzayevning uzoq yillar davomida samarali faoliyat yuritib kelgani hamda soliq tizimiga munosib hissa qo‘shganligini ta’kidladilar  va ezgu tilaklarini bildirdilar.

✔️Fursatdan foydalanib, viloyat soliq boshqarmasi jamoasi ham B.Xodjimirzayevga sihat-salomatlik, xonadoniga fayzu baraka va farzandlari kamolini ko‘rib yurishini tilaydi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Jismoniy shaxslar qanday qilib ortiqcha to‘lagan soliqlarini qaytarib olishi yoki boshqa soliq turiga o‘tkazishi mumkin?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
📊Qaysi faoliyat turida kichik tadbirkorlik subyektlari ko‘proq yangi tashkil etilgan?

☑️Toshkent viloyatida 2023- yilning yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 4 819 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

♻️savdo sohasida – 1984 ta
♻️sanoat sohasida – 815 ta
♻️qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 4385 ta
♻️yashash va ovqatlanish bo‘yicha ♻️xizmatlar sohasida – 411 ta
♻️qurilish sohasida – 325 ta
♻️tashish va saqlash sohasida – 163 ta
♻️axborot va aloqa sohasida – 125 ta
♻️sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 67 ta
♻️boshqa sohalarda – 491 tani tashkil etgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_energiya

Bugun aholi xonadonlariga oʻrnatilgan quyosh panellari oʻzini oqlamoqda. Xonadon egasi ehtiyojidan ortganini elektr korxonasiga sotmoqda.

Jarayon bilan lavhada tanishing
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

🟣Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.
📊Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar

🔰2023- yilning yanvar- avgust oylarida Toshkent viloyatida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 4 954 tani tashkil qildi. 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 210 taga ko‘paygan va o‘sish sur‘ati 105,8 %ni tashkil etdi.
Talabalar bilan suhbat o‘tkazildi.

📊Toshkent viloyati Soliq boshqarmasi hamda Chirchiq davlat pedogogika universiteti talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo’limi xodimlari bilan hamkorlikda ijarala yashaydigan talabalar bilan suhbat o‘tkazildi.

☑️Uchrashuvda Soliq kodeksining 378-moddasiga (
https://lex.uz//docs/4674902) muvofiq, ijara to‘lovlaridan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etilishi yuzasidan ma’lumotlar berildi.

📍Suhbat davomida talabalarning taklif va mulohazalari tinglandi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#QQS #AOS

AOS to‘lovchisi QQS to‘lashga o‘tganda hisobotlarni qanday topshiradi?

Soliq davri davomida soliq toʻlovchilarning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran ular QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda

AOS toʻlovchi hisobot oyi davomida QQS toʻlashga oʻtganda, mazkur hisobot oyi boʻyicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

Bunda:
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar, rasmiylashtirilgan EHF va onlayn-NKT cheki summasi AOS hisobotiga kiritiladi;
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanadan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar QQS hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.
____________
#НДС #налог_на_прибыль

Как представляют отчетность перешедшие на уплату НДС плательщики налога с оборота?

Налогоплательщики переходят на уплату НДС и налога на прибыль со дня превышения их совокупного дохода 1 млрд сумов.
👉ст.462 НК

Плательщики налога с оборота, которые перешли на уплату НДС в отчетном месяце, представляют за этот месяц как отчетность по налогу с оборота, так и отчетность по НДС.

При этом:
- суммы по осуществленным операциям, оформленным ЭСФ и чекам онлайн-ККТ до даты перехода на уплату НДС отражаются в отчетности по налогу с оборота;
-
операции, осуществленные после даты перехода на уплату НДС, автоматически отражаются в отчетности по НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️20 sentabr - avgust oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Soliq toʻlovchilar murojaatlaridan kelib chiqib, Soliq kodeksiga muvofiq soliq solinmaydigan tovarlarni (xizmatlar) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar aks etishi uchun 2-ilovaga 0216-0230 satrlar qoʻshildi.

Ushbu qo‘shimcha bir necha faoliyat turlari bo‘yicha QQS imtiyoziga ega subyektlarga tegishli.

Hisobotda boshqa o'zgarishlar yoq.

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41
_______________
#НДС

❗️20 сентября - последний день представления отчетности по НДС за август

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

На основании обращений налогоплательщиков в Приложение №2 к Расчету добавлены дополнительные строки 0216-0230 для отображения в них оборотов по реализации товаров (услуг), не подлежащих налогообложению в соответствии с Налоговым кодексом.

Это дополнение относится к тем субъектом, у которых имеются льготы по НДС на несколько видов деятельности.

Других изменений в отчетности нет.

Код пакета отчетности по НДС: 10006_41

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads