Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.51K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
📊Ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 63 664 tani tashkil qildi

Toshkent viloyati 2023 -yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 63 664 tani tashkil qilib, ayni kunda shundan 44 611 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hozirda viloyatda yangi tashkil etigan korxona va tashkilotlar soni 3 251 taga yetdi va 2022 -yilning mos davriga nisbatan 101 taga ko‘paygan. Shundan sezilarli darajada ko‘paygan sohalar: savdoda – 536 ta, sanoatda – 1 252 ta va boshqa turlarda – 392 ta

Yangi tashkil etigan korxona va tashkilotlar soni 2018-yilning mos davri bilan solishtirilganda 829 taga ko‘paygan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ayollar_daftari

Chirchiq shahridagi daftarlarda roʻyxatda turuvchi xotin-qizlarga uy-joylar qurib berilmoqda.

Bundan tashqari ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida nogiron, tibbiy himoyaga muhtoj ayollarga 2 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi.

Tafsilotlar "Oʻzbekiston 24" telekanalining maxsus reportajida
#savol_javob

Savol: Bajarilmagan soliq majburiyatlari uchun qanday javobgarlik bеlgilangan?

Javob:
-O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 115-moddasiga muvofiq, Soliq to'lash majburiyatiga ega bo'lgan soliq to'lovchi uni to'lashga doir to'lov topshiriqnomasini xizmat ko'rsatuvchi bankka o'zining bank hisobvarag'ida pul mablag'lari bor-yo'qligidan qatiy nazar, ushbu Kodeksda belgilangan to'lov muddatidan kechiktirmasdan taqdim etishi shart.

Soliq kodeksining 273-moddasiga muvofiq, soliq to'lovchilar hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmasdan qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha to'lovlarni amalga oshirishlari belgilab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 175-moddasida, to'lov intizomini buzgan tadbirkorlik subektlari mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik belgilangan.

Ushbu moddaning 6-bandida Soliq to'lovchi tomonidan byudjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to'lovlarni to'lash uchun to'lov topshiriqnomasini xizmat ko'rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o'z vaqtida taqdim etmaslik bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Mazkur huquqbuzarlik mamuriy jazo chorasi qo'llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Hurmatli soliq to'lovchilar Soliq majburiyatlaringiz bo'yicha to'lov topshiriqnomalarini xizmat ko'rsatuvchi bankingizga o'z vaqtida taqdim etishni unutmang. Soliq organi insofli soliq to'lovchining biznes hamkori.
#Savol_javob

Savol:
O'zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan tuzilgan shartnomalar bo'yicha to'lanadigan to'lovlar ham ijtimoiy soliq bo'yicha soliq solish ob'yektiga kiritiladimi?

Javob:

O'zbekiston Respublikasi soliq kodeksining
403-moddasiga asosan O'zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta'minlash yuzasidan xizmatlar ko'rsatishga doir shartnomalar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi norezidenti bo'lgan yuridik shaxsga to'lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham ijtimoiy soliq bo'yicha soliq solish ob'yektidir.
2023-yil yanvar-iyun oylarida soliq huquqbuzarliklari haqida 5 853 taga yaqin murojaat yo‘llangan.

📊2023-yil yanvar-iyun oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 5 853 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:
🔹5 497 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹241 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹11 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹104 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 3 421 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

🔍Murojaatlar asosida 2 230 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 100,0 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

🔴Natijada, huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2023-yil davomida to‘langan mukofot summalari 2 359 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 1179,5 mln soʻmga yetdi.
Aholi murojaаtlari e’tiborda.

📌So‘ngi yillarda xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha tamomila yangi tizimga asos solindi.

⚡️Birgina soliq xizmati organlariga tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan turli masalalarda bildirilgan murojaatlar 24 soat davomida uzluksiz ravishda qabul qilinib, ularda ko‘tarilgan masalalar aniq, qonuniy va tezkorlik bilan hal etilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlariga 2023 -yil 1-iyul holatiga ko‘ra jami 40 ming 697 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

💻 36 ming 836 tasi elektron;

💬 2 ming 984 tasi og‘zaki ravishda yo‘llangan.

‼️Bugungi kungacha murojaatlarning

✔️20 ming 151 tasi ijobiy hal etilgan,

🔹575 tasida keltirilgan holatlar tasdiqlanmasdan rad etilgan,

🔎1 187 tasi ko`rib chiqish jarayonida.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#onlayn_NKT #chek_tahrirlash

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi.
VMQ-255-son 12.05.2022

Chek tahrirlash my3.soliq.uz portalida amalga oshiriladi.
👉Videoqo‘llanma
__________
#онлайн_ККТ #корректировка_чека

Уважаемые налогоплательщики❗️

Корректировка чеков осуществляется не позднее 10-го числа месяца, следующего за месяцем, в котором выявлены расхождения.
ПКМ №255 от 12.05.2022

Корректировка чека осуществляется на сайте my3.soliq.uz.
👉Видеоинструкция

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
2023-yilda 590 dan ziyod sayyor qabullarda 6 mingdan ortiq murojaat hal etildi

2023-yil yanvar-iyul oylarida Soliq xizmati organlari tomonidan Toshkent viloyati bo‘yicha o‘tkazilgan 590 ta sayyor qabullarda 6 043 ta murojaat yo‘llangan.
Shundan:
▫️hal etilgan – 4,530 mingta (75%);
▫️tushuntirish berilgan – 1 244 ta (21%);
▫️o‘rganish jarayonida –258 ta (4%);
▫️rad etilgan – 11 ta (0,06%).

Eng ko‘p sayyor qabul o‘tkazilgan hududlar – TOP-3:
📍 Qibray tumani 33 ta.
📍 Zangiota tumani – 35 ta;
📍 Ohangaron tumani – 29 ta;

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_koʻmak
#4_sektor

🔰Toshkent viloyatida kam ta’minlangan hamda daftardagi xotin-qizlarning uy-joylari ta’mirlab berilmoqda

📍Angren, Chirchiq shaharlari hamda Ohangaron, Chinoz, Toshkent tumanlaridagi 100 dan ortiq xonadonlar oʻz egalariga qurilib-ta’mirlanib topshirildi.

📺Batafsil "Oʻzbekiston 24" telekanalining maxsus koʻrsatuvida...
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”dagi fuqarolar uchun ish o‘rni yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”
dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiandi.
👉VMQ-279-son 07.07.2023

Nizomga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan ta’minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda:
🔹51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rinlari yaratadigan tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘ining amaldagi soliq stavkasi 50 foizga;
🔹101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadiganlar uchun 75 foizga kamaytiriladi;
🔹200 tadan ortiq ish o‘rinlari yaratadiganlar mazkur soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) ta’minotsiz va foizsiz quyidagi muddatlarga bo‘lib to‘lash huquqi beriladi:
▫️51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 3 oy muddatda;
▫️101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 6 oy muddatda;
▫️200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 12 oy muddatda.

Dasturga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratilgan taqdirda ularga nisbatan quyidagi tartibda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi:
🔸51 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarda soliq auditi o‘tkazilmaydi;
🔸200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–848-son, 16.06.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

📑Qonunga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:

📌kam ta’minlangan shaxslar, agar ular:
☑️fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar;
☑️ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar;
☑️ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
☑️jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa;

📍ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;

♻️o‘z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;

‼️Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

🔹Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida maxsus vakolatli davlat organiga (Adliya vazirligiga) og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

⚡️Ariza maxsus vakolatli davlat organiga kelib tushgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi (Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan, jinoyat ishlari bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan hollar va muddatlar bundan mustasno)

📍Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi.
Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 24 mingdan ziyod

📊2023-yil 1-iyul holatiga Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan YTTlar soni 24 247 nafarni tashkil etgan. Shundan:
78,8 % – qat'iy miqdorda daromad solig‘i to‘lovchi;
20,4 % – AOS to‘lovchi;
0,8 % – QQS to‘lovchi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar qaysi sohalarda faoliyat yuritadi?

🔹12 907 nafari- chakana savdo faoliyati;
🔹2 043 nafari -hunarmandchilik faoliyati;
🔹2 166 nafari -maishiy xizmat koʻrsatish faoliyati;
🔹7 019 nafari -boshqa faoliyat turlari.

Yil boshidan buyon 4 883 nafar yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tgan.
#e_ijara

🔴 “Soliq” mobil ilovasida ko‘chmas mulk ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazdim. Oradan 2 kun o'tdi, shartnoma hamon "Yuborilgan" holatda. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak?

🔵 Sizdan mol-mulkni ijaraga olgan har bir kishi Soliq mobil ilovasida ijara shartnomasini tasdiqlashi kerak. Buning uchun ijaraga oluvchi “Personal xizmatlar” bo‘limiga kirib, “Ijaraga berish” ➡️ “Ko‘chmas mulkni ijaraga berish” ➡️ “Shartnomalar ro‘yxati” ➡️ “Ijaraga olingan” bandlarini tanlashi va kerakli shartnomani tasdiqlashi kerak.

Ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish:
👉talabalar ijara shartnomasi
👉avtomobil ijara shartnomasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
📊Toshkent viloyatida oylaviy korxonalar soni 1796 taga ko‘paygan.

⚡️Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2023- yil 1- iyul holatiga ko‘ra 3887 tani tashkil qildi.

⚡️2019- yilning mos davriga nisbatan 1796 taga ko‘paygan. Bu esa quyidagi sohalardagi korxonalar: savdoda – 1120 taga, sanoat bo‘yicha 287 taga sonining sezilarli ko‘payishi bilan izohlanadi.