Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.2K photos
1.85K videos
119 files
4.43K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#YaTT

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni quyidagi tartibda to‘laydi:

❇️Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln. so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar daromad solig‘ini ikki xil usulda:

📍har oyda qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliqni to‘lashi;

📍tadbirkorlik faoliyatidan olingan haqiqiy daromadi bo‘yicha ushbu daromadlarni olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini chegirib tashlagan holda doimiy yashash joyidagi davlat soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirish yo‘li bilan.

❇️Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln. so‘mdan oshgan biroq 1 mlrd. so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni (avvalgi yagona soliq to‘lovi) to‘lashga o‘tkaziladi.

📎Bunday tadbirkorlar ham ikki xil usulda soliqlarni to‘lashni tanlashi mumkin:

📍kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. so‘mdan oshganda, oshgan summadan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashi;
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#badlik

Temir daftarga kiritilgan xotin-qizlarning bandligi ta'minlanmoqa.‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4-sektor hududidagi Kichik sanoat zonasida “Fotoelektrik quyosh panellari" ishlab chiqariladi.

📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi 3194-sonli hamda Toshkent viloyati hokimining 2017-yil 15-avgustdagi 452-sonli qaroriga asosan, Yuqori Chirchiq tumanning 4- sektor hududiga qarashli “Guliston” mahallasida “Kichik sanoat zonasi” tashkil etilishi belgilangan.

📍Bu loyihalarning umumiy qiymati 24,598
mlrd.so‘m, shundan 7.715 mlrd. so‘m o‘z mablag‘i va 16.883 mlrd so‘m miqdori tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarni tashkil etadi. Jami yaratiladigan yangi ish o‘rinlari 175 tani tashkil etdi.

‼️Loyixa yiliga 200 ming panel ishlab chiqarish quvvatiga ega.

📊Ushbu texnologiyalarni hayotga keng tadbiq etish orqali mamlakatdagi neft va boshqa yonilg‘i resurslarini yuqori darajada tejab qolish ko‘zda tutilgan.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Savol:
🔳Qaysi aktivlar amortizatsiya qilinadi?

‼️Javob:
🟢Soliq kodeksining 306-moddasiga asosan, amortizatsiya qilinadigan aktivlar sifatida hisobga oladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof etiladi.
#yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi mumkin
👉Soliq kodeksi 440-modda

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 433-modda

Quyidagilar yer soligʻi obyektlari hisoblanadi:
▫️qishloq va dehqon xoʻjaligi uchun berilgan;
▫️yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun berilgan;
▫️jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchilik uchun berilgan,
▫️yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan;
▫️meros yoki hadya qilingan va sotib olinganda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi oʻtgan;
▫️qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan;
▫️tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilganda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari ostidagi yer uchastkalari.
▫️xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
▫️ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari
👉 Soliq kodeksi 434-modda
Tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar yetkazilmoqda.

🔰Soliq qonunchiligidagi so‘nggi yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda amaliyotda uchrayotgan muammolarni ochiq muloqot jarayonida muhokama etish maqsadida Bekobod shahar va Bekobod tumanidagi tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

‼️Unda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etib, soliq tizimini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohaga oid yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berdilar.

📎Ochiq muloqot shaklida o'tgan uchrashuvda tadbirkorlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli tushuntirish oldilar.

🔖Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga buklet va flaerlar tarqatildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#foyda_soligi

Foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlardan qanday foydalanish mumkin?

Imtiyozdan foydalanish uchun my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetdan “Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat” interaktiv xizmat orqali soliq organiga murojaat yuborishi kerak.

Murojaat soliq organi tomonidan koʻrib chiqilganidan soʻng imtiyozdan foydalanish mumkin boʻladi.

Foyda soligʻi hisobotining 6-ilovasiga asosan soliq imtiyozlari 2 turga ajratilgan:
🔹Normativ-huquqiy hujjatlar asosida foyda soligʻidan ozod etish tarzidagi imtiyozlar (050-satr);
🔹Soliq kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq pasaytirilgan soliq stavkalarini qoʻllash tarzidagi imtiyozlar (060-satr).

Foyda soligʻidan toʻliq ozod etish tarzidagi imtiyozlar hisobotning 6-ilovasi 051-056-satrlarida (tegishli hujjatning turi, sanasi, raqami, nomi) interaktiv xizmat orqali avtomatik tarzda aks ettirilib, soliq bazasidan chegiriladigan imtiyoz summasi ilovaning 3-ustuniga soliq toʻlovchi tomonidan kiritiladi.

Pasaytirilgan soliq stavkalarini qoʻllash tarzidagi imtiyozlar 6-ilovaning 061-066-satrlarida aks ettirilib, foyda soligʻi hisob-kitobining 070-satrida Foyda soligʻining belgilnagan stavkasi, foizda” pasaytirilgan stavka avtomatik ravishda aks ettiriladi.

👉Foyda solig‘i hisobot shakllarida o‘zgarishlar
____________
#налог_на_прибыль

Как воспользоваться льготами по налогу на прибыль?

Для этого нужно направить в налоговые органы уведомление через интерактивную услугу "Обращение по использованию налоговых льгот" в персональном кабинете налогоплательщика на портале my.soliq.uz.

Налогоплательщик сможет воспользоваться льготой после рассмотрения обращения налоговым органом.

В Приложении №6 Расчета налога на прибыль льготы разделены на 2 вида:
🔹Льготы по налогу на прибыль юридических лиц в соответствии с нормативно-правовыми актами (строка 050);
🔹Льготы только в виде снижения налоговой ставки, установленной решениями Президента Республики Узбекистан (строка 060).

В строках 051-056 Приложения №6 отчетности через интерактивный сервис автоматически отражаются льготы в виде полного освобождения от уплаты налога на прибыль (вид, номер, дата и название соответствующего документа), а сумма льготы, вычитаемая из налоговой базы, вносится налогоплательщиком в столбец 3 этого Приложения.

Льготы в виде пониженных налоговых ставок автоматически отражаются в строках 061-066 Приложения №6, а сама ставка - в строке 070 "Установленная ставка налога на прибыль, в процентах" Расчета налога на прибыль.

👉Изменения в формах отчетности по налогу на прибыль

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvim

Mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning oxirgi kuni - 17-aprel

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 423-modda
👉Soliq kodeksi 440-modda

🗓 Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 5-modda
👉 Soliq kodeksi 86-modda

❗️15-aprel ish kuni boʻlmaganligi sababli, soliqlarni toʻlashning oxirgi kuni 17-aprelga koʻchiriladi.
_______________
#календарь_налогоплательщика

Последний день уплаты налогов на имущество и землю - 17 апреля

Физические лица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября.
👉 ст.423 НК
👉 ст.440 НК

🗓 Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
👉ст.5 НК
👉ст.86 НК

❗️В связи с тем, что 15 апреля - нерабочий день, крайний срок уплаты налогов переносится на 17 апреля.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar yetkazilmoqda.

📊Soliq qonunchiligidagi so‘nggi yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda amaliyotda uchrayotgan muammolarni ochiq muloqot jarayonida muhokama etish maqsadida Bekobod shahar va Bekobod tumanidagi tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.