Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.71K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#yashil_makon

🌳Bo'stonliq tumani hududida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida keng ko'lamli obodonlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

🔹Jumladan, tuman Davlat soliq inspeksiyasi hodimlari tashabbusi bilan "Boyterak" MFY hududida 200 ta mevali ko'chatlar ekildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#Dolzarb_40_kunlik

"Yashil makon" umummilliy harakati doirasida dolzarb 40 kunlik qizg‘in davom etmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani Gulobod mahalla fuqarolari yig‘inida manzarali daraxt ko‘chatlar o‘tqazilmoqda.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Yashil makon dasturi ijrosi bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

🔰Zangiota tumani 4-sektor tasarrufidagi barcha MFYlarda ham yashil makon dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.

✔️Jumladan, "Obod mahalla" dasturiga kiritilgan "O‘rikzor" MFYda ham yon-atrofni tartibga keltirish, daraxtlarni butalash, oqlash va ertangi kunga yashil makon doirasida bo‘lib o‘tadigan katta hashar tadbirlariga (2,0ming tupdan ziyod yangi daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha) tayyorgarlik ishlari olib borilyapti.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#Korrupsiyaga_qarshimiz!

🟢 Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha joylarda profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

🟡 Jumladan, savdo komplekslarida, aholi gavjum joylarda, do‘konlarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot materiallari joylashtirilmoqda.

🔵 Tarqatma materiallarida soliq idoralari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yiladigan korrupsion xatti harakatlar, tadbirkorlik faoliyatiga sun'iy ravishda to'sqinlik qilish holatlariga duch kelinsa, Davlat soliq qo‘mitasining
[email protected], @dsq_anticorrupciya_bot telegram boti va DSQning ishonch telefoni (71) 244-98-98 hamda 1198 qisqa raqami, shuningdek Toshkent viloyat Davlat soliq boshqarmasining (0378) 150-49-98 telefon raqamiga murojaat qilishlari keltirib o'tilgan.

✍️Toshkent viloyat Davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#marketpleys

Marketpleys bu nima?

Marketpleys — bu operator tizimiga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, operatorga taqdim qilgan chek ma’lumotlari asosida onlayn rejimda fiskal belgilarni qabul qiluvchi, cheklarni elektron shaklda xaridorlarga yuborish funksiyasiga ega bo‘lgan texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd yoki naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi.

👉VM-943-son qarori 1a-ilova
______
#маркетплейс

Что такое маркетплейс?

Маркетплейс - это система осуществления наличных или безналичных денежных расчетов посредством электронных платежных документов с использованием услуг технических средств, информационных технологий и информационных систем, имеющих функцию направления покупателям чеков в электронной форме, обладающая возможностью подключения к системе оператора, принимающая в онлайн режиме фискальные отметки на основании данных чека, представленного оператору.

👉Прил.№1а к ПКМ №943

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#marketpleys

DSQning marketplyeslar bilan integratsiyasi

Tovar va xizmatlarini elektron tijorat platformalari (Marketpleys) orqali realizatsiya qiluvchi tadbirkorlar uchun
savdo operatsiyasini elektron shaklda Davlat soliq qo‘mitasiga yuborgan holda, fiskal belgili chekni to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn rejimda shakllantirish imkoni yaratilgan.

Shuningdek, Davlat reestriga kiritilmagan Marketpleysdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
👉VMQ-943-son 1-a ilova

Marketpleyslarni davlat reestriga kiritish uchun Ariza bilan Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qilinadi. Buning uchun:
📂Integratsiyalashga oid hujjatlar to‘plami yuklab olinadi. 👉 https://ofd.uz/ru/pages/view/67
💻Ariza to‘ldirilib, soliq to‘lovchining my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
1️⃣Marketpleys dasturiy mahsulotining texnik va funksional tavsiflariga muvofiqligi yuzasidan fiskal maʼlumotlar operatorining xulosasi;
2️⃣Shakllantirilgan elektron kassa cheklari namunalari;
3️⃣Marketpleys tizimining etalon elektron namunasi (APK va URL website);
4️⃣Marketpleysning texnik va funksional tavsiflari batafsil ko‘rsatilgan texnik pasport (yoki unga tenglashtirilgan hujjat) hamda kafolat majburiyatlari;
5️⃣Foydalanish hujjatlari (foydalanuvchi uchun qo‘llanma, o‘rnatish bo‘yicha qo‘llanma va soliq inspektori yo‘riqnomasi);
6️⃣Marketpleys dasturiy mahsulotining mualliflik huquqini tasdiqlovchi hujjat (patent). Bunda hujjat boshqa davlatdan olingan bo‘lsa uning manbasi ko‘rsatiladi.

🗂Marketpleyslar fiskal chek ma’lumotlarini kamida 5 yil davomida saqlashi va foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilishi ularning konfidensialligini ta’minlashi shart.

Arizada marketpleysning call-markazi telefon raqami ko‘rsatiladi.

😄 axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarning yoki tartiblarning buzilishi holatlari, huquqbuzarga nisbatan:
▪️Soliq kodeksing 227-1-moddasiga asosan moliyaviy sanksiya;
▪️MJtKning 175-moddasi 6-qismiga asosan maʼmuriy jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Axborot tizimlarini to‘g‘ri integratsiya qilish borasida
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar beriladi va amaliy yordamlar ko‘rsatiladi.

📞 +998 71 202-32-32 (ichki: 517, 541, 578, 587)

💻Marketpleys cheklari shaxsiy kabinetda aks etadi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM