Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.2K photos
1.66K videos
111 files
3.73K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#ochiq_muloqot

Ochiq muloqotda tadbirkorlar murojaatlari ijobiy yechim topdi

Davlat soliq qo‘mitasi Raisining Termiz shahridagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan masalalar ijobiy hal etilmoqda.

Xususan, Qiziriq tumanidagi “GRAND GLOBAL” MChJ rahbari Sh.Aliqulov onlayn-kassa orqali chek summasi noto‘gri chop etganligi va ushbu chekni tahririlashda yordam so‘rab murojaat qildi.
Tadbirkorning murojaatini o‘rganib chiqib, belgilangan tartibda noto‘g‘ri summa qayd etilgan chekni tahrirlashga ruxsat berilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, salqin ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan “Denov mazali suvlari” korxonasi rahbari A.Choriyev sifatsiz holga kelib qolgan mahsulotlarni QQS hisobotida aks ettirish masalasida murojaat qildi.
Mutaxassislar tomonidan yaroqsiz mahsulotlarni QQS hiosbotida aks ettirish imkoniyati yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek DSQ Raisi ayni vaziyatda tadbirkorning masalasini tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Uchrashuvda ishtirok etgan biznes vakillari tomonidan berilgan takliflar ham tinglandi, ularning murojaatlarida bildirilgan masalalar ijobiy hal etildi.

Sherzod Kudbiyev Surxondaryoga safarining ikkinchi kunida viloyat soliq xizmati xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#antikorrupsiya

🤑Siz soliq organlarida korrupsiya holatlariga duch keldingizmi
💬 Bu haqda xabar bering

Soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti orqali 📲 yuborish mumkin.

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
__________
#антикоррупция

🤑 Вы столкнулись с коррупционными проявлениями в налоговых органах
💬Сообщите о данном факте

Информацию о коррупционных правонарушениях и незаконных действиях в налоговых органах можно направить
через специальный телеграм-бот @dsq_anticorrupciya_bot 📲

❗️Конфиденциальность обратившегося лица гарантируется.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#EHF

EHF manfiy ko‘rsatkich bilan qanday shakllantiriladi?

1. EHF operatori tizimining (Soliq servis misolida) “Yuborilgan” boʻlimida “EHF” menyusi tanlanadi va soliq bazasiga kamaytirish tarafga tuzatish kiritilayotgan avval yuborilgan hisobvaraq-faktura ochiladi va uning ID kodidan nusxa olinadi.
2. Yangi hisobvaraq-faktura shakllantiriladi.
3. Hisobvaraq-faktura turidan "Qo‘shimcha" tanlanadi.
4. "Eski hisobvaraq-faktura" maydoniga avvaldan nusxalangan ID-kod kiritiladi, hujjat raqami va sanasi ko'rsatiladi.
5. "Yangi hisobvaraq-faktura" maydoniga yaratiladigan hujjatning raqami va sanasi kiritiladi.
6. Buyurtmachi STIRi yoki JShIRi ko‘rsatiladi.
7. Mahsulot haqida ma'lumot oynasida qaytarilayotgan mahsulot MXIKi tanlanadi va o'lchov birligi ko'rsatiladi.
8. Tovar soni musbat (+) ko‘rsatkich bilan kiritiladi.
9. Tovar qiymati manfiy (-) ko‘rsatkich bilan kiritiladi.
10. EHF tasdiqlash uchun qabul qiluvchiga yuboriladi.

Eslatma❗️Manfiy qiymatga ega qo'shimcha EHF summasi avval taqdim etilgan EHF summasidan oshmasligi lozim.
__________
#ЭСФ

Как оформить ЭСФ с отрицательным значением?

1. В системе оператора ЭСФ (на примере Soliq servis) в разделе "Отправленные" выбрать меню "Счета-фактуры" открыть ранее подписанный счет-фактуру, по которому осуществляется корректировка налоговой базы в сторону уменьшения, и скопировать его ID-код.
2. Создать новый счет-фактуру.
3. Указать тип ЭСФ "Дополнительный".
4. В поле "Старый счет-фактура" ввести скопированный ранее ID-код, указать номер и дату документа.
5. В поле "Новый счет-фактура" указать номер и дату создаваемого документа.
6. Указать ИНН или ПИНФЛ заказчика.
7. В окне с информацией о товаре нужно выбрать ИКПУ товара, который возвращается, указать его единицу измерения.
8. Количество товара указать со знаком "+" ("плюс").
9. Стоимость товара указать со знаком "-" ("минус").
10. Отправить ЭСФ получателю на подтверждение.

Примечание❗️ Сумма дополнительного ЭСФ с отрицательным значением не должна превышать сумму ранее выставленного ЭСФ.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Aksiz markasiz bo‘lgan tamaki mahsulotlarining muomalaga kiritilishini oldi olindi.

🔰Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati Zangiota tuman bo‘limi tomonidan Zangiota tumani DSI xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.N. fuqaro M.ga horijda ishlab chiqarilgan 3 xil turdagi jami 1 980 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini 3 200 AQSh dollariga pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

‼️Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
📢 Bekobod shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining sayyor qabul uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 26 oktabr kuni Bekobod shahar 4-sektor hududiga qarashli "Tinchlik" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun 4-sektor shtabi binosida Bekobod shahar DSI boshlig‘i Sh.T.Nishanov raisligida, MFY Hokim yordamchisi D.Vaxabjanov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi.

📌Uchrashuvda hududda istiqomat qilayotgan fuqarolar turli yo‘nalishlarda murojaat qildilar, murojaatlarni hal etilishi yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi, ijrosi nazoratga olindi.

✍🏻Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

4-sektorda “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘tkazildi

Besh tashabbus olimpiadasining 2-mavsumi 4-sektor hududidagi mahalla yoshlari o‘rtasida qizg‘in o‘tdi.
Olimpiada doirasida o‘tkazilgan musobaqalarning sektor bosqichiga 4-sektor rahbari, DSI boshlig‘i Jasur Sayfiyev ishtirok etdi.

🔰Mitan, Oybek, Taraqqiyot, Mustaqillik, Kultepa mahallalari sportsevar yoshlari faol ishtirok etishdi. Voleybol, shaxmat-shashka, yengil atletika, stol tennisi musobaqalarida mahalla yoshlaridan 120 nafari qamrab olindi. G‘oliblarga sektor rahbari Jasur Sayfiyevning rag‘batlantiruvchi sovg‘alari topshirildi. Endilikda ular besh tashabbus olimpiadasining tuman bosqichida qatnashadi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.