Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
👩‍⚕Bugun yurtimizda keng nishonlanayotgan shifokorlar bayrami, mamlakatimizda  faoliyat olib borayotgan sharafli va mashaqqatli soha tibbiyot xodimlari  kuni munosabati bilan Sizlarni Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi jamoasi nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

🦠Butun dunyoda ko‘rinmas yovga qarshi turib, o‘z jonini xatarga qo‘yib bo‘lsa ham mardonavor kurashib, haqiqiy qahramonlik ko‘rsatayotgan shifokorlarimizga har qancha ta’zim qilsak arziydi.

💊Xalqimiz salomatligini saqlashda jonbozlik ko‘rsatayotgan aziz Tibbiyot xodimlarini kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, xonadoningizga tinchlik, xotirjamlik, faoliyatingizga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

✍️Hurmat bilan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i R. Raimov hamda DSB jamoasi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!

🇺🇿«O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi oliy kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

🎷Joriy yil bayrog‘imiz qabul qilinganliga 30 yil to‘ldi.

🚴‍♀️Mana shu qutlug‘ sana munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan ''Muqaddir Vatan bayrog‘i'' shiori ostida velomarafon tashkil etildi.

🚵‍♀️Ushbu sport musobaqasida birgina Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasidan 100 nafardan ortiq xodimlar faol ishtirok etdilar.

♦️Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbirdan soliq organi xodimlari mamnun bo‘ldilar.

✔️Tadbir yakunida velomarafonda faol ishtirok etgan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi, O‘rta Chiriq hamda Qibray tumani davlat soliq inspeksiyasi jamoalari maxsus diplom bilan taqdirlandilar.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.