Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Maxsus iqtisodiy zonalardagi yuridik shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tish soddalashtiriladi
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
👉VMQ-30-son, 22.01.2025-y.
Mazkur qaror bilan:
🔹maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yuridik shaxs elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan taqdirda qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi belgilandi;
🔹yangi ro‘yxatdan o‘tayotgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 kun muddatda arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan taqdirda, ushbu yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan yerida (pochta manzilida) mavjud emasligi to'g'risidagi tartib maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz❗️ Ilgari yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 kun muddatda arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan taqdirda yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan yerida (pochta manzilida) yo‘q deb e’tirof etilar edi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#Soliq_kodeksi
⌛ Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisobga turgan jismoniy shaxs oʻz soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi oʻz huquqlari va majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin.
⬇️ ⬇️ ⬇️
➡️ Soliq kodeksining 56-moddasi
✅ Toshkent viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!✈️ Telegram |♾ Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi.
📌 Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi davlat soliq bosh inspektori F.Mustanov hamda Yangi yo'l shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimi B,Salimov hamkorligida, Yangi yo'l shahar soliq inspeksiyasida “Korrupsiya – kelajagimizga tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🔗 Shuningdek, tadbirda soliq xizmati xodimi degan sharafli va munosib nomga dog‘ tushiradigan xatti-harakatlarni sodir etmaslikka, soliq to‘lovchilar bilan muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishlari, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari keng tushuntirildi.
✅ Toshkent viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram
⚡️ Mazkur tadbirda inspeksiyaning shaxsiy tarkibi to‘liq jalb qilinib, ularga soliq tizimining ichki mehnat tartibiga rioya qilish, yuklatilgan vazifalarni bajarishda halol va vijdonan yondashish, korrupsion holatlarga aralashmaslik hamda bu kabi salbiy holatlarni sodir etmaslik haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#rasmiy_munosabat
“Potrebitel.Uz” guruhida xaridlar uchun 1% keshbek tasdiqlanishiga oid savollar ko‘tarilmoqda.
Shu munosabat bilan, Soliq qo‘mitasi quyidagilarni eslatib o‘tadi.
Soliq mobil ilovasida cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng, keshbek keyingi oyning 25-sanasidan keyin tasdiqlanadi.
2024-yil 1-yanvardan xarid summasidan 1% keshbek olishda oylik xarid summasiga chegaraviy miqdor (BHMning 60 baravarigacha) oʻrnatildi. Bu har oyda 22,5 mln so‘mgacha xarid summasidan keshbek 225 000 so‘mgacha tasdiqlanadi.
Agar siz tovar yoki xizmat sotib olgan tadbirkorlar soliq hisobotini taqdim etmagan bo‘lsa, yoki unda kamchiliklar mavjud bo‘lsa yoxud ularning soliq qarzdorligi to‘lanmagan bo‘lsa, keshbek faqat shu kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin tasdiqlanadi.
Masalan, dekabr oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha hisobot (yillik hisobot), shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobot 15-fevraldan kechiktirmay taqdim etilishi kerak. Shu bois, baʼzi hollarda keshbek hali "tasdiqlanish jarayonida" bo‘lishi mumkin.
❌ Keshbek quyidagi hollarda hisoblanmaydi:
▫️agar chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
▫️O'zini o'zi band qilgan shaxslar xizmat ko‘rsatganda;
▫️avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olishda, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar to‘lov cheklari uchun;
▫️jismoniy shaxslar shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan bo‘lsa.
Shubhali xaridorlar – keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan xarid cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar.
Agar xaridlar uchun to‘lov marketpleyslar yoki elektron to‘lov tashkilotlari orqali amalga oshirilsa va bu paytda foydalanuvchining telefon raqami Soliq mobil ilovasidagi raqam bilan mos kelsa, keshbek avtomatik tarzda hisoblanadi.
Onlayn taksi agregatorlari orqali, asosan, o‘zini o‘zi band qilganlar faoliyat yuritadi. Yuqorida taʼkidlanganidek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar cheklari uchun keshbek hisoblanmaydi.
Tasdiqlangan keshbekni bank kartasiga o‘tkazish uchun Face IDdan o‘tish kerak.
Ilova muntazam ravishda takomillashtirilmoqda va uning yangi versiyalarini yangilab borish muhim.
Soliq mobil ilovasini faqat rasmiy platformalardan yuklab oling:
📱 Play Market
📱 App Store
Agar ilovaga oid savollar tug‘ilsa, Telegram-bot orqali murojaat qilish mumkin:
👉 https://t.iss.one/soliq_mobililova_murojaatlar_bot
Soliq mobil ilovasidagi "Xabar yuborish" bo‘limi va soliq.uz sayti orqali soliq organlari bilan qayta aloqa tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

#e_ijara
✅ Soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ijara shartnomalari soni 606 mingta ijara shartnomalari hisobga qo‘yildi
⌛ 2025-yil 1- yanvar holatiga Toshkent viloyatida soliq organlarida 53 618 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomalar hisobga qo‘yildi.
✅ Toshkent viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#QQS
Soliq qo‘mitasi: Alibaba Cloud kompaniyasi O‘zbekistonda QQS toʻlovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
Soliq qoʻmitasi tomonidan elektron tijorat bilan shugʻullanuvchilar faoliyatini legallashtirish borasida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Alibaba Group (ALIBABA.COM) kompaniyasiga rasmiy so‘rov yuborilgan edi. 28-yanvar kuni Alibaba Cloud (Singapore) Private Limited bulutli hisoblash sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniyasi tax.uz QQS-ofisi orqali Oʻzbekistonda ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar boʻyicha QQS toʻlovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.
Maʼlumot uchun. Oʻzbekistonda elektron shakldagi xizmatlarni koʻrsatuvchi chet el kompaniyalari jismoniy shaxslarga koʻrsatilayotgan bunday xizmatlar boʻyicha QQS toʻlovchisi hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 278-moddasi
Bugunga kelib Oʻzbekistonda 65 ta chet el internet-kompaniyalari ro‘yxatdan o‘tgan.
_________
#НДС
Налоговый комитет: компания Alibaba Cloud зарегистрировалась как плательщик НДС в Узбекистане
Налоговый комитет продолжает практическую работу по легализации деятельности тех, кто осуществляет электронную коммерцию.
Был направлен официальный запрос компании Alibaba Group (ALIBABA.COM).
28 января текущего года Alibaba Cloud (Singapore) Private Limited - международная компания, специализирующаяся на облачных вычислениях, через НДС-офис tax.uz зарегистрировалась в качестве плательщика НДС по электронным услугам, оказываемым в Узбекистане.
Для информации. Иностранные юрлица, оказывающие услуги в электронной форме в Узбекистане, признаются плательщиками НДС в части таких услуг, оказываемых физическим лицам.
👉ст.278 Налогового кодекса
На сегодняшний день в Узбекистане зарегистрированы 65 иностранных Интернет-компаний.

Anonymous Quiz
48%
1%
3%
49%
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun hisobotni avtomatik ravishda shakllantirish yoʻlga qoʻyiladi
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq maʼmurchiligini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
👉VMQ-32-son, 22.01.2025-y.
Mazkur qaror bilan:
🔹Soliq organlari tomonidan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish (oʻstirish) uchun ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini avtomatik ravishda shaklantirib berish yoʻlga qoʻyiladi.
🔹Vazirlik va idoralar tomonidan oʻzaro axborot almashinuvi tizimi, shuningdek, Suv xoʻjaligi vazirligining “Suv hisobi” axborot tizimi orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida soliqlar avtomat hisoblanib, hisobotda shakllantirib beriladi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, soliq toʻlovchilar suv soligʻi hisoboti shaklining 0701 va 0702-satrlariga Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan suv hajmini mustaqil kiritgan holda taqdim etib kelgan.
Endilikda soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining toʻgʻri va toʻliqligini tasdiqlaydi yoki eʼtirozlar mavjud boʻlsa, soliq hisobotini qayta ko‘rib chiqib, 15-dekabrga qadar tegishli asoslarni ilova qilgan holda soliq organlariga taqdim etadi.
🖇Maʻlumot uchun, qishloq xoʻjaligi korxonasi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar noqishloq maqasadlarida foydalanilgan suv resusrlari uchun vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan suv hajmini mustaqil kiritgan holda qonunchilikda belgilangan muddatlarda soliq hisobotlarini taqdim etadi.
❗️Eslatib oʻtamiz, soliq organi tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlanmaganda yoki qayta ishlangan holda taqdim etilmaganda, soliq toʻlovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etilmaydi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi
📊 2025- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 1 773 tani tashkil etdi. Ularning hududlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha aks etdi:
✅ Toshkent viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram
✅ Toshkent viloyatida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning sonini bilasizmi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Soliq_kodeksi
⌛ Bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda yoki jismoniy shaxsning yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashdagi qoʻshimcha holatlar sud tomonidan aniqlanadi.
⬇️ ⬇️ ⬇️
➡️ Soliq kodeksining 38-moddasi
✅ Toshkent viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!✈️ Telegram |♾ Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi.
📌 Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi davlat soliq bosh inspektori F.Mustanov hamda Yangi yo'l tumani Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo'shlig'i M.Yuldashev hamkorligida, Yangi yo'l tumani soliq inspeksiyasida “Korrupsiya – kelajagimizga tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.