Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#E_ijara #yashirin_iqtisodiyot

Joriy yilning 9 oyida soliq organlarida 529 628 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

🖇Foydali havolalar

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi
👉Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solinmaydi
👉Ijara.soliq.uz saytidagi ijara shartnomasi qanday bekor qilinadi?

❗️2024-yil uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari haqida boshqarma boshlig‘i D.Xashimova batafsil ma'lumot berdi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
🟦🟦🟦🟦🟦

🔎Xabar qilganimizdek, katta hajmdagi maʼlumotlar yangi serverlarga migratsiya qilinmoqda.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 31-oktabr soat 23:00 dan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliqlarni to‘lash, soliq hisoboti va deklaratsiyalarni taqdim etish, soliq qarzdorligi haqida maʼlumotlarni elektron tarzda olish hamda boshqa elektron xizmatlardan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
______
#объявление

🔎Сообщалось, что большие данные переносятся на новые серверы.

В связи с этим с 23:00 часов 31 октября до 23:59 часов 5 ноября временно приостанавливается использование таких электронных услуг, как уплата налогов физическими лицами и индивидуальными предпринимателями, представление налоговой отчетности и декларации, получение электронной справки о налоговой задолженности и др.

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat #raqamli_markirovka

Ijtimoiy tarmoqlarda suv va salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchilari uyushmasi Soliq qoʻmitasidan markirovkalangan tovarlar agregatsiyasi bosqichini kechiktirib turishni soʻrayotgani haqida xabar e'lon qilindi.

Bu haqda Soliq qoʻmitasiga yuborilgan murojaat 30-oktabrda kelib tushgan.

Koʻtarilgan masalalarga aniq va asoslangan javob va tushuntirishlar berish maqsadida tayyorgarlik koʻrish lozim va mazkur uchrashuv noyabr oyining ikkinchi dekadasida oʻtkazilishi rejalashtiriladi.

Ushbu uchrashuv boʻlguniga qadar hamda Soliq organlari maʼlumotlar bazasi koʻchirilayotganini inobatga olgan holda suv va salqin ichimliklarni agregatsiyalashga majburiy talablari qoʻllanilmasligi maʼlum qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
SOLIQ TAQVIMI NOYABR 2024.pdf
260.4 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2024-yil noyabr oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на ноябрь 2024 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi

Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni


📊Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2024- yil 1-oktabr holatiga 42,6 mingtaga yetdi. Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 32,4 %, sanoatda– 15,7 %, Yashash va ovqatlanish -7,0 %, qurilish -6,0 % boshqa turlar – 23,2 %, hududiy kesimda eng ko‘p Zangiota 11,2 Qibray 8,5 %, Toshkent 6,8 % tumanlarida, Chirchiq– 6,5 %, Angren – 5,6 %, shaharlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot #ijtimoiy_sorovnoma

Yashirin iqtisodiyot nima?

Yashirin iqtisodiyot – bu iqtisodiyotning tadbirkorlik faoliyati odatda rasmiy roʻyxatga olinmagan, soliqqa tortilmaydigan va rasmiy statistika va nazorat doirasidan tashqarida qoladigan turli norasmiy iqtisodiy faoliyatni ifodalovchi iqtisodiyot tarmogʻidir.

▪️norasmiy bandlik
▪️qonuniy boʻlmagan ish haqi
▪️norasmiy tadbirkorlik
▪️noqonuniy tovarlar va xizmatlar savdosi
▪️soliq toʻlashdan boʻyin tovlash

Bunday harakatlar rasmiy qoidalar va tartiblarni chetlab oʻtadi. Darhaqiqat, davlat idoralaridan daromadlarni yashirish yoki soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga olib keladigan har qanday tadbirkorlik faoliyatini yashirin iqtisodiy faoliyat deb hisoblash mumkin.

Oʻzbekiston fuqarolarining aksariyati yashirin iqtisodiyotga duch kelgan.

Soliqdan qochganlarga qanday choralar qo‘llanilishi kerak?

📹 Jamoatchilik fikri bilan batafsil videolavhada tanishing

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qaroriga ko'ra...

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotga qarshi o‘tkazilgan 1 315 ta nazorat tadbirlarida huquqbuzarlik holatlari aniqlangan


 Soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida, umumiy ovqatlanish sohasida onlayn – NKTdan foydalanish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida o‘tkazilgan 1 315 ta nazorat tadbirlarida qator huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 10,8 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Umumiy ovqatlanish sohasida :

▫️ 960 ta holatda xaridorga onlayn-NKTdan 117,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 529,8 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;
▫️113 ta holatda 141 nafar norasmiy ishchilar faoliyat yuritayotganligi;
▫️63 ta holatda markirovkalanmagan 4,6 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi;
▫️15 ta holat (nazorat xaridi)da to‘lovlarni jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalariga o‘tkazish orqali amalga oshirilganligi;
▫️ 41 ta holatda foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalarini soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilinmaganligi aniqlangan.

Markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi (121 ta dori vositalari va tibbiy buyumlar 114 ta alkogol, 84 ta tamaki, 34 ta maishiy texnika sotuvchilar):

▫️343 ta holatda onlayn-NKTdan 32,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 283,2 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;

▫️ 47 ta holatda markirovkalanmagan 63,4 mln so‘mlik mahsulotlar savdoga qo‘yilganligi;
▫️21 ta holatda 6,3 mln so‘mlik aksiz markasiz va hujjatsiz alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi «U.Sh» MCHJda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvida:
▫️ 31,1 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda mavjud emasligi;
▫️38,9 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda ortiqchaligi;
▫️960,9 mln so‘mlik 139,4 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlar buxgalteriyada aks ettirilmaganligi;
▫️1 507,4 mln so‘mlik 199 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlari bo‘yicha maʼlumotlar “Asl belgisi” axborot tizimiga yuborilmaganligi;
▫️7 nafar ishchilarning ish haqi summasi hisobotda aks ettirilmaganligi aniqlandi.

Natijada SK 223- va 227 prim 1- moddalariga asosan korxonaga nisbatan 426,7 mln so‘m moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Tadbirkorga qulaylik: ikki idora - bitta hujjat

Budjet tushumlarini oshirish va soliq va bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanish holatini monitoring qilish yuzasidan tasdiqlangan Yoʻl xaritasiga muvofiq, Soliq qoʻmitasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojxona, Gʻaznachilik xizmati qoʻmitalari mutaxassislari ishtirokida navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda soliq va bojxona organlari axborot tizimlarining oʻzaro integratsiyasini kengaytirish hamda soliq va bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanish holatini monitoring qilish, budjet tushumlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Budjetga tushumlarni oshirishda tashqi manbalardan olinadigan elektron maʼlumotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada soliq organlarining axborot tizimlari asosiy manbaa hisoblanadi. Shu sababli, maʼlumotlar almashinuvi jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim dolzarb masalalar yechimi yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Tadbirda mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha tayyorlangan loyihalar koʻrib chiqildi. Yangi axborot tizimlarining oʻzaro integratsiyasini yanada takomillashtirish orqali tadbirkorlarga qulay sharoit yaratish hamda ortiqcha byurokratik toʻsiqlardan xalos etish masalalariga asosiy eʼtibor qaratildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#MXIK

Yuqori likvidli mahsulotlarni EHF orqali realizatsiya qilishda qatʻiy biriktirilgan oʻlchov birliklaridan foydalaniladi


Soliq organlarining tahlillarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan sotilayotgan tovarlar miqdori, oʻlchov birligi va qiymatida katta farqlar aniqlanmoqda. Bu haqda avval ham bir necha bor xabar qilingan edi.

Oʻlchov birliklari yoki tovarlar miqdori notoʻgʻri koʻrsatilganligi sababli:
▫️sotilgan tovarlar tannarxining haqiqiy holati buzilishi;
▫️tovarlar harakatini nazorat qilish qiyinlashishi;
▫️soliq hisobotlarini topshirishda savollar koʻpayishi mumkin.

Mazkur xatoliklarni bartaraf qilish va ularning oldini olish maqsadida, yuqori likvidli mahsulotlarning MXIK roʻyxati shakllantirildi.

📌Endilikda👉 mazkur roʻyxatdagi yuqori likvidli mahsulotlarni EHF orqali realizatsiya qilishda qatʻiy biriktirilgan oʻlchov birliklaridan foydalaniladi.

Uzbekistan global xalqaro mahsulot raqamlash tizimi (GS1) maʼlumotlari asosida yuqori likvidli tovarlar uchun yaratilgan MXIKlarning o'lchov birliklari saqlanib qolinadi.

Ushbu mahsulotlar chakana savdoda Onlayn-NKM cheklari orqali realizatsiya qilinganda tasnif.soliq.uz saytida ko'rsatilgan o'lchov birliklaridan foydalanish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
🟦🟦🟦🟦🟦  Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar

🌀Viloyatimizda 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona

🌀O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni

🌀Kimlar yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi ?

🌀Jismoniy shaxslar kimlar?

🌀2024- yilning 1- oktabr holatiga jami 3 620 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

🌀O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik

🌀Korrupsiyaning salbiy oqibatlarini tushuntirish va oldini olish maqsadida “Korrupsiya – kelajagimizga tahdid” mavzusida

🌀2024- yil yanvar-sentabr oylarida viloyatda yangi tashkil etilgan korxona

🌀Bu haqida  "Mash'al" gazetasining  44-sonida batafsil o'qishingiz mumkin.

🌀 Korxona QQS guvohnomasini qanday olish mumkin?

🌀Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlari jadallashtiriladi

🌀2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida savdo sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni

🌀Toshkent viloyatida 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida 11 403 ta tashkilot 995,2 mlrd so‘mdan ortiq

🌀Uy bekasi ish stajiga ega boʻlishi mumkinmi?

🌀Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2024- yil 1-oktabr holatiga 42,6 mingtaga yetdi

🌀O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qaroriga ko'ra...

#soliqpressa#dayjest

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi
Toshkent viloyatida so‘nggi yillarda korxona va tashkilotlar qanchaga ko‘paydi?


📊2024- yil 1- oktabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 42 634 tani tashkil etdi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#JSHODS

"Maryam soliqlar haqida bilib oladi" audiokitobining yangi qismini tinglang!

Uchinchi qismda Maryam jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bilan tanishadi 💼💰

Bu soliq ish haqi va boshqa daromadlardan ushlab qolinadi.

Maryam nima uchun biz bu soliqni to‘lashimiz, yig‘ilgan mablag‘lar qayerga ketishi va ular maktablar, kasalxonalar va boshqa muhim ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga qanday yordam berishi haqida bilib oladi.

Audiokitobni butun oila bilan tinglang va farzandlaringizga har bir kishi o‘z hissasini qo‘shsa, bu atrofimizdagi hayotni yaxshilashga yordam berishini tushuntiring.

🎧1-qism mol-mulk va yer solig'i haqida
🎧
2-qism QQS haqida

Kitob muallifi: Irodaxon Abbosxonova, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart


EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.


Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

⁉️Qanday ishlar mavsumiy hisoblanadi?

✔️Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir. Uning davomiyligi, qoida tariqasida, 6 oydan oshmasligi kerak.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

📁Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning faoliyati natijasida olgan daromadi 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) kabi soliq to‘laydi.

🌀Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan, lekin 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar AOS toʻlovchilari hisoblanadi.

📊Shunga asosan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ham daromadi 100 mln soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran AOS toʻlashga o‘tadi.

👨‍💻AOS hisobotini topshirish uchun my.soliq.uz saytidagi “Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun” shaxsiy kabinetiga elektron raqamli imzo orqali kiriladi, u yerdan "YTTlarning tovar aylanmalari boʻyicha hisobot shakllari" tugmasi tanlanadi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 14 baravarga ko‘paydi


Hozirda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron onlayn platformasida jami 550 ming ta tadbirkorlik subyekti baholangan.

Umumiy yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 14 baravarga oshib, jami 10 ming dan oshdi.

Joriy yilning 4-noyabr holatiga:

🟢AAA - 1697 ta
🟢AA - 4101 ta
🟢A - 4946 ta

O‘rta reytingdagi tadbirkorlar soni 2,8 baravarga oshib, 90 ming taga yetdi.

🔵ВВВ - 16 964 ta
🔵ВВ - 30 080 ta
🔵В - 42 866 ta

🔴Quyi rengtingdagi tadbirkorlar soni 1,2 baravarga kamayib, jami 228 ming taga yetdi.

Hududlar kesimida yuqori reytingga ega tadbirkorlar:

📍Toshkent shahrida - 3,9 ming ta;
📍Toshkent viloyatida - 1,1 ming ta;
📍Samarqand viloyatida - 966 ta.

AAA reytingdagi tadbirkorlarning 837 tasiga 1, 3 trln so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌀Korxona xaridorga chegirma skidka bersa, skidka QQS summasiga ham ta'sir qiladimi?
Anonymous Quiz
38%
🤔Yo'q
62%
🤔Ha
0%
🤔Bilmadim
#EHF #MXIK

Elektron hisobvaraq-fakturalarda paxta xom ashyosi tonnada realizatsiya qilinishi lozim

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, paxta yetishtiruvchilar tomonidan birja savdolari orqali realizatsiya qilingan (elektron hisobvaraq-faktura asosida) bir tonna paxta xom ashyosi uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mln so‘m miqdorida subsidiya beriladi.
❗️Paxta-to‘qimachilik korxonalari tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi hamda urug‘lik paxta bundan mustasno.

Shundan kelib chiqib, paxta xom ashyosi va paxta tolasi uchun MXIKga yagona o‘lchov birligi sifatida - tonna biriktirildi.

Endilikda, ushbu mahsulotlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda tonna o'lchov birligi avtomatik ravishda shakllanadi.
___________
#ЭСФ #ИКПУ

В электронных счетах-фактурах хлопковое сырье нужно реализовывать в тоннах


В соответствии с Постановлением Кабинета Министров за каждую тонну хлопкового сырья, реализованного через биржевые торги (на основе электронных счетов-фактур), производителям хлопка предоставляется субсидия в размере 1 млн сумов за счет средств Фонда государственной поддержки сельского хозяйства.
❗️Исключение составляют хлопковое сырье и семена хлопчатника, выращенные хлопково-текстильными предприятиями.

Исходя из этого, за ИКПУ хлопкового сырья и хлопкового волокна закреплена единица измерения - тонна.

Теперь при формировании электронных счетов-фактур на эту продукцию в качестве единицы измерения автоматически указывается тонна.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi

📊Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning sonini bilmoqchimisiz?


📊2024- yilning 1-oktabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 42 634 tani tashkil etib, shundan 85,6 foizini (36 484 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

📊Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning taqsimlanishi:


✍️Oqqo‘rg‘on tumani – 1 167 ta
✍️Ohangaron tumani– 1 168 ta
✍️Bekobod tumani– 1 341 ta
✍️Bo‘stonliq tumani– 2 348 ta
✍️Bo‘ka tumani– 1 188 ta
✍️Quyi Chirchiq tumani– 1 344 ta
✍️Zangiota tumani– 4 780 ta
✍️Yuqori Chirchiq tumani– 2 158 ta
✍️Qibray tumani– 3 621 ta
✍️Parkent tumani– 2 471 ta
✍️Piskent tumani. – 1 099 ta
✍️O‘rta Chirchiq tumani– 1 945 ta
✍️Chinoz tumani– 1 267 ta
✍️Yangiyo‘l tumani– 1 969 ta
✍️Toshkent tumani– 2 906 ta
✍️Nurafshon shahri– 1 111 ta
✍️Olmaliq shahri– 1 697 ta
✍️Angren shahri– 2 397 ta
✍️Bekobod shahri– 1 486 ta
✍️Ohangaron shahri– 984 ta
✍️Chirchiq shahri– 2 774 ta
✍️Yangiyo‘l shahri– 1 413 ta

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM