Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.6K photos
1.89K videos
121 files
4.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng ikkiga boʻlgan holda, yarmini 15-aprelgacha qolgan yarmini 15-oktabrga qadar toʻlashi belgilangan

📩 Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ularning uyali telefonlariga 15-oktabrgacha toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar SMS koʻrinishida yuborilmoqda.

❗️Agar 15-aprelgacha toʻlanishi lozim boʻlgan summa toʻlanmagan boʻlsa  u qarzdorlik sifatida alohida koʻrsatilgan.

SMS ostida "Batafsil" hamda "Toʻlash" yozuvi bor."Batafsil" yozuvi orqali  toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲"Toʻlash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz sayti orqali, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.
Qaysi hududlarda kichik tadbirkorlik subyektlari ko‘proq faoliyat yuritadi?

Viloyatimizda 2024- yilning 1- avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 41 421 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 35 280 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Zangiota tumani – 4 255 ta
Qibray tumani – 3 022 ta
Toshkent tumani – 2 578 ta
Chirchiq shahri – 2 306 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 13 401 ta
sanoat sohasida – 6 326 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 3 572 ta
qurilish sohasida – 2 382 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 863 ta
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Yanvar-iyul oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari 750 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘lagan

Joriy yil yanvar-iyul oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 19 427 ta yuridik shaxs tomonidan 750,2 mlrd so‘m soliq to‘langan. Shundan 126,2 mlrd so‘mi, ya’ni 16,8 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 1,8 trln so‘mdan oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 30,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

📊Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

▫️QQS – 53 mlrd so‘m;
▫️JShODS - 38 mlrd so‘m;
▫️foyda solig'i – 30 mlrd so‘m;
▫️boshqa soliqlar - 5,2 mlrd so‘m.
___
#цифровизация #налоговые_поступления

В январе-июле предприятия общественного питания уплатили более 750 млрд сумов налогов

В январе-июле этого года 19 427 юридических лица, осуществляющих деятельность в сфере общественного питания, уплатили 750,2 млрд сумов налогов. Из них 126,2 млрд сумов, то есть 16,8 %, приходится на 20 организаций. Их товарооборот превысил 1,8 трлн сумов, а сумма примененных ими налоговых льгот - 30,8 млрд сумов.

📊Поступления, обеспеченные этими 20 крупными налогоплательщиками
, в разрезе видов налогов:

▫️НДС - 53 млрд сумов;
▫️НДФЛ - 38 млрд сумов;
▫️налог на прибыль - 30 млрд сумов;
▫️другие налоги - 5,2 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Savol_javob

Savol Yakka tartibdagi tadbirkor qancha xodimni yollashi mumkin va ularni soliq organlarida qanday ro‘yxatdan o‘tkazish kerak?

Javob: Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat turiga qarab 5 nafargacha ishchi yollash huquqiga ega (2021-yil 22-noyabrdagi
VMQ-707-son-qarori).

Yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida yozma mehnat shartnomasi tuziladi. Shundan so‘ng, yakka tartibdagi tadbirkor uch ish kuni ichida xodimni davlat soliq xizmati organiga ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza berishi kerak. Buni
my.soliq.uz veb-saytidagi shaxsiy kabineti orqali “Xodimlarni ro‘yxatga olish” xizmati orqali elektron tarzda amalga oshirish mumkin.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
🟦🟦🟦_
STOL TENNISI BO‘YICHA SOLIQ QO‘MITASI RAISI KUBOGI BAHSLARINING TOSHKENT VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasi Raisi tashabbusi bilan O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi bilan hamkorlikda respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan “Soliq qo‘mitasi kubogi” musobaqalarida stol tennisiga ishtiyoqi baland bo‘lgan havaskor sportchilar o‘zaro bellashmoqda.

✔️Xususan, joriy yilning 27-avgust kuni Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani hududida joylashgan sport tennisi majmuasida aholi o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish natijasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, stol tennisi sport turini aholi o‘rtasida ommalashtirish va uni yanada rivojlantirish, stol tennisi sport turi bo‘yicha sportchilarning mahorati darajasini oshirish, turli yosh toifalarida stol tennisi sport turi bo‘yicha sportchilarning tayyorgarlik darajasini aniqlash va ularni saralab olish maqsadida “Soliq qo‘mitasi kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦_
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasi Raisi tashabbusi bilan O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi bilan hamkorlikda respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan “Soliq qo‘mitasi kubogi” musobaqalarida stol tennisiga ishtiyoqi baland bo‘lgan havaskor sportchilar o‘zaro bellashmoqda.


🏓Musobaqaning quyi bosqichlarida viloyatning 1500 nafarga yaqin havaskor tennischilari ishtirok etgan bo‘lsalar, bellashuvlarning viloyat bosqichida 132 nafar spotchi o‘g‘il-qizlar 3 ta yosh toifasida bellashdilar.

🥇Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunida qizlar o‘rtasida Tashmaxamatova Adiya, Masharipova Mahliyo, Zakalodejnaya Kamila,
O‘g‘il bolalar o‘rtasida Abduxalilov Lochinbek, Xalilov Leonid va Kajaev Daniillar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari Toshkent viloyati soliq boshqarmasi tomonidan ta’sis etilgan esdalik sovg‘alari, diplom va kuboklar bilan taqdirlandilar.

Ushbu tadbirda Yuqorichirchiq tumani hokimi O‘skenbay Atemov, Soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi Gavhar Muqaddasova, Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Alovitdin Inagamov, Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Rustam Bobokulov va O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM