Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#savol_javob

Savol:
— Yer solig‘i uchun hisobot shakllantirganimizda hisobot shaklida xatolik (oshibka) chiqmoqda. Ya’ni, korxonamiz balansida mavjud bo‘lgan yer uchastkalari hisobot shaklida aks etmayapti. Shu sababli hisobotni jo‘natish imkoniyati bo‘lmayapti?

Javob:
— 2023-2024-yillar uchun yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk hamda yer solig‘i hisobotlarida ma’lumotlar Kadastr agentligi bazasi asosida avtomatik ravishda shakllanmoqda.

Agar, soliq hisobotlarida ba’zi yer uchastkalari ma’lumotlari shakllanmasa (Kadastr agentligining yangi tizimga o‘tishi tufayli ba’zi bir uzilishlar bo‘lishi mumkin)
my3.soliq.uz saytidagi “alohida soliq stavkalari qo‘llaniladigan ko‘chmas mulk va yer uchastkalari” bo‘limining “Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan ko‘chmas mulk va yer uchastkalari” ilovasi orqali hisobotni shakllantirish imkoniyati yaratilgan.
#savol_javob

Savol:


Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini yuritishda ular faoliyatini baholashning mezonlari Prezident qaroriga ilova qilingan Nizom bilan tasdiqlangan. Ushbu mezonlar asosida baholash natijalari qay tartibda amalga oshiriladi, bunda inson omili qanchalik cheklangan yoki elektron tizim mukammal tarzda ishlab chiqilishiga qancha muddat talab qilinadi?

Javob:


‼️Barqarorlik reytingi har kuni davlat organlari va idoralarning elektron shaffof platforma axborot tizimida mavjud ma’lumotlardan foydalanilgan holda shakllantiriladi hamda Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinib boriladi.
Barqarorlik reytingini aniqlash uchun tadbirkorlik sub’ektlari haqidagi mavjud ma’lumotlar doimiy ravishda avtomatlashtirilgan tizim orqali tahlil qilinadi hamda ularning faoliyati Nizomda belgilangan mezonlarning har biri bo‘yicha reyting tizimi asosida baholab boriladi.
Barqarorlik reytingi shakllanishiga oid tadbirkorlik sub’ekti faoliyatini baholash mezonlari va ularga qo‘yilgan ballar to‘g‘risidagi ma’lumotlar baholash amalga oshirilgan kundan boshlab 1 kun ichida tadbirkorlik sub’ektlarining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Yuborilgan barqarorlik reytingiga oid ma’lumotlar tadbirkorlik sub’ekti tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Bunda tadbirkorlik sub’ekti reytingga nisbatan e’tirozlari mavjud bo‘lganda o‘z shaxsiy kabineti orqali soliq organiga murojaat qiladi.
Tadbirkorlik sub’ekti tomonidan barqarorlik reytingi darajasi yuzasidan bildirilgan e’tirozlar Soliq qo‘mitasi tomonidan 10 ish kuni davomida qayta ko‘rib chiqiladi, e’tirozlar asosli deb topilganda ma’lumotlar bazasiga tegishli tuzatishlar kiritilgan holda qayta shakllantirilgan barqarorlik reytingi tadbirkorlik sub’ektining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘RTA CHIRCHIQ TUMANI_ELDA AZIZ – TADBIRKOR_20.08.2024
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Faktoring xizmatlari bozori rivojlantiriladi

“Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-106-son, 12.08.2024 y) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko‘ra, pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) faoliyatini amalga oshiruvchi faktoring tashkilotlari tashkil qilinadi.

✔️ Faktoring tashkiloti faoliyati nobank kredit tashkiloti sifatida reyestrga kiritish vositasida Markaziy bankda hisob ro‘yxatidan o‘tgandan keyin amalga oshiriladi.

🗓 2025-yil 1-yanvardan:

🔹quyidagilarga ruxsat etiladi:

mijozning kontragenti norezident bo‘lganda faktoring operatsiyalarini xorijiy valyutada amalga oshirishga;

kredit tashkilotlariga faktoring shartnomalari bo‘yicha sotib olingan pul talabnomalarini qayta sotishga (refaktoring);

🔹pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bo‘yicha taqiqni buzganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi;

🔹 pul talabnomasidan voz kechish to‘g‘risidagi xabarnomalar garov reyestrida ro‘yxatga olinadi;

🔹 qarzdorning roziligisiz pul majburiyatining valyutasi va to‘lov amalga oshiriladigan mamlakat o‘zgartirilishi mumkin emas.

🖥 Faktoring xizmatlari elektron platformasi (Faktoring platformasi) joriy qilinadi.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishdagi hajmi va ulushi

2024- yil yanvar-iyulida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 6392,8 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 79,8 %ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2023- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 113,1 %ni tashkil qildi.
#ochiq_muloqot

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidan


🔹Tadbirkor auksiondan yer sotib olganda QQS hisoblanmaydi.

🔹Yangi yerlarni ajratishda qurilish davriga yer solig‘i bo‘yicha 50 % imtiyoz beriladi (viloyat markazlaridan tashqari).

🔹Chetdan uskuna va butlovchi qism olib kelishda shartnoma muddati buzilmasa, muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmaydi. (Amalda shartnoma muddatidan qatʼi nazar sotib olingan uskuna 180 kunda yetib kelmasa, muddati o‘tgan debitor qarzdorlik yuzaga keladi).

🔹Bojxona organining eksportni tasdiqlovchi elektron maʼlumoti QQSni qaytarish uchun asos bo‘ladi, boshqa ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi.

🔹EHF va TTY yagona shaklga keltiriladi va faqat 4 ta maʼlumot kiritish o‘zi yetarli bo‘ladi.

🔹1-oktabrdan mehmonxona va turoperatorlarga to‘langan QQSning 20 foizi “keshbek” qilib beriladi.

🔹2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi.

🔹Restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 karra kamaytiriladi.

🔹1-dekabrdan korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

🔹Restoran va kafelar ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan mehnat shartnomasi asosida ishlashi mumkin.
______________
#открытый_диалог

Итоги открытого диалога Президента с предпринимателями

🔹При покупке предпринимателем земли на аукционе НДС не будет начисляться.

🔹При выделении земли под строительство будет предоставляться льгота по земельному налогу в размере 50% (кроме областных центров).

🔹При ввозе оборудования и комплектующих не будет образовываться задолженность, если срок договора не будет нарушен. (В настоящее время, независимо от срока договора, если закупленное оборудование не прибудет в течение 180 дней, возникает просроченная дебиторская задолженность).

🔹Электронные данные таможенного органа, подтверждающие экспорт, будут основанием для возврата НДС без истребования других документов.

🔹ЭСФ и ТТН будут приведены к единой форме, где достаточно ввести всего 4 вида данных.

🔹С 1 октября гостиницам и туроператорам будет возвращаться 20% уплаченного НДС.

🔹С 1 января предпринимателям в сфере общественного питания будет возвращаться часть уплаченного НДС в виде кешбэка.

🔹Налог на прибыль ресторанов и кафе будет снижен в 2 раза.

🔹С 1 декабря при оприходовании сельхозпродукции, приобретенной за наличные, у предприятий общепита не потребуются никакие документы.

🔹Рестораны и кафе смогут нанимать работников по краткосрочным, упрощенным трудовым договорам.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahalla_yettilligi_faoliyatidan

Chinoz tumanining "Yovvosh" mahallasida aholi orasida kambagʻallikni qisqartirish va ularning oilaviy daromadini oshirish maqsadida ehtiyojmand, nogironligi bor oilalar va ishsiz yoshlarga tovuqlar katagi bilan tarqatildi. Ya`ni mahalladagi 100 nafar fuqaro oʻzini-oʻzi band qilishga erishdi.
Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasiga to‘g‘ri keladi

2024- yil 1- avgust holatiga koʻra, savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 13 452 taga yetdi.

Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo sohasidagi ulishi 61,7 foizni;

- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo sohasidagi ulishi 29,9 foizni;

- avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida 8,4 foizni tashkil etdi.
#jonli_efir

Ayni daqiqalarda Xalqaro press klubning “Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat, yangi sharoit” mavzusidagi jonli efiri bo‘lib o‘tmoqda.

Jonli efirni “O‘zbekiston 24” telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin!

Mavzuga oid savol va takliflarni @xalqaropressklubbot orqali yuboring.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot #onlayn_NKT

Zafar Xashimov
, xususiy sektor yirik soliq to‘lovchilari Top-10 dagi tadbirkor:

Davlat organlari bizga tizimli yordam beryapti. Bunga misol qilib soliq organlarini olish mumkin.
Fiskal cheklar bizga xaridor olib kelyapti. To‘g‘ri ishlaydigan korxonalar shundan foydalanib, mijozlarni jalb qilyapti.

___________
#открытый_диалог #онлайн_ККТ

Зафар Хашимов, предприниматель, входит в ТОП-10 крупных налогоплательщиков в частном секторе

Государственные органы оказывают нам системную помощь. Взять, к примеру, налоговые органы. Фискальные чеки привлекают к нам покупателей. Предприниматели, работающие "в белую", могут воспользоваться этим для привлечения клиентов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BO‘STONLIQ TUMANI_YOZGI OROMGOHNING YOPILISH MAROSIMI_20.08.2024
#jarayon
#live

⭕️Ayni damda sektor rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida shaharning markaziy (Toshkent yo‘li) ko‘chasida bo‘lib turishibdi.

Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan tijorat banklari, qurilish binolari, tadbirkorlik subyektlarida bo‘lib, korxona tashkilot mas’ullariga  mustaqilligimizning o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish hududlarni obodonlashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilmoqda.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
#Jarayon

Kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish kuchaytiriladi

 Toshkent viloyati adliya boshqarmasida kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishga oid qo‘shma qaror ijrosi bo‘yicha vakolatli organlar ishtirokida  davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 Unda adliya, bojxona, soliq, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari intellektual mulk huquqiga rioya qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda chora tadbirlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

 Davra suhbatida Kontrafaksiya mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha master klasslar tashkillashtirildi hamda aniqlangan kontrafakt mahsulotlar yuzasidan maʼlumotlar almashishga kelishib olindi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati