Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.65K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#искусственный_интеллект

Общайтесь с Davr-On на сайте soliq.uz

Уважаемые пользователи, у нас отличная новость для вас: теперь вести диалог с Davr-On можно непосредственно на сайте soliq.uz.

Виртуальный консультант Davr-On, запущенный Налоговым комитетом, был встречен широкой общественностью с огромным интересом.

Новость о запуске виртуального помощника распространилась в СМИ и социальных сетях более 100 сообщениями в течение одного дня.

В первый день с Davr-On пообщались более 20 835 пользователей. В настоящее время общее количество составляет 25 357 человек.

Специалисты работают над расширением его возможностей, чтобы создать для вас самого надежного помощника.

В результате этих усилий Davr-On был интегрирован с официальным сайтом Налогового комитета – soliq.uz. Теперь пользователи могут общаться с ним и через данный сервис.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Budjet daromadlari 113 trillion so‘mga yetib, 14 foizga o‘sdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Tahlillar ko‘rsatishicha, 2024 yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi, sanoat – 7,8 foizga, qurilish – 10,1 foizga, xizmatlar – 12,9 foizga, qishloq xo‘jaligi – 3,8 foizga o‘sdi.

Budjet daromadlari ham 113 trillion so‘mga yetib, 14 foizga o‘sdi.

Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qo‘shilgan qiymat 567,4 trillion so‘mga yetdi. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 94 trillion so‘mga ko‘p.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorga ortiqcha to‘lov qildirgan masʼullar jazolanadi

Bu yilgi budjetda belgilangan tushum prognozini taʼminlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Mutasaddi rahbarlar ikkinchi yarim yillik uchun tushum so‘zsiz taʼminlanishi shartligi haqida ogohlantirildi.

Shu bilan birga, tuman hokimlari va soliqchilar rejani bajaraman deb, tadbirkorni ortiqcha to‘lov qilishga majburlayotgani bo‘yicha holatlar kuzatilayotgani qayd etildi.

Ushbu vaziyatni tanqid qilib, Prezident ishlab chiqarish va daromad oshishiga qiynalgan tadbirkorga ko‘mak berish orqaligina erishish mumkinligini ko‘rsatib o‘tdi.

Barcha hokim va soliqchilar qatʼiy ogohlantirildi: tadbirkorga ortiqcha to‘lov qildirgan masʼullar jazolanadi. Bosh prokuraturaga bu masalani alohida nazoratga olish topshirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko‘rsatkichga qarab beriladi

Yil boshidan 67 ta tumanda tushum 1,5 karra oshdi. Masalan, Baxmal, Jalaquduq, Forish, Qo‘rg‘ontepa va Guliston tumanlarida o‘sish 2 baravar bo‘lgan.

Lekin Nukus, Oqdaryo, Qiziriq, Mingbuloq, Mirzo Ulug‘bek, Qibray, Toyloq tumanlari, Namangan va Zarafshon shaharlarida o‘sish surʼatlari qolgan hududlardan ancha orqada ekani, Shumanayda esa umuman o‘sish bo‘lmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga soliq tushumlarida o‘sish past bo‘lgan ushbu hududlarga borib, ajratilgan kredit, subsidiya, davlatdan berilgan resurslar samarasini tahlil qilish topshirildi.

Tahlil yakunlariga ko‘ra ushbu hududlar hokimining birinchi o‘rinbosari va soliq rahbarlari faoliyatiga baho beriladi.

Ushbu tumanlarda hamda har bir viloyatda respublikadan yordam olayotgan eng og‘ir bittadan tumanda tushumni 2 karra oshirish bo‘yicha namuna yaratish vazifasi qo‘yildi.

O‘tgan yili tadbirkorlarga 90 trln so‘m bojxona va soliq imtiyozi, subsidiya va kompensatsiya taqdim etilgan.

Endilikda imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko‘rsatkich bilan bir yilga berilishi, natijasiga qarab muddati cho‘zib berilishi yoki umuman bekor qilinishi belgilandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
🇺🇿 Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari U.Sadullayev rahbarligida Toshkent viloyati Yangiyo'l shaxrida  tadbirkorlar bilan uchrashildi.

Unda  viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati, korxonalarga biriktirilgan xodimlar, shuningdek, bir guruh tadbirkorlar ishtirok etdi.

📝 Yig‘ilish davomida soliq to‘lovchilar bilan yaqindan hamkorlik masalalari, tadbirkorlarning faoliyatiga bog‘liq masalalar, muammolar o‘rganilib, ulardagi kamchiliklarni bartaraf qilish, ularga yaqindan yordam berish orqali soliq solish bazasini oshirish, soliqchi ko‘makchi bo‘lib ishlash, tadbirkorlarni  barqarorlik reytingini oshirishga yaqindan yordam berishda olib borilgan suhbatlar, sohalar kesimida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
#uchrashuv

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Unda mutaxassislar va tadbirkorlarning sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflari tinglanmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar rahbariyati ishtirok etmoqda.

📡Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.
___________
#встреча

Встреча с предпринимателями в сфере производства продовольственных товаров


В эти минуты проходит встреча предпринимателей сферы производства продовольственных товаров, посвященная предстоящему Открытому диалогу с Президентом Республики Узбекистан.

На ней рассматриваются существующие проблемы сферы и обсуждаются предложения по их решению.

Во встрече участвуют председатель Налогового комитета Ш.Кудбиев и руководство других соответствующих министерств и ведомств.

📡Встреча транслируется в прямом эфире на платформе Youtube.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari U.Sadullayev Toshkent viloyatida xodimlar bilan uchrashdi

"DSB ma’murchiligi” AT asosida "korxonabay” ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, III chorakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

🔰Yig‘ilishda soliq to‘lovchilarni ma’murchilik yo‘nalishidagi kamchiliklarni bartaraf qilib, iyul oyida budjetga soliq tushumlari va “korxonabay” ishlashda yuqori samaradorlikni (KPI) ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilandi.

Shuningdek yig‘ilishda, sohaga oid yangi qabul qilingan va amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirilib, barcha xodimlar ish faoliyatlarini ochiq va shaffof tarzda olib borishlari, har qanday ko‘rinishdagi salbiy holatlarni sodir qilmasliklari, soliq xizmati organlari sha’niga dog‘ tushiradigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #TTY

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev elektron TTYni noto‘g‘ri to‘ldirganlik uchun hech kim jazolanmasligini yana bir bor ta’kidladi.

Shuningdek, u elektron TTYni Soliq mobil ilovasidan 3 ta harakatda to‘ldirish imkoniyatini yaratish ustida ish olib borilyotganini ham ma’lum qildi.
________
#встреча #ТТН

Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев в очередной раз подчеркнул, что за неправильное оформление товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде меры применяться не будут.

Создается возможность оформления электронных ТТН в 3 клика в мобильном приложении Soliq.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #markirovka

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish tizimini joriy etishni taklif qilgan tadbirkorga minnatdorlik bildirdi. U mahsulotlarni markirovkalash aynan shunday tizim ekanligini ta’kidladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads