#Yangiyol_shaxar
Iste’molchiga xarid cheki bermaslik jarima solishga sabab bo‘ladi
🔰Soliq xizmati organlari tomonidan yirik bozor va savdo komplekslarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan “Ixtisoslashgan Yangiyol shahar dehqon bozori” MCH jamiyatida tashkil etildi.
📌Uchrashuvda tovarlar uchun to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish (P2P) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanishi, sotuvchilar mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi, chek bermaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi tushuntirildi.
♻️Bundan tashqari, maishiy texnikalarni markirovkalash talablari hamda majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari ham eslatib o‘tildi.

#Zangiota_nazorat_tadbirlari
Nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda
‼️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi va Zangiota tumani soliq inspeksiyasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurarshish Departamenti Zangiota tumani bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Zangiota tumani xududida joylashgan “Xo‘jalik mollari va Hunarmandlar savdo kompleksi” MChJga qarashli savdo kompleksida o‘rganish ishlari olib borildi.
☑️O‘tkazilgan profilaktik tadbir davomida “Xo‘jalik mollari va Hunarmandlar savdo kompleksi” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududida jami 454 ta savdo do‘koni mavjudligi aniqlanib, tadbirkorlarga onlayn-NKTlaridan foydalanib mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi tushuntirildi.
♻️Shuningdek, Zangiota tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan taqdim etilgan tezkor ma’lumotga ko‘ra o‘rganishning birinchi kuni davomida 742,6 mln.so‘m va ikkinchi kunida 805,9 mln.so‘m savdo tushumlari nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilindi.
📍Ta’kidlash kerakki, mazkur savdo do‘konlarida jami 329 ta tadbirkorlik sub’ekti faoliyat yuritayotganligi aniqlanib, faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining 78 tasi yuridik shaxslar va 251 tasi yakka tadbirkorlar tashkil qiladi.
🔰Ayni paytda 201 ta savdo do‘konlarida 234 nafar fuqaro qonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, xatlov davomida jami 45 nafar fuqarolar norasmiy ishlayotganligi aniqlandi.
📌Aniqlangan holatni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar tomonidan jamiyat rahbariga kerakli tushuntirishlar berildi.
✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.

#Qibray_nazorat_tadbiri
Murojaatlar asosida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda
‼️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi hamda Qibray tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan Soliq mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali kelib tushgan murojaatlar asosida Qibray tumanida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
🔰Aytish kerakki, tadbir davomida Onlayn-NKT dan foydalanmaslik, QR-kodli chek bermaslik va tovarlar uchun to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish (P2P) orqali hisob-kitob qilish kabi qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlarga tegishli tartibda jarimalar qo‘llanilmoqda.
♻️Xususan, mazkur tumanning Ahillik MFY Universitet ko`chasi 299- uyda joylashgan savdo shoxobchasida sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazganida tadbirkorlik subyekti xodimi mijozga xarid uchun QR-kodli chek bermaganligi hamda kunlik savdodan tushgan 284 ming so‘m naqd pullarni nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilmaganligi aniqlandi. Ushbu holatlar bo‘yicha tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi.