Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#soliq_imtiyozi

Ipoteka kreditlari uchun soliq imtiyozlari

🔹Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan imtiyozlar:

▫️Davlat budjetidan ajratilgan subsidiya asosida olingan ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan *MHTEKMning 80 baravarigacha boʻlgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa
daromadlari;

▫️Yosh oila uchun ajratilgan ipoteka krediti yoki unga hisoblangan foizlarni qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar er-xotin yoki ulardan biri
belgilangan yosh (30 yosh) ga toʻlguniga qadar JSHODSdan ozod etilgan.

Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga olingan koʻchmas mulk 36 oy ichida boshqa shaxs nomiga oʻtkazilsa, soliq imtiyozi qoʻllanilgan butun davr uchun soliq toʻlash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.
👉
Soliq kodeksi 378-modda 16-band

🔹Mol-mulk solig‘idan imtiyozlar:

▪️“2017-2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi”ni amalga oshirish doirasida 2020-yil 1-iyulgacha “Ipoteka bank” ATIB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini toʻlab boʻlgunga qadar sotib olingan kvartiralar boʻyicha jismoniy shaxslar (qarzdorlar) mol-mulk soligʻidan ozod qilingan;
👉
PQ-2660 17-band “a” kichik bandi 22.11.2016

▪️Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy‑joylar qurilishi Dasturi doirasida 2020-yil 1-iyulgacha shartnoma imzolagan jismoniy shaxslar, ipoteka kreditini toʻlab boʻlmagunga qadar, xarid qilingan uy‑joylar boʻyicha mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod qilingan.
👉
PQ‑1902 4-band 3-xatboshi 04.01.2013

*mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 980 000 x 80 = 78,4 mln soʻm.
Savol: Yakka tartibdagi tadbirkor Pensiya jamgarmasiga to‘lovlar to‘laydimi?

❗️Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 373-moddasiga asosan yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doirasida qat’iy belgilangan soliq to‘lash bilan bir qatorda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘laydilar.
#hamkorlik

XVJ bilan hamkorlik: milliy soliq maʼmuriyatchilini rivojlantirishning navbatdagi bosqichi

2023-yilning 22-noyabr
kuni “Soliq maʼmuriyatchiligini diagnostik baholash vositasi” (TADAT) Missiyasi doirasida Soliq qoʻmitasi rahbariyati va XVJ*ning Fiskal masalalar departamenti Daromadlarni boshqarish boʻlimining katta iqtisodchisi Vinsent de Pol Kukpayzan ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Unda joriy yilning 10–26- iyul kunlari milliy soliq maʼmuriyatchiligi tizimini baholash boʻyicha oʻtkazilgan Missiya hisobotida qayd etilgan holatlarni bartaraf etish hamda ularni yaxshilash yuzasidan takliflar berish maqsad qilingani taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, uchrashuvda Soliq qoʻmitasi vakillari bilan soʻnggi hisobot natijalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida XVJ ekspertlariga mazkur Missiya uchun minnatdorlik bildirilib, 1-dekabrga qadar hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

*Xalqaro valyuta jamgʻarmasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Chorvachilik

VILOYATDA CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH HAJMI ORTIB BORMOQDA

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 14 608,3 milliard so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,1 %ni tashkil qilmoqda.

Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 54,7%ga teng. Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 223,3 ming tonna goʻsht, 794,7 ming tonna sut, 943,5 million dona tuxum yetishtirildi va 10 080,8 tonna baliq ovlandi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
🔰Bugun Angren shahrida sektor rahbarlari tomonidan mahallalar kesimida profilaktika tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

☑️Xususan, shahar DSI boshlig‘i  "Istiqlol" mahallasida qalbaki  yillik daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma va hujjatlar asosida iste’mol kreditlarini firibgarlik yo‘li bilan talon-taroj qilinganligi va natijada jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi bo‘yicha profilaktika suhbati bo‘ldi.

‼️Mahalla xodimlari va faollari ishtirokida o‘tgan jinoyat muhokamasi davomida fuqarolarga bu kabi vaziyatlarga tushmasliklari yuzasidan keng ko‘lamli targ‘ibotlar o‘tkazilishi tushuntirildi.
#markirovka

🔰Toshkent viloyati Zangiota tumani soliq inspeksiyasi xodimlari, tuman ichki ishlar bo‘limi hamda  iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida  Zangiota tumanida nazorat tadbirli o‘tkazildi.

📌O‘tkazilgan tadbir davomida Zangiota tumani fuqarosi S.A. tomonidan tegishli xujjatlarsiz, 4 turdagi jami 39,6
mln.so‘mlik alsiz markasiz tamaki mahsulotlari mavjudligi aniqlandi va bu mahsulotlar vaqtinchalik saqlash uchun olib qo‘yildi.

✔️Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
10:00:00-11:00:00
RADIO 24
📻O'zbekiston 24 radiokanali
Yangiliklar dasturi

📄"Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Soliq qarzini undirishni tashkil etish bo'limi tomonidan amalga oshirilayotgan Xatlov tadbirlari"

🎙Bu haqda Toshkent viloyat soliq boshqarmasi davlat soliq katta inspektori Doston Ergashev ma'lumotlari.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi - haftalik dayjest