Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.2K photos
1.66K videos
111 files
3.74K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#gender_tenglik

Soliq xizmati organlarida ayollar rolini oshirishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazilmoqda

Bugun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Barkamol” sport-sog‘lomlashtirish dam olish maskanida Soliq xizmati organlarida samarali mehnat qilayotgan faol xotin-qizlar ishtirokida “Yangi hayot uchun yangi O‘zbekiston uchun’’ mavzusida ikki kunlik seminar-trening boshlandi.

👩‍💼Tadbirda tizimda faoliyat yuritib kelayotgan 200 nafardan ortiq xotin-qiz xususan, rahbar ayollar, hududiy soliq xizmati organlaridagi xotin-qizlar bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti mas’ullari ishtirok etmoqda.

Bevosita muloqotda ayollarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini to‘laqonli ta’minlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, gender tenglik va teng huquqlilikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z bordi.

Shuningdek, ayollarning salomatligini mustahkamlash va jismoniy faolligini oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Seminarning ikkinchi kunida “Zakovat” intellektual o‘yini hamda turli ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tabiat qo'ynidagi uchrashuv xotin-qizlarning  ish samaradorligini oshirib, ish faoliyatlarida yuksak natijalarga erishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Xarid cheklaridagi ayrim ma'lumotlarni o‘zgartirish imkoniyati beriladi

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 🗓 2023-yil 13-sentabrdan 23-sentabrgacha (23-sentabr ham) 2022-yildagi onlayn-NKT va marketpleys cheklarini tahrirlash imkoni beriladi.

Ushbu davrda cheklarning mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK) va “komitent STIR” ma'lumotlarini o‘zgartirish mumkin.

💻 Buning uchun my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek ma'lumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

📎 Ma'lumot o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasi bo‘yicha yuzaga keladigan o‘zgarishlar oqibatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi rasmiy xati (muhrlangan) ilova qilinishi lozim.

🔘 “Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📁 Cheklar tahrirlangan taqdirda tadbirkorlik subyektlaridan tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi.

👉QO‘LLANMA

❗️Tadbirkorlik subyektlariga 2023-yilning o‘tgan davri uchun aprel va avgust oylarida cheklarni tahrirlash imkoniyati berilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍Savol: O‘zini o‘zi band qilgan shaxs parallel ravishda mehnat yoki fuqarolik shartnomasi bo‘yicha ishlashi mumkinmi?

📊Agar bo‘sh vaqt va boshqa resurslar o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga mehnat shartnomasi bo‘yicha ham ish vazifalarini bajarish imkonini bersa, u o‘z malakasi va ma’lumoti bo‘yicha asosiy ish joyi bo‘yicha ishga joylashishi mumkin.

⚡️Masalan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tarjimon sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Shuningdek, unda haftada 20 soat turfirmada asosiy ish joyi bo‘yicha tarjimon bo‘lib ishlash imkoniyati mavjud.

Bu holda jismoniy shaxsning daromadiga:

•o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida – Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi;
•asosiy ish joyi bo‘yicha - 12% stavka bo‘yicha JShDS solinadi.
#daromad_va_harajat

DAROMADLARNI VA XARAJATLARNI HISOBGA OLISH RЕGISTRLARI:

🔹Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub`еktining) daromadlarini va xarajatlarini hisobga olish kitobi;

🔹Tovar chеklari kitobi.

Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish rеgistrlarining shakli O`zbеkiston Rеspublikasi Davlat soliq qo`mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

➡️Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish rеgistrlari yakka tartibdagi tadbirkorni (oilaviy tadbirkorlik sub`еktini) soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub`еktining) arizasi asosida ro`yxatdan o`tkaziladi.

➡️Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub`еktining) faoliyati to`g`risidagi hisobotlar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yilning har bir choragi yakunlari bo`yicha, hisobot choragidan kеyingi oyning o`ninchi kunidan kеchiktirmay taqdim etiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TOSHKENT VILOYATI_SOLIQCHI KO‘MAKCHI TAMOYILI AMALDA
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

Soliq qarzi (100 mln so'mdan yuqori):

🏗 Qurilish
korxonalarida 599 mlrd so‘mni tashkil etdi;

🏭 Ishlab chiqarish korxonalarida 570 mlrd so‘mdan oshdi.

1-sentabr holatiga
__________
#цифровизация #налоговая_задолженность

Налоговая задолженность (выше 100 млн сумов):

🏗 строительных
организаций составила 599 млрд сумов;

🏭 производственных
организаций превысила 570 млрд сумов.

По состоянию на 1 сентября

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent  viloyati soliq xizmati organi xodimlari uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Korrupsiya illatining salbiy oqibatlari xususida profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.

📌Bugun Piskent tumani hamda Olmaliq shahar soliq inspeksiyalarida ham korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

☑️Tadbirda so‘zga chiqqanlar poraxo‘rlik, ta’magirlik, mansab mavqeini suistemol qilish bilan bogliq jinoyatlar sodir etilishining oldini olish borasida soliq tizimida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi chora-tadbirlar haqida batafsil axborot berdilar.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.