Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_koʻmak
#4_sektor

🔰Toshkent viloyatida kam ta’minlangan hamda daftardagi xotin-qizlarning uy-joylari ta’mirlab berilmoqda

📍Angren, Chirchiq shaharlari hamda Ohangaron, Chinoz, Toshkent tumanlaridagi 100 dan ortiq xonadonlar oʻz egalariga qurilib-ta’mirlanib topshirildi.

📺Batafsil "Oʻzbekiston 24" telekanalining maxsus koʻrsatuvida...
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”dagi fuqarolar uchun ish o‘rni yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”
dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiandi.
👉VMQ-279-son 07.07.2023

Nizomga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan ta’minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda:
🔹51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rinlari yaratadigan tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘ining amaldagi soliq stavkasi 50 foizga;
🔹101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadiganlar uchun 75 foizga kamaytiriladi;
🔹200 tadan ortiq ish o‘rinlari yaratadiganlar mazkur soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) ta’minotsiz va foizsiz quyidagi muddatlarga bo‘lib to‘lash huquqi beriladi:
▫️51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 3 oy muddatda;
▫️101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 6 oy muddatda;
▫️200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 12 oy muddatda.

Dasturga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratilgan taqdirda ularga nisbatan quyidagi tartibda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi:
🔸51 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarda soliq auditi o‘tkazilmaydi;
🔸200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–848-son, 16.06.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

📑Qonunga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:

📌kam ta’minlangan shaxslar, agar ular:
☑️fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar;
☑️ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar;
☑️ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
☑️jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa;

📍ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;

♻️o‘z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;

‼️Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

🔹Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida maxsus vakolatli davlat organiga (Adliya vazirligiga) og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

⚡️Ariza maxsus vakolatli davlat organiga kelib tushgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi (Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan, jinoyat ishlari bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan hollar va muddatlar bundan mustasno)

📍Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi.
Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 24 mingdan ziyod

📊2023-yil 1-iyul holatiga Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan YTTlar soni 24 247 nafarni tashkil etgan. Shundan:
78,8 % – qat'iy miqdorda daromad solig‘i to‘lovchi;
20,4 % – AOS to‘lovchi;
0,8 % – QQS to‘lovchi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar qaysi sohalarda faoliyat yuritadi?

🔹12 907 nafari- chakana savdo faoliyati;
🔹2 043 nafari -hunarmandchilik faoliyati;
🔹2 166 nafari -maishiy xizmat koʻrsatish faoliyati;
🔹7 019 nafari -boshqa faoliyat turlari.

Yil boshidan buyon 4 883 nafar yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tgan.
#e_ijara

🔴 “Soliq” mobil ilovasida ko‘chmas mulk ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazdim. Oradan 2 kun o'tdi, shartnoma hamon "Yuborilgan" holatda. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak?

🔵 Sizdan mol-mulkni ijaraga olgan har bir kishi Soliq mobil ilovasida ijara shartnomasini tasdiqlashi kerak. Buning uchun ijaraga oluvchi “Personal xizmatlar” bo‘limiga kirib, “Ijaraga berish” ➡️ “Ko‘chmas mulkni ijaraga berish” ➡️ “Shartnomalar ro‘yxati” ➡️ “Ijaraga olingan” bandlarini tanlashi va kerakli shartnomani tasdiqlashi kerak.

Ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish:
👉talabalar ijara shartnomasi
👉avtomobil ijara shartnomasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
📊Toshkent viloyatida oylaviy korxonalar soni 1796 taga ko‘paygan.

⚡️Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2023- yil 1- iyul holatiga ko‘ra 3887 tani tashkil qildi.

⚡️2019- yilning mos davriga nisbatan 1796 taga ko‘paygan. Bu esa quyidagi sohalardagi korxonalar: savdoda – 1120 taga, sanoat bo‘yicha 287 taga sonining sezilarli ko‘payishi bilan izohlanadi.
Tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar yetkazilmoqda.

🔰Soliq qonunchiligidagi so‘nggi yangiliklar xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi Farmoni bilan tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan imtiyoz va preferensiyalarning mazmun mohiyatini tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazish hamda amaliyotda uchrayotgan muammolarni ochiq muloqot jarayonida muhokama etish maqsadida Bo‘ka tumanidagi tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

‼️Unda soliq xizmati mutaxassislari ishtirok etib, sohaga oid yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berdilar.

📎Ochiq muloqot shaklida o'tgan uchrashuvda tadbirkorlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli tushuntirish oldilar.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
📊Toshkent viloyatida qaysi sohada yangi korxonalar ko‘proq tashkil etilmoqda?

⚡️2023- yilning yanvar-may oylarida jami 3 781 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

💥savdo sohasida – 1 480 ta
💥sanoat sohasida – 624 ta
💥qishloq, o‘rmon va baliqchilik
xo‘jaligi sohasida – 372 ta
💥qurilish sohasida – 243 ta
💥yashash va ovqatlanish bo‘yicha
💥xizmatlar sohasida – 312 ta
💥tashish va saqlash sohasida – 130 ta
💥axborot va aloqa sohasida – 100 ta
💥sog‘liqni saqlash va ijtimoiy
💥xizmatlar ko‘rsatish sohasida –55 ta
💥boshqa sohalarda – 405 ta
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📊“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan mutaxassis sharhi

📍Davlat soliq Bosh inspektori Faxmiddin Abdullaev mulohazalari
.