Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#сотрудничество

Налоговый режим для IT-компаний в Узбекистане получил высокую оценку зарубежных экспертов

Ранее сообщалось, что делегация Министерства экономики и финансов, а также Налогового комитета принимает участие в Международном форуме "Налоговая экосистема: люди и технологии".

В рамках форума состоялся семинар по вопросам налогообложения цифровых компаний и бизнес-моделей. Спикером выступила Ирода Аббосханова, директор Департамента фискальной политики Министерства экономики и финансов Республики Узбекистан.

Отмечено, что Узбекистан внедрил в налоговое законодательство новые подходы для иностранных цифровых компаний, которые не базируются на необходимости физического присутствия. В сфере цифрового налогообложения налоговой администрацией избран путь косвенного налогообложения, в частности НДС, потому что "с точки зрения мобилизации доходов, простоты расчета и удобств для налогоплательщика проще исчислять и уплачивать НДС, чем уплачивать налоги с прибыли, которая подвержена очень многим спорам" (включая опасения двойного налогообложения в виду различности законодательств стран или, напротив, необложения доходов иностранной компании ни одной из налоговых администраций).

И.Аббосханова рассказала, что начиная с 2020 года в Узбекистане НДС облагаются любые трансграничные транзакции (B2C) по электронным услугам, создан отдельный Интернет-офис, где такая иностранная компания может дистанционным образом подать заявку для постановки на учет и представлять отчетность. На сегодняшний день зарегистрировано чуть больше 40 компаний.

Наряду с проведенной налоговой реформой в Узбекистане была принята Cтратегия развития Нового Узбекистана, одна из ключевых задач которой - увеличение доли объема цифровой экономики. Для достижения поставленных целей предоставлены временные налоговые льготы для резидентов Технопарка и участников электронной коммерции.

Данные меры получили оценку зарубежных экспертов, участвующих в форуме, которые подчеркнули, что "налоговый режим для IT-компаний в Узбекистане - это безналоговый рай".

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_soliq

To‘langan ijtimoiy soliqni ish beruvchilarga qaytarish amaliyoti yana 2 yilga uzaytirildi

🗓 Joriy yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar
ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib berish davom ettiriladi.

❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PF-61-son 26.04.2023-yil

👉Ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉
Ijtimoiy soliqni qaytarishga ariza berish tartibi qanday?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish
#QQS

Toshkent viloyatida QQS to‘lovchilar soni 14 mingdan oshdi.

2023-yil 1-aprel holatiga QQS toʻlovchilar soni 14 mingdan oshdi. Bu o‘tgan yil mos davriga nisbatan 12%ga koʻp.

📈Oʻsish koʻrsatkichlari eng yuqori sohalar – TOP-3:
🔹 axborot va aloqa xizmatlari 55 %
🔹 transport – 8 %
🔹 xizmat ko'rsatish – 7,5 %

📉Oʻsish koʻrsatkichlari eng past sohalar – TOP-3:
🔸savdo – 18 %
🔸qurilish 13%
🔸ishlab chiqarish (sanoat) – 11 %

Hozirda QQS toʻlovchilarning yarmidan ortig‘i quyidagi sohalarda faoliyat yuritmoqda:
savdo – 3489 mingta;
xizmat ko'rsatish – 4309mingta.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#raqamlashtirish #e_ijara

Toshkent viloyati soliq organlarida 28 mingdan ortiq ijara shartnomalari ro‘yxatga qo‘yildi.

☑️2023-yil 1-may oyi holatiga Toshkent viloyatida hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomalari soni 28 167 tani tashkil etadi.

🔸Xususan, jismoniy shaxslar oʻrtasida tuzilgan 14 ming 506 ta ijara shartnomalari asosida 18,8 mlrd soʻm daromad soligʻi hisoblanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan hisoblangan daromad soligʻi summasi 8,5 mlrdga oshgan.

🔺Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 13 ming 661 ta ijara shartnomalari asosida 21,9 mlrd sum daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 16,6 foizga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 27,8 foiz oshgan.

‼️Eslatib o‘tamiz,O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 159-moddasiga asosan, fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etmaslik eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
🔰Toshkent viloyatida o'zini o'zi band qilgan fuqarolar soni 106 ming 103 nafarga yetdi.
👉
Batafsil

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-maydan...

🔸“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan qoʻy, mol, parranda go‘shti, hamda tuxum va oʻsimlik yogʻini sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek oʻrniga, 12% QQS qaytariladi;

🔸Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab jarima miqdorining 15 kun ichida 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi;

🔸budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 %ga oshiriladi.
▫️mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHETKM) – oyiga 980 000 so‘m;
▫️bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – oyiga 330 000 so‘m bo‘ladi;

🔸avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron oʻlchash uskunalari va onlayn video kameralar oʻrnatiladi hamda ular soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi;

🔸paxta, gʻalla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimlarining operatorlari tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qiladi;

🔸toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar oʻrtasida pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun EHF rasmiylashtiradi;

🔸2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib beriladi;

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#yer_soligi
#bilasizmi

1-may joriy yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha yer soligʻi hisobotini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga taqdim etishning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 431-modda

2023-yil uchun:
▫️qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar boʻyicha yer solig'ini hisoblash uchun 10503_11 sonli hisobot shakli my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan;
▫️hisobot shakliga 2-ilova qo‘shildi.
Ushbu ilovada soliq to‘lovchi tomonidan yer uchastkalariga joylashtirilgan ekin turlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar soliq to‘lovchilar tomonidan mustaqil to‘ldiriladi.

📖Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i soliq hisobot shaklini to'ldirish bo'yicha qo'llanma

Mazkur soliq hisoboti qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdavyerloyiha” ilmiy-loyiha instituti ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda hisoblab chiqariladi.
👉 VMQ-235 son 18.08.2014

Ma'lumot uchun, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 % miqdorda belgilanadi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda

🔹Soliq toʻlash muddati:
▫️hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
▫️hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.
👉 Soliq kodeksi 432-modda

🔍Soliq to‘lovchilar yer uchastkalarining normativ qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Soliq qo‘mitasining www.soliq.uz rasmiy sayti orqali ham ko‘rishlari mumkin.

👉 2023-yilda yer soligʻi boʻyicha qonunchilikdagi o‘zgarishlar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Bilasizmi

❇️ Oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullandigan faoliyat turi hisoblanadi.

📝 Mazkur shaxslar soliq organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

📲 Ro‘yxatdan o‘tish Soliq mobil ilovasi, elektron platformasi yoki my.gov.uz orqali, shuningdek soliq organiga kelgan holda amalga oshiriladi.

📃 Ro‘yxatdan o‘tgan shaxsga QR-kodli ma’lumotnoma beriladi.

❗️O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromad solig‘i to‘lamaydi.

➡️ Mazkur shaxslar ishlagan davrini ish staji sifatida hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘laydi.

📁 Shuningdek, yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra enaga sifatida 16 yoshdan shug‘ullanish mumkinligi belgilangan
#savol_javob

Savol: - Sotuvchi tomonidan koorparativ bank kartalari orqali mahsulot sotganda chеk bеrishi kеrakmi?

Javob:
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5813-son Farmonining 5-bandi uchinchi xatboshisiga asosan to'lov terminali orqali qabul qilingan to'lovlar uchun xaridorlarga to'lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

Boʻstonliq tumanining Pskom qishlogʻida boʻlib oʻtgan “Uch avlod uchrashuvi” – madaniy-maʼrifiy tadbiridan lavhalar.
11:00:00-12:00:00
RADIO 24
📻"O‘zbekiston 24" radiokanali

🎙Axborot informatsion dasturi

📃Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida berilayotgan imtiyoz va yengilliklarga ko‘ra joylarda o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar safi kengaymoqda. Birgina Toshkent viloyatida 2023- yil boshidan shu kunga qadar 106 ming 103 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan.

👉Bu haqda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi Oqiljon Odilov ma’lumotlari

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Toshkent viloyatining qaysi hududida ko‘proq qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda?

2023-yilning 1-aprel holatiga viloyatda jami 3 014 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo’lib, 2023-yilning fevral oyida 137 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

🔶Oqqo‘rg‘on tumani - 64 ta
🔶Ohangaron tumani - 67 ta
🔶Bekobod tumani - 86 ta
🔶Bo‘stonliq tumani - 110 ta
🔶Bo‘ka tumani - 117 ta
🔶Quyi Chirchiq tumani - 73 ta
🔶Zangiota tumani - 217 ta
🔶Yuqori Chirchiq tuman i- 186 ta
🔶Qibray tumani - 307 ta
🔶Parkent tumani - 99 ta
🔶Piskent tumani - 56 ta
🔶O‘rta Chirchiq tumani - 146 ta
🔶Chinoz tumani - 108 ta
🔶Yangiyo‘l tumani - 148 ta
🔶Toshkent tumani - 163 ta
🔶Nurafshon shahri - 144 ta
🔶Olmaliq shahri - 141 ta
🔶Angren shahri - 185 ta
🔶Bekobod shahri - 126 ta
🔶Ohangaron shahri - 112 ta
🔶Chirchiq shahri - 276 ta
🔶Yangiyo‘l shahri - 83 ta
Aholi murojaаtlari e’tiborda.

📌So‘ngi yillarda xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha tamomila yangi tizimga asos solindi.

⚡️Birgina soliq xizmati organlariga tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan turli masalalarda bildirilgan murojaatlar 24 soat davomida uzluksiz ravishda qabul qilinib, ularda ko‘tarilgan masalalar aniq, qonuniy va tezkorlik bilan hal etilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlariga 2023 -yil 1 may holtiga ko‘ra jami 30 ming 92 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

💻 27ming 056 tasi elektron;

💬 2 ming 343 tasi og‘zaki ravishda yo‘llangan.

‼️Bugungi kungacha murojaatlarning

✔️15 ming 779 tasi ijobiy hal etilgan,

🔹279 tasida keltirilgan holatlar tasdiqlanmasdan rad etilgan,

🔎989 tasi ko`rib chiqish jarayonida.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Yurtimizdagi barcha matbuot xodimlari, jurnalistlar, soha vakillarini, qolaversa, Oʻzbekistonda rasman faoliyat olib borayotgan xorijiy OAV vakillarini 3-may – Jahon Matbuoti erkinligi kuni bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi nomidan tabriklaymiz.

Matbuot va soʻz erkinligi
jamiyat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Xolislik va haqqoniylik esa mana shu erkinlikning tayanch ustunidir.

Oʻzining xolisligi va oʻtkir qalami bilan mamlakatimizda soʻz erkinligini amalga oshirish va himoya qilishga hissa qoʻshayotgan, xalqchil va demokratik islohotlarning taʼminlanishida xormay-tolmay mehnat qilayotgan barchani 3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi jamoasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Audio
📻"Mahalla" radiokanali

🎙Xabarlar informatsion dasturi

📃Soliq qonunchiligiga doir o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan reportaj
.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#savol_javob

Savol: - Eksport xizmatlarini amalga oshirish uchun elеktron hisob-fakturani rasmiylashtirish kеrakmi?

Javob:
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyundagi “O'zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 522-sonli qarori 3-bandiga asosan, tovarlarning eksport-import tarzida etkazib berilishini rasmiylashtirishga elektron hisobvaraq-faktura tatbiq etilmaydi.

📝Bojxona deklaratsiyasi to'ldiriladi va ichki buxgalteriya uchun qog'oz ko'rinishidagi hisobvaraq-faktura invoys to'ldirilishi mumkin.