Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#билиб_олинг

ҚЎЙНИДАН ТЎКИЛСА ҚЎНЖИГА: ТАЛАБА КОНТРАКТИНИНГ 12 ФОИЗИНИ ҚАНДАЙ ҚАЙТАРИБ ОЛАДИ?

Батафсил

Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19:00:00-20:00:00
RADIO 24
📻"O‘zbekiston 24" radiokanali

🎙
Axborot informatsion dasturi

📑“1-aprel – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya topshirishning oxirgi muddati”

📆Bu haqda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Bosh inspektori Abbos Raximov ma’lumotlari.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#savol_javob

Savol:
🔹Jismoniy shaxslar o‘z daromadlarini ipoteka kreditlarini qoplash uchun yo‘naltirganlarida qanday soliq imtiyozlariga ega bo‘ladilar?

‼️Javob:
☑️Jismoniy shaxslar o‘z daromadlarini ipoteka kreditlarini so‘ndirishga yo‘naltirganda, bir vaqtning o‘zida turar joy qiymati (bugungi kunga kelib 300 mln so‘m) bo‘yicha talabni bekor qilgan holda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq solinmaydigan daromad summasi 15 mln so‘mdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 80 baravarigacha (yoki 73,6 mln so‘m) oshirildi.

✍️Savollarga javobni Toshkent viloyati soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Azamat To‘raev berdi.
#soliq_taqvimi

Deklaratsiya topshirishning oxirgi kuni 3-aprelga ko‘chiriladi

Soliq to‘lovchilar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani 1-apreldan kechiktirmay taqdim etadi.
👉Soliq kodeksi 397-modda

Agar soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatning so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda

🗓 Shunga muvofiq, 1-aprel ishlanmaydigan kun bo‘lganligi sababli jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya topshirishning oxirgi kuni 3-aprelga ko‘chiriladi.

👉Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma
__________
#календарь_налогоплательщика

Последний день подачи декларации переносится на 3 апреля

Налогоплательщики представляют декларацию о совокупном годовом доходе не позднее 1 апреля.
👉ст.397 НК

Если последний день срока, установленного налоговым законодательством, приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
👉ст.5 НК

🗓 В связи с тем, что 1 апреля - нерабочий день, крайний срок подачи декларации о совокупном годовом доходе переносится на 3 апреля.

👉Видеоинструкция по подаче налоговой декларации

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Saylov uchastkalarida obodonlashtirish, yon-atrofni tartibga keltirish ishlari ham olib borilmoqda.

🔰Zangiota tumani 4-sektorga qarashli MFYlar hududiga joylashgan saylov uchastkalarida joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlarini tashkil etish borasida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun, 4-sektor xodimlari, Markaziy Bank tizimi xodimlari bilan birgalikda, Erkin hududidagi Bodomzor, Quyoshli, Qurilish va Turkiston MFYlaridagi 267, 268, 269 va 270-saylov uchastkalarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ish jarayonlari bilan tanishib, uslubiy va amaliy yordamlar ko‘rsatdilar.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#dayjest

Soliqda haftalik dayjest.

☑️1-maydan ayrim fuqarolarga go‘sht, tuxum va yog‘ xarid qilsa, QQS qaytariladi;

☑️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan xatlov jarayonlari;

☑️Toshkent viloyati sudida O‘zbekistan Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevralda qabul qilingan "Sudlar tomonidan soliq qonunchiligini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi;

☑️Toshkent viloyati soliq organlarida 23 mingdan ortiq ijara shartnomalari ro‘yxatga qo‘yildi;

☑️“O‘zbekistonda soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi Konstitutsiyada huquqiy mustahkamlanmoqda;

☑️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Chirchiq shahar 4-sektor hududidagi mavjud  muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan aholi bilan muloqot o‘tkazdi;

☑️Saylov uchastkalarida obodonlashtirish, yon-atrofni tartibga keltirish ishlari ham olib borilmoqda;

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar SMS orqali toʻlaydigan yer va mol-mulk soliqlari haqida to‘liq ma'lumot olishi mumkin

15-aprelga qadar jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng yarmini toʻlashi belgilangan.

📩Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda ularning uyali telefonlariga toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni SMS koʻrinishida yuborish yoʻlga qoʻyildi.

📃SMS ostidagi "Batafsil" yozuvi orqali toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲"Toʻlash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz saytining "Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha imtiyozlardan foydalanish toʻgʻrisida soliq organlarini xabardor qilish" xizmati, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iftorlik

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2023-yil 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Muborak Ramazon oyi davomida iftorlik tadbirlarni Chirchiq shahar mahallalarda o‘tkazish belgilangan.

Reja bo‘yicha bugun 4-sektor “Ma’rifat” mahalla fuqarolari uchun "Bek" kafesida “Mahalla xayriya jamoat fondi” tomonidan iftorlik o‘tkazildi. Iftorlikda mahallaning faol xotin-qizlari va nuroniy oqsoqollari qatnashishdi.

Viloyat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#deklaratsiya

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

3-aprel - jismoniy shaxslar tomonidan jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya topshirishning oxirgi kuni.

👉Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma
👉Norezidentlarning deklaratsiya taqdim etish tartibi
👉Onlayn-seminar: deklaratsiya qanday topshiriladi
__________
#декларация

Уважаемые налогоплательщики❗️

3 апреля - крайний срок подачи физическими лицами декларации о совокупном годовом доходе.

👉Видеоинструкция по подаче налоговой декларации
👉Порядок подачи декларации нерезидентами
👉Онлайн-семинар: как подавать декларацию

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_NKT #marketpleys
#chek_tahrirlash

Fiskal cheklardagi xatolarni tuzatish imkoniyati beriladi

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 3-apreldan 19-aprelga qadar (19-aprel kuni ham) 2022-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT va marketplyes cheklarini tahrirlash imkoniyati beriladi.

Buning uchun soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida “YUSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” yoki "Marketpleys cheklarini tahrirlash" bo‘limiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID) va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.
👉Komitentlar my3.soliq.uz orqali vositachi (komissioner) tomonidan chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashi mumkin

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni o‘zgartirish mumkin:
▫️ MXIK;
▫️ mahsulot miqdori;
▫️ o‘lchov birligi;
▫️chek summasi;
▫️ komitent STIRi;
▫️ to‘lov turi (naqd pul yoki bank karta).

📎 Barcha o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

“Jo‘natish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.
Shundan so‘ng kiritilgan ma'lumotlar 24 soat ichida o‘zgaradi.

Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar avtomatik qabul qilinishini inobatga olib, noto‘g‘ri maʼlumotlarni kiritganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini eslatib o‘tamiz.

📌Cheklar tahrirlangan taqdirda tadbirkorlik subyektlaridan tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi.

❗️Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mevali daraxt ko‘chatlari tekin tarqatilmoqda.

📌Shu kunlarda yurtimizdagi barcha tashkilot, muassasa va korxonalarda diyorimizni bundan-da obod qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ezgu ishda Toshkent viloyati hokimligi hamda viloyat soliq boshqarmasi ham faol ishtirok etmoqda.

🌳Xususan, Toshkent viloyati hokimligi tomonidan birgina 4-sektor hududini yashil makonga aylashtirish maqsadida sektorga qarashli har bir shahar va tumanlarga besh yuztadan mingtagacha mevali daraxt ko‘chatlari tarqatildi.

Nok, olma, behi, shaftoli, o‘rik kabi mevali daraxtlar iborat ko‘chatlar bugunning o‘zida 4-sektor xodimlari tomonidan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘chat ekish uchun yeri bo‘lgan fuqarolarga bepul etkazib berildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Toshkent viloyati bo‘yicha xo‘jalik yuritiuvchi sub’ektlar tomonidan joriy yilning I choragi davomida

☑️Foyda solig‘i-166,5
mlrd.so‘m
☑️QQS -471,7
mlrd.so‘m
☑️Aksiz solig‘i-63,1 mlrd. so‘m
☑️AOS-45,3
mlrd.so‘m
☑️JShODS -391,2 mlrd so‘m miqdorida tushumlar ta’minlanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan tushumlar miqdori 127,8 foizni tashkil qiladi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.