Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.53K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#sayyor_qabul

Tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Ortiqboy Hamdamov "Yonariq" MFY aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

📎Uchrashuvda ishtirok etgan aholining muammolari tinglandi. Xususan, ichimlik suvi va ichki yo‘llarni ta'mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
"Nurobod" MFY rahbariyati murojaati sektor tomonidan nazoratga olingan holda ijobiy hal etilmoqda.

🔰Zangiota tumani 4-sektorga qarashli "Nurobod" MFY rahbariyati tomonidan yuqori instansiyalarga mahallada shu kunlarda suv muammosi bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi. Ushbu masala operativ tarzda joyiga chiqilgan holda, 4-sektor xodimlari, tuman suv ta’minoti rahbariyati, ishchilari, "Nurobod" MFY rahbariyati ishtirokida ko‘rib chiqildi.

✔️Mahalla hududida bo‘lgan tovuq fermasiga qarashli suv havzasiga o‘rnatilgan nasoslar ta’mirga muhtojligi aniqlandi va maxsus texnikalar jalb etilgan holda suv nasosi moslamasi ta’mirlash uchun olindi va ushbu masala tez fursat ichida ijobiy hal etiladi.

📌Uning nazorati 4-sektor xodimlari tomonidan olib boriladi va masala hal etilgani xususida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
❇️Qonunchilikka ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi.

❗️Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan to‘rt va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir.

Mazkur imtiyoz Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
#aksiz_soligi

2023-yil 1-fevraldan
neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari 10 %ga indeksatsiya qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliq to'lovchilar ortiqcha soliq to'lovlarini avtomatik ravishda o‘tkazishdan voz kechishlari mumkin

Soliq to'lovchi tomonidan ortiqcha to'langan ortiqcha soliq summasini uning soliq qarzini so‘ndirish hisobiga hisob-kitob qilish soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 104-modda 1-qism

Agar hisobga olinadigan summa BHMning 20 barobaridan oshmasa, elektron topshiriqnomalar soliq xizmati organlarining axborot tizimi orqali avtomatik tarzda yaratilishi va elektron shaklda yuborilishi mumkin.
👉Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA 33-band

2022-yil 1-maydan ushbu jarayon bir necha turdagi soliqlar bo‘yicha soliq organlari tomonidan avtomatlashtirilgan.

Soliq to'lovchilar ortiqcha soliq to'lovlarini avtomatik ravishda hisob-kitob qilishdan voz kechish huquqiga ega. Bu haqda my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali soliq organlarini xabardor qilish zarur:

1. "Xizmatlar" bo'limida "YuSh ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish" bandi tanlanadi.

2. Ochilgan oynada ko‘k rangdagi “Ortiqcha to‘langan (undirilgan) soliq summalarini boshqa soliqlar bo‘yicha mavjud qarzlarni uzish hisobiga avtomatik hisob-kitob qilish” qatori tanlanadi.

3. Avtomatik hisob-kitob qilish funksiyasini o‘chirish uchun berilgan savolga "Yo‘q" javobini tanlab, "Yuborish" tugmasi bosiladi.

4. Shundan so'ng, "Avtomat xulosa yuborish tizimi yoqilgan"ligi haqida ma’lumot paydo bo'ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida 5 173 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovining qat’iy belgilangan stavkasida to‘lash rejimiga o‘tdi.

📌2023-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, aylanmadan olinadignan soliq to‘lovchilar ixtieriy asosda jami daromad summasiga qarab 20,0 mln.so‘m yoki 30,0 mln.so‘m qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashni tanlash huquqiga egalar.

📎Ushbu kiritilgan o‘zgarishlarga asosan Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tib aylanmadan olinadigan soliq to‘lovida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan bugungi kunga (01.02.2023 y) qadar jami 5173 tasi aylanmadan olinadigan soliq to‘lovining qat’iy belgilangan stavkasida to‘lash rejimiga o‘tdi. Shulardan 3637 tasi yuridik shaxs bo‘lsa, qolgan 1536-tasi Yakka tartibdagi tadbirkorlardir.

🔰Ushbu soliq rejimini yana bir afzalligi shundaki, amaldagi soliq qonunchiligida tadbirkorlik sub’ekti tomonidan har bitta faoliyati bo‘yicha alohida hisob yuritilib, faoliyat turiga qarab soliq stavkasi qo‘yilib hisoblangan bo‘lsa, hozirda taklif qilinayotgan rejimda faoliyat turidan qat’iy nazar aylanma summasiga qarab bir hil miqdorda soliq to‘lanadi.

Masalan Toshkent viloyati Qibray tumanida ro‘yxatdan o‘tib brokerlik hizmati bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan “BROK SERVIS INVEST" XUSUSIY KORXONAsi 2022 yil davomida jami 613,8 mln.so‘m tovar aylanmasidan 13%-li stavkada 79,8 mln so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, yangi joriy etilgan tartibga ko‘ra 2023 yilda ham xuddi shunday tovar aylanma uchun yiliga 30,0 mln. so‘m soliq to‘laydi. Bu esa korxonaning ixtierida 49.8, mln.so‘m qo‘shimcha mablag‘ uni yanada rivojlantirish uchun sarflanishi mumkin.

‼️Yana bir misol, Toshkent viloyati Toshkent tumanida umumiy ovqatlanish hizmatini ko‘rsatuvchi "BOBODEXQON OSHYONI" mas’uliyati cheklangan jamiyatning 2022-yildagi tovar aylanmasi 997,1 mln. so‘m bo‘lib, 8% li stavkada 79,8 mln so‘m aylanmadan olinadigan soliq to‘lagan. Ushbu tadbirkorlik sub’ekti 2023-yilda ham xuddi shunday tovar aylanmaga ega bo‘lsa, yangi tartibga ko‘ra, 30,0 mln so‘m qat’iy soliq to‘laydi, ya’ni 2022-yil bilan taqqoslaganda 49,8 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ tadbirkor ixtiyorida qoladi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#jarayon
#sektor_faoliyati

Zangiota tumani "O‘rikzor" MFYda 4-sektor xodimlari, tegishli tashkilotlarning vakillari, "O‘rikzor" MFY rahbariyati hamkorligida mahalla fuqarolari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Fuqarolar tomonidan suv, elektr ta’minoti, maishiy chiqindi, pensiyaga doir va boshqa mavzular yuzasidan murojaatlari tinglandi.

🔰Suv ta’minoti bo‘yicha quvurlar o‘rnatilib, yana amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar 2023-2024 yillarga rejalashtirilayotgani, pensiya yoki nogironligi bor fuqaroning boquvchisiga qanday pensiya miqdorlari o‘rnatilgani va buning uchun kimga murojaat qilinishi, qanday hujjatlar talab etilishi hamda boshqa bir qator mavzularda berilgan savollarga sektor xodimlari, tashkilotlar mutasaddilari va MFY rahbariyati tomonidan batafsil tushuntirish berildi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Talabalarga uy-joyini ijaraga berganlar necha foiz miqdorida soliq to‘laydi?
Anonymous Quiz
74%
to‘lamaydi
6%
7%
17%
12%
3%
15%
Quyidagilardan qaysi biriga to‘langan mablag‘lardan 12% miqdorida daromad solig‘ini qaytarib olish mumkin?
Anonymous Quiz
34%
kontrakt
3%
nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari
3%
ipoteka kreditlari
60%
barcha javoblar to‘g‘ri
Keshbek chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning _______so'ng to‘lab beriladi
Anonymous Quiz
17%
15-sanasidan
9%
20-sanasidan
68%
25-sanasidan
7%
30-sanasidan