Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
121 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Sektor rahbari 4 - sektor hududidagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Qibray tuman DSI boshlig‘i Sh.Xalmatov hamda tuman Yoshlar ishlari agentligi rahbari N.Irisov bilan 4-sektor hududidagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o'tkazdi.

🔺Uchrashuvda yoshlar yetakchilarinng muammo va takliflari o'rganildi.Yoshlar yetakchilari tomonidan bajarilayotgan vazifalari bilan tanishilib, kelgusida qilinishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan reja va topshiriqlar tuzildi.

❇️Bundan tashqari yoshlar yetakchilari tomonidan maktablardagi o'quvchi yo'shlarga ma'naviy, ma'rifiy uchrashuvlar o'tkazish, sport musobaqalari tashkil qilish, yoshlarning bo'sh paytlarida turli to'garaklarga jalb qilinishi lozimligi takidlab o'tildi.

🔹 Shuningdek muammosi mavjud bo'lgan yoshlar etakchilari muammolarini bartaraf etish choralari ko'rilib, maktablar uchun kerakli jihozlar olib berildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Forwarded from Эркин худуди Расмий
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Тадбиркорлик фаолияти қўллаб - қувватланмоқда
#17oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

🏠Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

👉Talabalar turar joylarni ijaraga olgani uchun soliq to‘lamaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Noqonuniy qurilmalar olib tashlanmoqda.

‼️Zangiota tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tuman hududida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlari, tadbirkorlarga savdo-sotiq tartib qoidalari, belgilanmagan hududlarda faoliyat yuritmaslik yuzasidan muntazam ravishda tushuntirish, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilishiga qaramasdan ayrim fuqarolar tomonidan bu holatlarga rioya etilmayapti va natijada tegishli choralar qo‘llanilmoqda.

📌Tuman DSI va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda bunday holatlarni oldi olindi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#bilasizmi

Oʻzbekistonda 348 309 ta yuridik shaxs va 37 173 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar AOS toʻlovchilari hisoblanadi.

👉O'zbekistonda qancha soliq to'lovchi bo'lgan (1-avgust holatiga)
👉QQS to‘lovchilar soni (1-sentabr holatiga)
__________
#знаете_ли_вы

В Узбекистане 348 309 юридических лиц и 37 173 индивидуальных предпринимателя являются плательщиками налога с оборота.

👉Сколько налогоплательщиков было в Узбекистане (по состоянию на 1 августа)
👉Число плательщиков НДС по состоянию на сентябрь (по состоянию на 1 сентября)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat
#QQS

Ijtimoiy tarmoqlarda tashkilotlarning sotib olingan va keyinchalik sotilgan yengil avtomobil uchun takroran QQS to‘lashi haqidagi murojaatlari e’lon qilinganligi munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston bo‘lgan tovar(xizmat)larni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQS soliq solish obyekti hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 238-modda 1-qism 1-band

Tovarga bo‘lgan mulk huquqini pullik asosda o‘tkazish ushbu aylanmaga kiradi.
👉 Soliq kodeksi 239-modda 1-qism 1-band

Agar QQS to‘lovchisi bo‘lgan tashkilot avtosalondan 300 mln so‘mga yengil avtomobil sotib olsa (egalik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazsa), avtosalonga ushbu summadan 15% QQS – 45 mln so‘m (jami 345 mln so‘m) to‘laydi. Avtosalon ham o‘z navbatida QQS to‘lovchisi bo‘lgani uchun bu 45 mln so‘mni budjetga o‘tkazishi shart.

Yengil avtomobil sotib olgan tashkilot QQSni (45 mln so‘m) hisobga olish huquqiga ega, agar:
🔸 soliq to‘lovchining tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmat ko‘rsatish) bilan bog‘liq faoliyatini amalga oshirish chog‘ida ushbu avtomobildan foydalanilganda realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasiga soliq solinishi lozim bo‘lganda;

🔸 Ushbu avtomobil uchun avtosalondan QQS summasi alohida ajratilgan hisobvaraq-faktura olingan bo‘lsa.
👉 Soliq kodeksi 266-modda

Soliq to‘lovchida avtomobil uning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qatnovlarni amalga oshirishda foydalanganligini tasdiqlovchi hujjatli dalillar bo‘lishi kerak.
Agar ushbu yengil avtomobil soliq to‘lovchining faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanilayotganligi soliq organi tomonidan dalilar bilan isbotlansa, avtomobilni sotib olish chog‘ida to‘langan QQS summalari hisobga olinmaydi.
👉Batafsil tushuntirish bu yerda

Agar tashkilot kelgusida yengil avtomobilni 200 mln so‘mga sotishga qaror qilsa, u holda avtomobilni sotib oluvchi ham unga ushbu summadan 15 % QQS – 30 mln so‘m (jami 230 mln so‘m) to‘laydi.

Agar tashkilot avval avtosalonga o‘tkazib bergan 45 mln so‘mni hisobga olgan bo‘lsa, ushbu summadan 30 mln so‘m QQS chegirib tashlanadi va natijada 15 mln so‘m hisobda qoladi.

Agar tashkilot avval QQSni hisobga olmagan bo'lsa yoki hisobga olish rad etilgan bo'lsa, u holda avtomobilni sotishda soliq to'lovchi sifatida yangi egasi tomonidan unga o'tkazilgan 30 mln so'm QQS summasi budjetga to'lanishi shart.

Demak, soliq to'lovchi tomonidan avtomobil sotib olingan va sotilganda, ushbu operatsiya bo'yicha bir marta QQS to'lanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennisi

🔰Joriy yilning 10-oktyabr kuni Toshkent viloyatinnig stol tennis markazida sportning stol tennisi bo‘yicha 2009-2010 - yilgi va undan kichik yillarda tug‘ilgan o‘smir va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start olgan edi.

📌16-oktyabr kuni mazkur chempionat yakunlandi.

🏆G‘oliblar tashakkurnom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#YaTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollanma xodimlarni soliq organlarida qanday hisobga qo‘yadi?

1️⃣Buning uchun my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kirib, xizmatlar qatoridan “Yollangan xodimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish” bandi tanlanadi.

2️⃣Yollanma xodimlarni hisobga qo‘yish uchun ochilgan ariza shakliga yollanma xodimning STIR yoki JShSHIR (PINFL)i kiritiladi va “Enter” bosiladi.

3️⃣Yollanma xodimning to‘liq ismi, pasport seriyasi, raqami, berilgan joyi va yashash manzili ko‘rsatilgan maydonlar avtomatik to‘ldiriladi.

4️⃣“Faoliyat turi” maydonida yakka tartibdagi tadbirkor shug‘ullanadigan faoliyat turi tanlanadi.

5️⃣“Faoliyat amalga oshirish joyi” maydoni avtomatik to‘ldiriladi.

6️⃣Yollanma xodimning telefon raqami va mehnat shartnomasi muddati qo‘lda kiritiladi.

7️⃣Mehnat shartnomasi PDF formatida yuklab olinadi.

8️⃣Ariza jo‘natiladi.

👉Batafsil

YaTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzish

Тelegram
| Facebook | Youtube| Instagram
Quyi Chirchiq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 22-sentyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib tuzilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida "Chinobod" MFY ning "Sulokli" va " Xo‘japiskon" MFY ning "Suv buyi" ko‘chalariga tuman yo‘l qurilish-ta’mirlash boshqarmasi xodimlari va texnikalari jalb etgan holda 370 metr uzunlikda shag‘al tashlash va tekislash ishlari olib borilmokda.

‼️Shuningdek, tumandagi "Temir daftar" ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarning turmush sharoitini yaxshilash , ularga har tomonlama yordam berish maqsadida "Ko‘ksaroy"MFY da istiqomad qiluvchi fuqarolardan Brennik Svetlana va Liskovskaya Veralarning har biriga yaroqsiz holga kelib kolgan uylarining tom kismini qaytadan yopish uchun 50 donadan shifer olib berdi.

🔅Bu kabi xayrli ishlar Quyi Chirchiq tumani 4-sektorining barcha hududlarida davom ettiriladi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#jarayon

4-SEKTOR. Tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Ortiqboy Hamdamov va sektor xodimlari mahalladagi yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda "Tut" MFYda istiqomat qilayotgan yoshlar muammolarini o‘rganib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.