Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
12K photos
1.64K videos
109 files
3.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Soliqchilarning yetti pir bo‘ylab sayohati.

🔰Buxoro... Ta’bir joiz bo‘lsa, tarixning o‘zidan-da qadimiyroq, jahon ma’naviy-ma’rifiy xazinasini o‘zining fozil farzandlari aqlu tafakkuri bilan boyitgan boshqa bir vohani topish qiyin.

Ayniqsa, o‘ziga xos fazilatlari ko‘p bo‘lgan Xojagoniya tariqatining yetti ulug‘ piri mangu qo‘nim topgan qadamjolarni ziyorat qilish ko‘plab musulmonlar uchun alohida orzu hisoblanadi.

✳️Mana shu orzuni amalga oshirish maqsadida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i va mutasaddilari ezgu ishga qo‘l urdilar.

❇️Xususan, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari uchun ko‘hna va boqiy Buxoroda joylashgan Yetti pir bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

✔️Poytaxtdan yo‘lga chiqqan zamonaviy avtobus erta tongda Buxoroning G‘ijdivon shahriga yetib bordi.

‼️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari A.Tillaev tomonidan G‘ijdivonda kutib olingan xodimlar dastavval nonushtaga taklif qilindi va undan so‘ng Yetti pir silsilasining boshi hisoblanmish “Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy” ziyoratgohiga tashrif buyurdilar.

💥Undan keyin Yetti pirning ikkinchisi, ya’ni Xoja Muhammad Orif Revgariy Mohitobon ziyoratgohi sari Shofirkon tumaniga yo‘l olindi.

✔️Keyingi manzil Vobkent tumanidagi “Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy” ziyoratgohi bo‘ldi

📌Yetti pirning to‘rtinchisi Romitan tumanida joylashgan “Xoja Ali Romitaniy” ziyoratgohidir. Vobkent tumanidan salkam 37 kilometr yo‘l bosilib, bu yerga tashrif buyurgan davlat soliq organi xodimlari bir lahza bo‘lsa ham o‘zlarini o‘tmishga tushganday his qildilar.

⚡️Sayohatni davom etitrish maqsadida Romitan tumanida joylashgan yana bir pir Xoja Ali Romitaniyning shogirdi Xoja Muhammad Boboyi Samosiy ziyoratgohi sari hozirlandilar.

🌱Xoja Muhammad Boboyi Samosiy ziyoratgohi Xoja Romitaniy ziyoratgohidan 5 kilometr masofada joylashgan bo‘lib, “Etti pir” qadamjolari bo‘ylab ziyoratga chiqqan xodimlarning ta’kidlashlariicha, har bir pirning ziyorati o‘zgacha kayfiyat baxsh etib, ular ruhan va ma’nan poklanganlar.

Shundan so‘ng Pirlarning oltinchisi “Sayyid Amir Kulol” ziyoratgohi tomon yo‘l oldilar. Kogon tumani Yangi hayot qo‘rg‘onida joylashgan mazkur ziyoratgoh Romitan tumanidan salkam 47 kilometr uzoqlikda joylashgan ekan.

💫Nihoyat yettinchi manzil dunyoga mashhur Bahouddin Naqshband ziyoratgohi bo‘ldi. Ushbu qadamjo Kogon tumani Qasri Orifon qishlog‘ida joylashgan. Bu yergacha Sayyid Amir Kulol ziyoratgohidan 5 kilometr yo‘l yuriladi.

✔️Buxoroda joylashgan Yetti pir bo‘ylab ham ziyorat, ham sayohat qilish g‘oyat savob ish bo‘ldi. Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari A.Tillaev boshchiligida boshlangan yetti pir ziyorati xorijiy sayyohlar uchun mo‘ljallangan “Chinor” kafesidagi ajoyib tushlik bilan tugadi.

📍Tushlikdan so‘ng, Ark majmuasi ziyorat qilinib, Buxoro safari nihoyalandi va xodimlar Samarqand shahri sari yo‘l oldilar.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Onlayn-NKM foydalanuvchilariga qanday imtiyozlar taqdim etilgan?

2022-yil 1-yanvardan naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanishga o‘tdi.

Bunda, tadbirkorlik subyektlariga onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan shtrix-kodlar va raqamli markirovkani to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalar (2D-skanerlar, maʼlumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) hamda onlayn nazorat-kassa mashinalarining har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga kamaytirish huquqi berilgan.

Mazkur huquqdan foydalanishda xarajatlarni:

– foyda solig‘i summasiga;

– aylanmadan olinadigan soliq summasiga;

– YaTTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasiga
bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirish tarzida foydalanish mumkin.

Imtiyoz 2023-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz: 2022-yil 1-yanvardan onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilishi shart.
#Bekobod_tumani
#xotira

🎗Xotira - muqaddas.
Bugun Bekobod tumani xotira maydonida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Xotira - muqaddas" bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
💐Tadbirda tumanning barcha tashkilotlari va faxriylari Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo'yishdi.
⚜️Shu jumladan, Bekobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi jamoasi ham Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo'yib, vatan ozodligi yo'lidagi jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga ta'zim bajo keltirishdi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yilning 5-may kuni “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-767-sonli Qonun imzolandi.
Unga ko‘ra:

🏕mol-mulk va yer soliqlaridan to‘liq ozod qilingan yuridik shaxslar ushbu soliqlardan hisoblangan summaning 1%ini to‘laydi (ushbu tartib 3 oydan so‘ng kuchga kiradi).

💰foyda solig‘i to‘lovchilari tomonidan "Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi"ga xayriya qilingan mablag‘lar foyda solig‘ini hisoblashda chegiriladigan harajatlar sifatida tan olinadi.

🧑🏼‍🦼Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning daromad solig‘i soliq solinmaydigan mablag‘lari miqdori MHTEKMning 1,41 baravaridan 3 baravariga oshirildi (ushbu imtiyoz 01.03.2022-yildan yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi).

🌴Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirildi (ushbu imtiyoz 01.01.2022-yildan yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi).

🌻O‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish, shuningdek o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani QQSdan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz muddati 31.12.2022 yilga qadar uzaytirildi (ushbu imtiyoz 01.05.2022-yildan yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi).

🥩Go‘shtni (mol va qo‘y go‘shtini), tirik hayvonlarni (molni va qo‘yni) hamda ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek O‘zbekistonga olib kirishda QQSdan ozod qilish muddati 31.12.2022 yilgacha uzaytirildi (ushbu imtiyoz 01.05.2022 yildan yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi).

Tovuq go‘shtini, muzlatilgan baliqni va tirik parrandani QQSdan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz muddati 30.04.2022 yilgacha o‘zgartishrishsiz qoldirildi.

Eslatma ❗️mazkur imtiyoz O‘RQ-752-son Qonun bilan 30.04.2022-yilgacha berilgan edi

✔️Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari 01.01.2022 yildan 01.01.2031 yilga qadar:

- foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni, ijtimoiy soliqni va daromad solig‘ini 1% miqdorida to‘laydi;

- yuridik shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1%i miqdorida to‘laydi (ushbu imtiyoz 01.01.2022 yildan yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi).

🧶🧵Bo‘yalgan matoni, bo‘yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari 01.02.2022-yildan 01.01.2025 yilgacha ijtimoiy soliqni 1 % to‘laydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Xayrli ishga bel bog‘laganlar.

🔹Bo‘stonliq tuman 4-sektori, Nanay MFYda joylashgan 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab sardorlari hamda Qorabuloq chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan birgalikda "Nanay" MFYda istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdurahim ota Ziyatov uyida bo‘lishdi.

🔹U yerda otaxon yashayotgan xonadon tomorqasi tartibga keltirildi.

🔹Shundan so‘ng, Abdurahim ota yoshlarga urush vaqtidagi xotiralarini so‘zlab berdilar.

🔹Otaxon hozirgi dorilamon kunlar haqida gapirar ekan, tinch-osuda hayotimizni qadriga yetish, vatanga sodiq xizmat qilishni aytib o‘tdi.

🔹Yoshlarni barkamol va yurtga sadoqatli ulg‘ayishida Abdurahim ota kabi fidoiy insonlarimizning pand-nasihatlari, turmush-tarzlari ibrat bo‘ladi.

🔹Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining 4-sektor hududida bu kabi ezgu ishlar davom ettirilmoqda.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
4- sektor rahbari aholi muammolarini o‘rganishda davom etmoqda.

❇️Qibray tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i tayinlangan hokim yordamchisi, mahalla oqsoqoli hamda sektor ma’sul xodimlari bilan birgalikda 4-sektor hududidagi "Ko‘prikboshi" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining muamolarini o‘rgandi.

Ko‘prikboshi MFY Fayzli ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda elektr energiyasini pasayib ketganligi hamda yuqori qavatlarga suv chiqmasligi aholi tomonidan e’tiroz bildirildi. Sektor rahbari tomonidan tuman "TETK" hamda tuman "Suv ta’minoti" ma’sul xodimlariga aholini elektr energiya va ichimlik suvi bilan ta’minlanishi uchun topshiriqlar berildi.

❇️Shuningdek, notekis yo‘llarni asfaltlashtirilishi yuzasidan aholi tomonidan qilingan murojatlari o‘rganildi.

❇️Endilikda tez kunda mahalla yo‘llarni tekistlanishi yuzasidan barcha choralar ko‘rilishi va qilinishi lozim bo‘lgan ishlar rejalashtirilib olindi.

✍️Toshkent viloyati davlat boshqarmasi axborot xizmati.