Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.1K photos
1.84K videos
118 files
4.37K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk
#yеr_solig‘i

‼️Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!

☝️Biz to‘layotgan soliqlar:

🏞mamlakatimiz obodligi;
🛣yo‘llarning ravonligi;
📚ta’lim;
🏥sog‘liqni saqlash;
⚔️mudofaa tizimi rivojiga sarflanadi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NT__NURAFSHON_XABARLARI_7_04_2022_19_00_NEW OLMALI SHAHRI
#uchrashuv
#Quyi_Chirchiq

✔️Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Imomov boshchiligida, Quyi Chirchiq tuman prokuraturasi va tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan birgalikda tumandagi MFY larga biriktirilgan hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari,tuman yoshlari va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔷Uchrashuvda bugungi kundagi dolzarb vazifalar, yoshlarni har tomonlama qullab- quvvatlash va tadbirkorlarning ish faoliyatida uchrayotgan muammolari va takliflari eshitildi.

Tadbir juda qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

⚙️ Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida joriy yil 9-aprel soat 06:00 dan 12:00 gacha Davlat soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida texnik ishlar amalga oshiriladi.

🛠Texnik ishlar davomida my.soliq.uz portalidagi ayrim elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
__
Уважаемые налогоплательщики❗️

⚙️ В целях дальнейшего повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам 9 апреля текущего года с 06:00 до 12:00 часов в Центре обработки данных Государственного налогового комитета будут проводиться технические работы.

🛠В связи с этим возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг портала my.soliq.uz.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Балиқчилик: ҳар бир оила ойига 15 миллион сўм даромад топади
#8apr #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Soliqda xaftalik dayjest.

👉Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

👉Ohanganron shahrida 4-sektor rahbari tomonidan yoshlar bandligi ta’minlanmoqda.

👉Tadbirkorlar bilan ochiq va do‘stona muloqot.

👉Kasaba uyushmalari qo‘mitalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

👉“E-ijara”da 44 mingdan ortiq ijara shartnomasi ro‘yxatga olindi.

👉Joylarda korrupsiyaning salbiy oqibatlari tushuntirilmoqda.

👉Parkent tumani 4-sektor rahbari ushbu hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 5161 ta korxonadagi 13255 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi.

✳️Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 1572 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 10610 nafar, qurilish korxonalarida 207 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 866 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 2 555,87 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

✔️Bu boradagi ishlarning uzviy davomi sifatida kuni kecha Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda Qibray tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari “Red House Business” ma’suliyati cheklangan jamiyati umumiy ovqatlanish shahobchasida bo‘ldilar.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Parkentda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 5 mingdan oshdi.

‼️Parkent tumanida joriy yilning 31-mart holatiga tumani bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 5 ming 388 nafarni tashkil qildi. Xususan, ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha 416 nafar, sanoat yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar 350 nafar, qishloq xo‘jaligi yo‘nilishi bo‘yicha 1 ming 888 nafar, axborot kommunikatsiya yo‘nalishlarida 48 nafar, maishiy xizmatlar ko‘rsatish 634 nafar va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyat turlari bo‘yicha 203 nafar ro‘yxatga olinib bandiligi ta’minlandi.

🔰Xususan, Parkent tumanining “Yoshlik” mahallasi M.Zamaxshariy ko‘chasida istiqomat qiluvchi Sayyora Adashova inkubatorda jo‘jalar ochirib, tovuqchilik bilan shug‘ullanadi. U o‘zini o‘zi band qilgan yurdoshlarimizdan biridir. Sayyora Adashova inkubatorlarni subsidiya orqali olib, endilikda oilasining daromadini oshirib kelmoqda.

✳️Parkentda bunday o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ushbu mahallada yashovchi “Ayollar daftar”ida turgan Fotima Ziyaviddinova bugungi kunda subsidiya asosida o‘z xonadonida issiqxona tashkil qilgan.Hozirda ushbu issiqxonada yetishtirilgan mahsulotlar bilan ichki bozorimizni ta’minlab keladi.

📍Mazkur tumanning Yangi Navbahor mahalla fuqarolar yig‘ini Navbahor ko‘chasida istiqomat qilaman-deydi, Orzibi Mirxaitova. Yarim yil oldin “Ayollar daftari”da turardim, soliq organi xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgandan keyin o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdim. Davlatimizdan 33 mln. so‘m imtiyozli kredit olib, uzumni quritgan holda qayta ishlash, ya’ni mayiz tayyorlashni yo‘lga qo‘ydim. Endilikda oilamiz daromadi oshib bormoqda.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️Soliq ma'muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi 758-sonli qonuni.

🔰Unga ko'ra O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslariga bir qancha qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

📌Bu borada Mutaxassis sharhi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Айниқса, қишлоқ хўжалиги тармоқларида 2 минг нафарга яқин аҳоли доимий даромадга эга.

Батафсил: nishon24.uz/uz/news/186

Facebook | Telegram | Instagram
Forwarded from Назокат
ЗАНГИОТА ТУМАНИ ДАВЛАТ СОЛИҚ ИНСПЕКЦИЯСИ БОШЛИҒИ НАФАСОВ ШЕРАЛИ ЖУМАҚУЛОВИЧНИНГ ҲИСОБОТИ ВА ТАДБИРКОРЛАРГА МУРОЖААТИ
Forwarded from Назокат
ЗАНГИОТА ТУМАНИ ДАВЛАТ СОЛИҚ ИНСПЕКЦИЯСИ БОШЛИҒИ НАФАСОВ ШЕРАЛИ ЖУМАҚУЛОВИЧНИНГ ҲИСОБОТИ ВА ТАДБИРКОРЛАРГА МУРОЖААТИ

Муҳтарам Президентимизнинг жорий йилнинг 16 март куни Давлат солиқ қўмитасига ташрифлари давомида Давлат солиқ хизмати органлари фаолиятини янада такомиллаштириш, солиқ тўловчиларга хизмат кўрсатиш сифати ва кўламини кенгайтириш, шунингдек, “Солиқчи-кўмакчи” тамойили асосида тадбиркорлар билан бевосита мулоқотларга киришилган ҳолда, уларнинг муаммоларини ўрганиш ва ўз навбатида солиқ қонунчилигида бўлаётган ўзгаришларни тушунтириш юзасидан бир қатор топшириқлар берилган эди.
Мазкур топшириқлар ижросини таъминлаш, тадбиркорларни солиқ соҳасидаги ўзгариш ва янгиликлар билан таништириш мақсадида республикамизнинг барча ҳудудларида Давлат солиқ қўмитасининг раҳбарияти иштирокида тадбиркорлар билан учрашувлар, давра суҳбатлари, мулоқотлар ўтказилди ва ушбу жараёнлар оммавий ахборот воситаларида ҳам кенг ёритилди.
Ушбу тадбирлар ўз навбатида Зангиота тумани Давлат солиқ инспекцияси раҳбарияти, ходимлари томонидан туман ҳудудида фаолият юритаётган тадбиркорлар, ишбилармонлар билан ҳам ташкил этиб борилмоқда. Зангиота тумани ҳокимлиги раҳбарияти, иқтисодий бўлинмалар мутасаддилари, савдо-саноат палатаси вакиллари, кенг жамоатчилик ҳам фаол иштирок этмоқдалар. Ўтказилган давра суҳбатлари, учрашув ва мулоқотларда 380 дан зиёд тадбиркорлар иштирок этдилар.
Шунингдек, 2022 йилда Солиқ қонунчилигига киритилган янгиликлар, меъёрий ҳужжатларнинг мазмун-моҳиятини солиқ тўловчиларга етказиш мақсадида, Зангиота тумани Давлат солиқ инспекцияси раҳбарияти, масъул ходимлари иштирокида 12 маротаба амалий семинар тадбирлари ўтказилиб, уларда 420 та тадбиркорлик субъектларига Солиқ қонунчилигига киритилган ўзгартиш ва қўшимчалар, янгиликлар, солиқ органларида автоматлаштирилган ахборот тизимлари хусусида тушунтиришлар берилди.
Шу ўринда қуйидагиларни таъкидлаб ўтиш жоизки, Зангиота тумани ҳудудида ҳозирда 4 446 тадбиркорлик субъектлари фаолият юритмоқда. Йил бошидан буён “Солиқчи-кўмакчи” тамойили асосида туманимиздаги 165 та корхонанинг муаммолари ўрганилиб, мазкур муаммоларнинг 145 дан ортиғи бевосита Зангиота тумани Давлат солиқ инспекцияси ходимлари кўмагида ҳал этилди.
Тадбиркорлик субъектлари билан олиб борилган тарғибот-ташвиқот ишлари натижасида 668 нафар норасмий ишловчи фуқаролар фаолияти қонуний тарзда расмийлаштирилди.
Кейинги йилларда аҳоли ва бизнес учун қулай шароитлар яратиб келинаётгани, солиқ муносабатларида ўз навбатида инсон омилини камайтириш мақсадида солиқ маъмурчилиги тубдан ислоҳ қилинмоқда.
Хусусан, 2020 йилда янги Солиқ кодекси қабул қилинди. Солиқ турлари 13 тадан 9 тага камайтирилди. Мулк солиғи эса 5 фоиздан 1,5 фоизга туширилди. Қўшилган қиймат солиғи 20 фоиздан 15 фоизга пасайтирилди.
2022 йилнинг ўтган биринчи чораги давомида туманимиз солиқ тўловчилари томонидан 51,2 млрд.сўм миқдорида солиқ тушумлари ундирилиб, белгиланган прогноз кўрсаткичлари 56,1 млрд.сўмга ортиғи билан бажарилди. Бюджетга йўналтирилган маблағларнинг 48,7 млрд.сўми, яъни 86,8 фоизи юридик шахслар, 7,4 млрд.сўми ёки 13,2 фоизи эса жисмоний шахслар ҳиссасига тўғри келди.
Солиқ турлари бўйича таҳлил этадиган бўлсак, тушумнинг 24,7 млрд.сўми ёки 44,1 фоизи жисмоний шахсларнинг даромад солиғи, 4,7 млрд.сўми ёки 8,4 фоизи жисмоний шахсларнинг ер ва мол-мулк солиқлари, 9.4 млрд.сўми ёки 16,8 фоизи айланмадан олинадиган солиқ, юридик шахсларнинг ер солиғи ҳамда қолган 17,3 млрд.сўми ёки 30,9 фоизи эса бошқа солиқ ва йиғимларни ташкил этди.
Ўтган 3 ой мобайнида 289 та корхонадан ер солиғи, 274 корхонадан мол-мулк, 1795 корхонадан айланмадан олинадиган солиқ, 712 та корхонадан қўшилган қиймат солиқлари ундирилди.
Ҳурматли тадбиркорлар!
Зангиота тумани Давлат солиқ инспекцияси раҳбарияти, ходимлари солиқ соҳасига оид Сизни қизиқтирган барча саволларга жавоб бериш, тушунмаган, билмаганларингизни ўргатиш ва “Солиқчи-кўмакчи” тамойили асосида Сизга мунтазам равишда яқиндан кўмак, амалий ёрдам беришга доимо тайёрдирлар!

Шерали НАФАСОВ,
Зангиота тумани Давлат солиқ инспекцияси бошлиғи.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Ҳисобот

Тошкeнт тумани Давлат солиқ инспeкцияси бошлиғи Ихтиёр Хўжаяровнинг ҳисоботи ва тадбиркорларга мурожаати

👉 Батафсил

Ҳурматли тадбиркорлар!

Тошкент туман Давлат солиқ инспекцияси ходимлари солиқ соҳасига оид барча саволларингизга жавоб бериш, билмаганларингизни ўргатиш ва “Солиқчи – кўмакчи” тамойили асосида Сизга яқиндан ёрдам беришга доимо тайёрдирлар.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamlangan maxsus QR-kodni joylashtirish normalari belgilandi

🖊Joriy yil 2-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining
148-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari tomonidan mijozning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan, shuningdek, kirish va xaridorga ochiq bo‘lgan boshqa joylarda) 👇quyidagi ma’lumotlar joylashtirilishi kerak.

🔸yuridik shaxslar –
korxona nomi, STIR, joylashgan joyi (pochta manzili va ish rejimi) va ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod;

🔸yakka tartibdagi tadbirkorlar –
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik va ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi, JShShIR hamda ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod.

Bu soliq to‘lovchilar faoliyati shaffofligini taʼminlash bilan birga, soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berishda isteʼmolchilarga qulayliklar yaratadi.

Isteʼmolchilar ushbu QR-kodni skanerlash orqali savdo nuqtasi haqida to‘liq maʼlumotlarni bilib olishi, shuningdek soliq huquqbuzarligi sodir etilganda QR-koddagi maʼlumotlar asosida “Soliq hamkor” orqali xabar berishi mumkin.

#️⃣Ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirib beriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram