Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.7K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Forwarded from Hoja Hoja
#мурожаат

ҚИБРАЙ ТУМАНИ ДАВЛАТ СОЛИҚ ИНСПЕКЦИЯСИ БОШЛИҒИ Ш.ХАЛМАТОВНИНГ ҲИСОБОТИ ВА ТАДБИРКОРЛАРГА МУРОЖААТИ

👉Мурожаат

Қибрай туман Давлат солиқ инспекцияси
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Parkent tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Rovshanbek Ro‘ziboevning tadbirkorlarga murojaati.
#диққат_мурожаат

Оққўрғон тумани Давлат солиқ инспекцияси бошлиғи Бекзод Шомирзаевнинг тадбиркорларга мурожаати.

Батафсил

Оққўрғон тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати

👉каналга қўшилиш:👇
@oqqorgon_hokimligi
#мурожаат
#ҳисобот

📌 Чирчиқ шаҳри Давлат солиқ инспекцияси бошлиғи Шухрат Назаровнинг ҳисоботи ва тадбиркорларга мурожаати


▶️ Батафсил

👉Каналга уланиш: https://t.iss.one/CHIRCHIQ_RASMIY

🌏Facebook | 🔹 Instagram | 🎥 YouTube | 🌐 Web-site
#Ҳисобот

ЎРТАЧИРЧИҚ ТУМАН ДАВЛАТ СОЛИҚ ИНСПЕКЦИЯСИ БОШЛИҒИНИНГ ҲИСОБОТИ ВА ТАДБИРКОРЛАРГА МУРОЖААТИ.

👉
Батафсил

Ҳурматли тадбиркорлар! Ўрта Чирчиқ туман давлат солиқ инспекцияси ходимлари солиқ соҳасига оид барча саволларингизга жавоб бериш, билмаганларингизни ўргатиш ва “Солиқчи - кўмакчи” тамойили асосида сизга яқиндан ёрдам беришга доимо тайёрдирлар.

👉@urta_chirchiq_hokimligi
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti va tadbirkorlarga murojaati.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.


Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida 18-24-mart kunlari Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Chirchiq shahri, Ohangaron, Bo‘ka hamda Yangi yo‘l tumanlarida o‘tkazilgan uchrashuvlarda viloyatimizning barcha tumanlaridan jami 600 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, 2022-yilning I choragi davomida viloyat davlat soliq boshqarmasi mutaxassislari tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida jami 86 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, qariyb 8000 ta tadbirkorlik subyektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda Toshkent viloyatida 40 mingga yaqin tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritadi. Yil boshidan buyon “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida viloyatimizdagi 4350 ta korxonaning 3605 ta muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 3523 dan ortig‘i bevosita soliq organlariga aloqadar masalalar, 82 dan ortig‘i boshqa idora va tashkilotlarga aloqador muammolar soliq xodimlari ko‘magida hal etildi.

Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 5161 ta korxonadagi 13255 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi.

Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 1572 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 10610 nafar, qurilish korxonalarida 207 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 866 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 2 555,87 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda. Xususan, 2020-yilda yangi Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mulk solig‘i esa 5 foizdan 1,5 foizga tushdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi.

Natijada, Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning ham islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari viloyatda 1,5 baravar ko‘paygan bo‘lsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar soni 2022 yil 08 aprel holatiga 13782 taga yetdi.

Yana bir ahamiyatli jihati, qo‘shilgan qiymat solig‘idan qaytarilgan mavjud ortiqcha to‘lov miqdori 2022 yilning 08 aprel kuniga qadar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 avgustdagi VM-489-sonli Qaror talablari asosida manfiy qoldiq summasidan hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi umumiy xisobda 144 ta soliq to‘lovchilarning bank xisob raqamlariga 184 milliard 492,7 million so‘m qoplab berilgan.

2022-yilning I choragi davomida viloyatimiz soliq to‘lovchilari tomonidan 1 trln 190,7 mlrd so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 64,5 mlrd so‘mga ortig‘i bilan bajarildi. Budjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 1 trln 073,7 mlrd so‘mi, ya’ni 90,1 foizi yuridik shaxslar, 117,0 mlrd so‘mi yoki 9,9 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Soliq turlari bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak, tushumning 327,2 mlrd so‘m yoki 27,5 foizini jismoniy shaxslar daromad solig‘i, 328,6 mlrd so‘m yoki 27,6 foizini qo‘shilgan qiymat solig‘i, 71,6 mlrd so‘m yoki 6 foizini aksiz solig‘i, 41,8 mlrd so‘m yoki 3,5 foizini jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i hamda qolgan 421,5 mlrd so‘m yoki 35,4 foizini esa boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi.

Joriy yilning I-choragi mobaynida “Soliq hamkor” dasturi orqali Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 3 829 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarga asosan 2 272 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazildi. Bugungi kunga qadar murojaatlari o‘z tasdig‘ini topgan 782 nafar fuqarolarning bank plastik kartasiga 465,9 million.so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi.

Hurmatli tadbirkorlar! Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari soliq sohasiga oid barcha savollaringizga javob berish, bilmaganlaringizni o‘rgatish va “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida sizga yaqindan yordam berishga doimo tayyordir.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Raimov.
#Солиқчи_тадбиркорга_кўмакчи.

БEКОБОД ТУМАНИ ДАВЛАТ СОЛИҚ ИНСПЕКЦИЯСИ БОШЛИҒИНИНГ ТАДБИРКОРЛАРГА МУРОЖААТИ

Муҳтарам Президентимиз Шавкат Мирзиёев жорий йилнинг 16-март куни Давлат солиқ қўмитасига ташрифи давомида соҳани такомиллаштириш, хусусан солиқ тизимини рақамлаштириш, солиқ тўловчиларга хизмат кўрсатиш сифати ва кўламини ошириш, шунингдек, “Солиқчи - кўмакчи” тамойили асосида тадбиркорлар билан бевосита мулоқотга киришиб, уларнинг муаммоларини ўрганиш ва солиқ қонунчилигидаги ўзгаришларни тушунтириш юзасидан бир қатор топшириқлар берганди.

▶️Батафсил ҳаволада👈

✍️Бекобод тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk
#yеr_solig‘i

‼️Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!

☝️Biz to‘layotgan soliqlar:

🏞mamlakatimiz obodligi;
🛣yo‘llarning ravonligi;
📚ta’lim;
🏥sog‘liqni saqlash;
⚔️mudofaa tizimi rivojiga sarflanadi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NT__NURAFSHON_XABARLARI_7_04_2022_19_00_NEW OLMALI SHAHRI
#uchrashuv
#Quyi_Chirchiq

✔️Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Imomov boshchiligida, Quyi Chirchiq tuman prokuraturasi va tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan birgalikda tumandagi MFY larga biriktirilgan hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari,tuman yoshlari va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔷Uchrashuvda bugungi kundagi dolzarb vazifalar, yoshlarni har tomonlama qullab- quvvatlash va tadbirkorlarning ish faoliyatida uchrayotgan muammolari va takliflari eshitildi.

Tadbir juda qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

⚙️ Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida joriy yil 9-aprel soat 06:00 dan 12:00 gacha Davlat soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida texnik ishlar amalga oshiriladi.

🛠Texnik ishlar davomida my.soliq.uz portalidagi ayrim elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
__
Уважаемые налогоплательщики❗️

⚙️ В целях дальнейшего повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам 9 апреля текущего года с 06:00 до 12:00 часов в Центре обработки данных Государственного налогового комитета будут проводиться технические работы.

🛠В связи с этим возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг портала my.soliq.uz.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Балиқчилик: ҳар бир оила ойига 15 миллион сўм даромад топади
#8apr #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Soliqda xaftalik dayjest.

👉Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

👉Ohanganron shahrida 4-sektor rahbari tomonidan yoshlar bandligi ta’minlanmoqda.

👉Tadbirkorlar bilan ochiq va do‘stona muloqot.

👉Kasaba uyushmalari qo‘mitalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

👉“E-ijara”da 44 mingdan ortiq ijara shartnomasi ro‘yxatga olindi.

👉Joylarda korrupsiyaning salbiy oqibatlari tushuntirilmoqda.

👉Parkent tumani 4-sektor rahbari ushbu hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 5161 ta korxonadagi 13255 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi.

✳️Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 1572 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 10610 nafar, qurilish korxonalarida 207 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 866 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 2 555,87 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

✔️Bu boradagi ishlarning uzviy davomi sifatida kuni kecha Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda Qibray tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari “Red House Business” ma’suliyati cheklangan jamiyati umumiy ovqatlanish shahobchasida bo‘ldilar.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Parkentda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 5 mingdan oshdi.

‼️Parkent tumanida joriy yilning 31-mart holatiga tumani bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 5 ming 388 nafarni tashkil qildi. Xususan, ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha 416 nafar, sanoat yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar 350 nafar, qishloq xo‘jaligi yo‘nilishi bo‘yicha 1 ming 888 nafar, axborot kommunikatsiya yo‘nalishlarida 48 nafar, maishiy xizmatlar ko‘rsatish 634 nafar va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyat turlari bo‘yicha 203 nafar ro‘yxatga olinib bandiligi ta’minlandi.

🔰Xususan, Parkent tumanining “Yoshlik” mahallasi M.Zamaxshariy ko‘chasida istiqomat qiluvchi Sayyora Adashova inkubatorda jo‘jalar ochirib, tovuqchilik bilan shug‘ullanadi. U o‘zini o‘zi band qilgan yurdoshlarimizdan biridir. Sayyora Adashova inkubatorlarni subsidiya orqali olib, endilikda oilasining daromadini oshirib kelmoqda.

✳️Parkentda bunday o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ushbu mahallada yashovchi “Ayollar daftar”ida turgan Fotima Ziyaviddinova bugungi kunda subsidiya asosida o‘z xonadonida issiqxona tashkil qilgan.Hozirda ushbu issiqxonada yetishtirilgan mahsulotlar bilan ichki bozorimizni ta’minlab keladi.

📍Mazkur tumanning Yangi Navbahor mahalla fuqarolar yig‘ini Navbahor ko‘chasida istiqomat qilaman-deydi, Orzibi Mirxaitova. Yarim yil oldin “Ayollar daftari”da turardim, soliq organi xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgandan keyin o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdim. Davlatimizdan 33 mln. so‘m imtiyozli kredit olib, uzumni quritgan holda qayta ishlash, ya’ni mayiz tayyorlashni yo‘lga qo‘ydim. Endilikda oilamiz daromadi oshib bormoqda.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.