Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.1K photos
1.83K videos
118 files
4.34K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#savol_javob

O‘zbekiston Respublikasida ishlovchi chet el fuqarosi qanday soliqlarni to‘laydi?

O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi norezident bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi. (Soliq kodeksi 364-modda)

Norezidentlarning O‘zbekistonda mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olgan daromadlari 20% miqdorida daromad solig‘iga tortiladi. (Soliq kodeksi 382-modda)

📊Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish obyekti hisoblanadi va ushbu xarajatlarga belgilangan tartibda soliq solinadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Bekobod_tumani
#hokim_yordamchisi

Hokim yordamchisi bilan bir kun

🏘Bekobod tumani 4-sektorga qarashli Farhod mahallasiga briktirilgan hokim yordamchisi Sardor Ismoilov Mahalla telekanali muxbiri Mavludaxon Sharofova bilan hokim yordamchisi bilan bir kun loyihasi uchun koʻrsatuv tayyorladi.

Bunda mahalladagi ishsiz boʻlgan fuqarolar hozirgi kunda qanchasi oʻz tomorqa xoʻjaligida band boʻlganligi, imtiyozli kredit olish istagida boʻlgan aholi qatlami boʻyicha olib borayotgan ishlari bilan tanishtirdi.

🎞Batafsil koʻrsatuv eferga uzatilgandan soʻng beriladi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#Bekobod_tumani
#4_sektor   #Obodlik_sari

🌿Bahor yaqinlashib kelar ekan, yurtimizning har bir manzilida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal tus oladi.
🏘Shunday manzillardan biri Bekobod tumanining Farhod mahallasi bo‘lib, ayni damda mahallada sektor rahbari va tegishli mutasaddilar boshchiligida mahalla faollari ishtirokida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Zero, yurt obodligi yo‘lida qilinayotgan ishlarning barchasi vatan ravnaqiga qo‘shayotgan xissamizdir

✍️Bekobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi
Soliq xizmati-insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori!

♻️Davlatimiz rahbarining 2020- yil 30- oktyabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan soliq organlarining yangi strukturasi tasdiqlangan bo‘lib, yangi strukturaga muvofiq Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi bo‘limlari tarkibida “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash” shoʻbalari tashkil etildi.

🔰Natijada Davlat soliq idoralari tizimida “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili ostida tadbirkorlik sub’yektlariga keng ko‘lamli amaliy yordamlar berib kelinmoqda. Jumladan Davlat soliq qo‘mitasining 2021- yil 7-yanvardagi 10-sonli buyrug‘iga asosan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida shoʻba hodimlariga yangi ish boshlagan tadbirkorlik sub’yektlariga soliq rejimini tanlashda maslahat berish, tadbirkor tomonidan amaliy yordam so‘ralganda dastlabki buxgalteriya hisobini yuritishga, hisobotlarini topshirishga ko‘maklashish, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, va boshka mavjud muammolarini o‘rganish va yechim topish bo‘yicha bir qancha vazifalar belgilangan.

❇️Mazkur tamoyil bugungi kunda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi faoliyatidagi asosiy yo‘nalishga aylanib ulgurgan.

‼️Ushbu tamoyil asosida boshqarmaning “Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi” “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash” shoʻbasi xodimlari tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarining buxgalteriya hisobini yuritish hamda soliq hisobotlarini taqdim etishda aniqlangan kamchiliklarni tuzatishlar kiritishda yordam ko‘rsatilishi natijasida 2022 yilning yanvar-fevral oylari davomida 510 ta sub’yektlarga soliq hisobotlari yuborilishida va xatoliklari bartaraf etilishida amaliy yordamlar berildi.

Shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid islohatlarni izchil davom ettirish, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish maqsadida Nurafshon hamda Yangyo‘l shahri tadbirkorlik sub’yektlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Prezidentimizning qisqa fursatda yangi ish o‘rinlari yaratish uchun kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020 yil 8 iyun kuni «Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi.

✳️Qaroriga asosan, o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati kengaytirildi.

‼️Bu borada Toshkent viloyati soliq organlarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan

MUTAXASSIS SНARHI