Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
121 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#online_muloqot

🔰Bugun Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan "2022-yil uchun soliq siyosati: yangiliklar, o'zgarishlar va imtiyozlar", shuningdek, “E-aktiv”, “E-ijara”, “E-imtiyoz” dasturlarining afzalliklari bo‘yicha Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi hamda hududiy inspeksiya xodimlari uchun online tarzda (ZOOM orqali) o‘quv, amaliy seminari tashkil etildi.

❇️Mazkur seminarda onlayn platforma orqali barcha tuman-shaharlarda hudud vakillari ishtirok etdilar.

✳️Onlayn muloqot davomida Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan sohaga oid amaldagi qaror-farmonlar va ularning ahamiyati yaqindan tanishtirildi.

‼️Shuningdek, o‘quv seminarida davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish natijasida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan “E-aktiv”, “E-ijara” tizimlari bo‘yicha 2022-yilda joriy qilingan yangiliklar, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritish tartiblari bo‘yicha ham so‘z yuritildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
📌Avval xabar berganimizday joriy yil 1-yanvardan boshlab savdo obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga umumiy xarid summasidan 1 foizini (cashback) qaytarish tizimi joriy etilgan edi.

🔊Ushbu yangilikni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan Toshkent tumanidagi aholi gavjum joylarda targ‘ibot ishlari olib borildi. Unda cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, shuningdek, chek berilmagan hollarda “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yo‘llash imkoniyatlari tushuntirildi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda xarid qilingan tovar (xizmat)lar qiymatidan 1% keshbekka ega bo‘lish imkoniyati isteʼmolchilar orasida tobora ommalashib bormoqda.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
👀Ko‘p uchraydigan savollarga javob

Savol:
Jamiyatning yeriga o‘tgan yili mevali daraxt ko‘chatlari ekilgan. Bizga yer solig‘idan imtiyoz bormi?
🖌Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 428-moddasiga asosan yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar, uch yil muddatga soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiradi.
Kuzda o‘tqazilgan yangi ko‘chatlar uchun beriladigan soliq imtiyozi muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning 1-yanvaridan e’tiboran boshlanadi, bahorda o‘tqazilgan ko‘chatlar uchun esa joriy soliq davrining 1-yanvaridan e’tiboran boshlanadi.
👀Ko‘p uchraydigan savollarga javob

Savol:
Bizning jamiyatning issiqxonasiga o‘tgan yili limon ko‘chatlari ekilgan. Bizga mol-mulk solig‘idan imtiyoz bormi?

🖌Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 414-moddasiga asosan mol-mulk solig‘i hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o‘rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi.
👀Ko‘p uchraydigan savollarga javob

Savol:
Biz korxona balansida bo‘lgan bino va inshoatlarni xar yili qayta baholashimiz kerakmi?

🖌Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4938-sonli qarori 9-bandiga asosan 2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun asosiy fondlarning har yillik, mikrofirma va kichik korxonalar uchun 3 yillik majburiy qayta baholash tartibi bekor qilingan.