#Bilasizmi
Mol-mulk solig‘ini to‘lashda kimlar imtiyozga ega?
🔘 Quyidagilarning mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi (https://lex.uz/docs/4674902):
▪️ «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning;
▪️ urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;
▪️ sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini
bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari);
▪️ energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.
🔘 Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:
➖ o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining;
➖pensionerlarning;
➖I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning.

Narx-navo barqarorligi ma’sullar e’tiborida.
📌Kuni kecha Respublikamizda kuzatilgan elektr tarmoqlaridagi uzulish holatidan so‘ng Toshkent viloyatining ayrim hududlari xususan, Bekobod shahri hamda Bekobod tumanlarida haligacha tiklangani yo‘q.
⚡Shu sabab narx-navoning asossiz ravishda oshishi oldini olish maqsadida hududlarda viloyat davlat soliq boshqarmasi, Bekobod tumani hamda Bekobod shahar soliq inspeksiyalari xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etildi.
🍞Ishchi guruhi a’zolari aholi uchun zarur bo‘lgan non, ichimlik suvi va shu kabi birlamchi ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarini o‘rganish maqsadida hududlardagi qolipli non syexlarida ham bo‘ldilar.
♦Aytish kerakki, hududlarda elektr energiyasi uzilib qolganiga qaramay, syexlar o‘z faoliyatlarini elektr generatorlar yordamida davom ettirib, aholiga kun-u tun xizmat qilib kelmoqda.
🔷Shuningdek, mutasaddilar savdo do‘konlari egalari va korxona boshliqlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazib, asossiz nahlarni oshirmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlarini ham olib bordilar.
✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq qonunchiligidagi o'zgarishlar
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Chirchiq shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Pirnazarov Xaydar Shovkatovich Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Xaydar Pirnazarov 1988- yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Soliq tizimidagi ish faoliyatini 2019- yilda Toshkent shahar Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi Profilaktik tadbirlarni o'tkazish sho'basi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan.
Haydar Pirnazarov bugunga qadar Chirchiq shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Davlat soliq qo‘mitasi buyrug‘iga asosan, Imomov Shuxratali Tayirovich Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuxratali Imomov 1977- yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005- yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Soliq tizimidagi ish faoliyatini 1999- yilda Toshkent viloyati Zangiota tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo'limi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan.
Shuxratali Imomov Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganga qadar Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Oilali, 4 nafar farzandi bor.

#обод_маҳалла
#ўрганиш
Havoning qulayligi og‘ir hududdagi ish jarayonlariga qo‘l kelmoqda
♻️Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari B.Meliyev, Qibray tumani hokimi M.Mirkasimov va tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Xalmatovlar bilan birgalikda 4 sektor xududidagi "Jomiy" va "Nurobod" mahallalaridagi ish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
✅Ma’lumki tumandagi og‘ir hududlarga kiruvchi ushbu mahallalarda yashovchi aholiga qulaylik yaratish maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish, qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
📌Mutasaddilar "Nurobod" mahallasining "Kamolot" ko‘chasiga asfalt qoplamasini yotqizish uchun amalga oshirilayotgan (sheben yotqizish, oqava suvlar uchun beton ariqlar qurish) birlamchi ishlarning borishi bilan yaqindan tanishib, mazkur ishlarni tez kunda yakuniga yetkazish yuzasidan mas’ullarga qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
❇️Shuningdek, 4-sektor rahbari Sh.Xalmatov hamda hokim yordamchisi bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muxtoj xonadonlar holidan xabar olinib, bir nechta xonadonlarning muamolari bartaraf etildi.
✅ Jumladan,''Kamolat'' ko‘chasi 27-uyda yashovchi N.Magrupovaga tibbiy yordam ko‘rsatilib, Qibray tumani markaziy shifoxonasiga davolanish uchun yo‘lanma berildi.
✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

#QQS
Nima uchun QQS to‘lovchining ofis maydoni 18 m² dan kam bo‘lmasligi kerak❓
📝 Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qarori (22.09.2021) bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, QQS to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda soliq xavfi darajasini aniqlash maqsadida soliq organlari ularning joylashgan joyi manzilini o‘rganishga haqli.
📍Bunda mulk huquqi yoki ijara yoxud tekin foydalanish asosida bitta yuridik shaxsga o‘rtacha 18 m² dan kam ma’muriy maqsadlarda foydalanayotgan maydon (ofis) to‘g‘ri kelsa nominal manzil deb e’tirof etiladi.
‼️O‘zbekistonda o‘rnatilgan shaharsozlik me’yorlariga muvofiq (“Jamoat binolari va inshootlari” ShNQ 2.08.02-09) ishchi xonalar va kabinetlar 1 shtat xodimiga kamida 6 m² maydon to‘g‘ri kelishi hisobidan loyihalanadi.
Yuridik shaxsning rahbari kamida 3 nafar xodimga ega bo‘lishi hisobga olinsa, binolarning (ofis) minimal maydoni 18 m² ni tashkil qiladi.
Ushbu me’yor real iqtisodiy faoliyatni amalga oshirmaydigan subyektlarni (xususan, bir vaqtning o‘zida bir nechta yuridik shaxs “ommaviy ro‘yxatga olish” manzilida ro‘yxatdan o‘tganligini) aniqlash maqsadida o‘rnatilgan.
Vazirlar Mahkamasining 22.09.2021-yildagi 595-sonli qarorida nazarda tutilgan mezonlar faqat QQS to‘lovchilarini xavf guruhlariga ajratish uchun qo‘llaniladi va QQS to‘lovchisi hisoblanmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar, o’zini o’zi band qilganlar, oilaviy korxonalar va yuridik shaxslarga qo‘llanilmaydi.
❗️Bunda, ushbu mezonlar tadbirkorlik faoliyatini taqiqlash uchun asos bo‘lmaydi, balki faqat QQS to‘lovchisi maqomiga muvofiqlik ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.