Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
12.3K photos
1.69K videos
112 files
3.87K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Ona tili – millatning ruhi, or-nomusidir.

🔰O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati soliq boshqarmasining barcha hududiy inspeksiyalarida “Til-millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

❇️Xususan, kuni kecha Oqqo‘rg‘on tumanining 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan ma’naviy-ma’naviy tadbir “Ona tilim-o‘z tilim” deb nomlandi.

♻️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi, Oqqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi hamda 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda soliq organi xodimlari, maktabning o‘qituvchi hamda o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni maktab direktori Nizomiddin Botirov ochib, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida” gi Qonunining mazmun-mohiyati hamda o‘zbek tilining tarixi haqida ma’lumot berdi.

‼️E’tirof etilganidek, istiqlol yillarida davlat tilini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, uni milliy qadriyatga aylantirish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, soliq organlarida ham har yili 21- oktyabr kunini til bayrami sifatida nishonlash an’anaga aylandi.

Mazkur adabiy kechada so‘z olganlar ham o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boyligimiz ekanligini ta’kidladilar.

🌱Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlardan sahna ko‘rinishlari namoyish qilinib, ona tilimiz haqida she’r va qo‘shiqlar ijro etildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Soliqchi-tadbirkorga yaqin ko‘makchi.

📌«Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi» tamoyili bugungi kunda Toshkent viloyati davlat soliq idoralari faoliyatidagi asosiy yo‘nalishga aylanib bormoqda.

Xususan, viloyatda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning aniq holat va faktlar bilan asoslangan barcha shakldagi – yozma, og‘zaki va ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborgan murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirib, «Soliqchi-ko‘makchi» tamoyili asosida ularning masalalari qonuniy hal etilishida ko‘mak berilmoqda.

Bundan tashqari korxonalarga chiqqan holda tadbirkorlik sub’yektlariga soliq qonunchiligidagi yangiliklar, soliq to‘lovchilarning huquq va manfaatlari keng tushuntirilmoqda.

Tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish hamda ularga ko‘mak berish maqsadida o‘tkazilgan galdagi targ‘ibot tadbiri Oqqo‘rg‘on tumanida “OQQO‘RGʻON BARAKA CHEVARLARI” MCHJda tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, mazkur korxona 2020 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 300 nafar xodimni ish bilan ta’minlagan.

🔷Korxonaning yillik aylanmasi 2021 yilda 1,7 mln.AQSH dollorini tashkil etgan
-2020 yil iyun oyida ushbu korxonani tashkil etganmiz,-deydi korxona rahbari Akmal Yusupov. Hozirgi kunda soliq o‘rgani xodimlari bilan xamkorlikda ishlab kelmoqdamiz, tadbirkorlarga berilgan xar qanday imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berilib, yordam qo‘rsatilib kelinmoqda. 2021 yilning so‘ngiga qadar 2,5 millon AQSH dollorli mahsulot eksport qilishni rejalashtirganmiz va qo‘shimcha 200 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlashni maqsad qilganmiz.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
🔹Bugun Bo'ka tumani DSI da tumangagi tadbirkorlik sub'ektlari muammolarini o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi.

🔹Uchrashuvda, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining ma'sul xodimi O.Saidov, tuman DSI 4-sektor rahbari A.Kadirov, "Tadbirkorlikni qo'llab quvvatlash sho'basi" boshlig'i Sh.Siddiqov va 20 nafar tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etishdi.

♻️Tadbirkorlik sub'ektlari ozlarini mavjud dastlabki buhgalteriyasini yuritish,soliq rejimini tanlash,QQS hisobotlarida dasturdagi mavjud muammolar va ortiqcha to'lovlarni qaytarish,online NKM ishlatishdagi savollari va muammolari bilan murojaat qilishdi. DSI bilan bog'liq muammolar joyida hal etildi va savollariga ijobiy javoblar olindi.

✍️Bo‘ka tumani davlat soliq inseksiyasi.