Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#elon #объявление
KONSALTING TASHKILOTLARI DIQQATIGA
Davlat soliq qo‘mitasi konsalting tashkilotlarini “Davlat – xususiy sheriklik asosida “Ishonchli hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishda konsalting xizmatlarini ko‘rsatish” bo‘yicha eng yaxshi takliflar tanloviga taklif etadi.
Tanlovda ishtirok etish haqida batafsil maʼlumotlar ushbu havolada
Takliflar 2021-yil 4-oktabr soat 20:20 gacha qabul qilinadi.
______________
ВНИМАНИЮ КОНСАЛТИНГОВЫХ КОМПАНИЙ!
Государственный налоговый комитет приглашает консалтинговые компании к участию в отборе лучших предложений на «Оказание консалтинговых услуг по подготовке к реализации проекта «Разработка и внедрение автоматизированной информационной системы «Ишончли хамкор» на основе государственно-частного партнерства».
Документация по отбору лучшего предложения доступна по ссылке
Предложения принимаются до 20:20 4 октября 2021 г.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

#QQS
13 500 ta korxonaning ta’sischi ma’lumotlari to‘liq ko‘rsatilmagan
Davlat soliq qo‘mitasi maʼlumotlar bazasi negizida markaziy maʼlumotlar bazasi ishga tushirildi. (VM-539-son qarori, 4.09.2020-yil). Unga 503 391 ta yuridik shaxs hisob ma’lumotlari kiritilgan.
Bunda yuridik shaxslar ta’sischisi haqidagi ma’lumotlarning haqqoniyligi soliq xizmatlari ko‘rsatishda muhim omil hisoblanadi.
Shunga asosan, bazadagi yuridik shaxslar hisob ma’lumotlari xatlovdan o‘tkazildi. Natijada ularning 496 505 tasi ta’sischi ma’lumotlarini kiritganligi aniqlandi. Shundan:
▫️483 005 ta korxonaning ta’sischi ma’lumotlari to‘liq aks ettirilgan.
▫️13 500 ta korxona ta’sischi ma’lumotlari – 1 738 tasida JShShIR, 10 530 tasida STIR aks ettirilmagan.
Eslatma! Kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilganda QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tish uchun taqdim etilgan arizani rad etish yoki QQS guvohnomasini vaqtincha to‘xtatish choralari ishlab chiqilmoqda.

#hamkorlik
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi
21-sentabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev va Rossiya Federal Soliq xizmati rahbari Daniil Yegorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda shu yilning 14-aprel kuni Toshkentda imzolangan bitimning bajarilishi va O‘zbekiston Respublikasida kelgusida soliq maʼmuriyatchiligini yanada raqamlashtirishga qaratilgan ishlar batafsil muhokama qilindi.
Xususan, tomonlar joriy yil oxirigacha soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalarini tahlil qilish va aniqlashni o‘z ichiga olgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini monitoring qilishning avtomatik tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni yakunlashga kelishib oldilar.
Shuningdek, onlayn kassa texnikalari va elektron cheklar tahliliy tizimini ishga tushirilishi kutilmoqda. Tizim chakana savdo obyektlarining onlayn nazorat-kassa texnikalari bilan qamrab olish darajasini baholash, shuningdek, tovarlar va xizmatlar realizatsiyasi tarkibi haqida jamlangan maʼlumotlarni avtomatik tarzda olish imkonini beradi.
Yirik hajmli maʼlumotlarni qayta ishlash sohasida tajriba almashish uchun shu yil oktyabr oyida Davlat soliq qo‘mitasi bir guruh dasturchilari va maʼlumotlar bazasi administratorlarini Moskva shahriga yuborish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Sherzod Kudbiyev ikki davlat soliq xizmatlari o‘rtasidagi yaqin va samarali hamkorlik uchun Rossiya Federal Soliq xizmati rahbariga minnatdorlik bildirdi va uni yaqin kunlarda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi.
O‘z navbatida, Daniil Yegorov O‘zbekiston rahbariyati tomonidan soliq maʼmuriyatchiligida amalga oshirilgan izchil islohotlarning samaralarini qayd etib o‘tdi.
Xususan, elektron hisobvaraq-fakturalarga to‘liq o‘tish, tovarlar va xizmatlarni kodifikatsiyalashni joriy etishdagi muvaffaqiyatli tajriba rossiyalik hamkasblarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Davlat soliq qo‘mitasi delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davom etmoqda.

#Bekobod_tumani
#Saylov✅
📌Bugun Bekobod tumani 4-sektorga qarashli Turon va Saryuz mahallalarining saylov uchastkalarida sektor xodimlari, saylov komissiyasi a`zolari, mahalla raislari va ko`chaboshlari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi.
👨🏻💻Yig`ilishda asosiy ko`rilgan masalalar - saylovchilarni ro`yxatga olish va ularning elektron bazasini shakllantirish bo`lib, bu bo`yicha yig`ilish qatnashchilariga qator topshiriqlar berildi.
✍🏻Bekobod tumani davlat soliq inspeksiyasi
➡️@soliq_bekobod_t⬅️

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_solig‘i
☝️15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni
⚡️Endilikda soliq to‘lovchilar o‘z hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarini soliq.uz saytidan oson aniqlashi mumkin.
🔹Jismoniy shaxslar ushbu soliqlarni uydan chiqmagan holda Soliq, Payme, Click va boshqa mobil ilovalar orqali ham to‘lashlari mumkin.
Mol-mulk va yer solig‘i haqida batafsil
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
☝️15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni
⚡️Endilikda soliq to‘lovchilar o‘z hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarini soliq.uz saytidan oson aniqlashi mumkin.
🔹Jismoniy shaxslar ushbu soliqlarni uydan chiqmagan holda Soliq, Payme, Click va boshqa mobil ilovalar orqali ham to‘lashlari mumkin.
Mol-mulk va yer solig‘i haqida batafsil
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Hurmatli soliq to‘lovchilar!
⚙️Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida 23-sentabr kuni soat 19:00dan 23:00gacha Davlat soliq qo‘mitasi Maʼlumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshirilishini ma'lum qilamiz.
🛠Profilaktika ishlari davomida my.soliq.uz portalidagi ayrim elektron soliq xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
__________________
Уважаемые налогоплательщики!
⚙️ В целях повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам 23 сентября с 19:00 до 23:00 часов в Центре обработки данных Государственного налогового комитета будут осуществляться профилактические работы.
🛠В связи с профилактикой возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг портала my.soliq.uz.

67 ta korxonada rahbar bo‘lgan shaxsning barcha korxonasi budjetdan qarz
Bir shaxs bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq korxonaga rahbarlik qilishi qonunchilikda taqiqlanmagan. Shu bilan birga, har bir rahbar boshqaruvidagi korxonalarning soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashi lozim.
Hozirgi kunda 47 784 ta soliq to‘lovchi rahbari bir vaqtning o‘zida 113 855 ta subyektga rasman rahbarlik qilib kelmoqda.
Ular orasida shunday shaxslar borki, turli korxonalarning rahbari bo‘lib ishlagani holda o‘z boshqaruvidagi korxonalarning soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlamagan.
Xususan, fuqaro S. N. rahbar bo‘lgan 67 ta korxonaning budjetga to‘lanmagan 33,1 mln so‘m soliq qarzi (bitta korxonada o‘rtacha 495 ming so‘m) mavjud.
Bugungi kunda bir shaxs bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq korxonaga rahbarlik qilayotgan korxonalarning budjet oldidagi qarzdorligi jami qarzdorlikka nisbatan 34 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 302 ta shaxs rahbarlik qilayotgan 5 066 ta subyekt soliq hisobotini kechikib topshirganligi sababli ular tomonidan budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar o‘z vaqtida hisoblanmasligiga sabab bo‘lgan.
Eslatma! Kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilganda QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tish uchun taqdim etilgan arizani rad etish yoki QQS guvohnomasini vaqtincha to‘xtatish choralari ishlab chiqilmoqda.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
67 ta korxonada rahbar bo‘lgan shaxsning barcha korxonasi budjetdan qarz
Bir shaxs bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq korxonaga rahbarlik qilishi qonunchilikda taqiqlanmagan. Shu bilan birga, har bir rahbar boshqaruvidagi korxonalarning soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashi lozim.
Hozirgi kunda 47 784 ta soliq to‘lovchi rahbari bir vaqtning o‘zida 113 855 ta subyektga rasman rahbarlik qilib kelmoqda.
Ular orasida shunday shaxslar borki, turli korxonalarning rahbari bo‘lib ishlagani holda o‘z boshqaruvidagi korxonalarning soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlamagan.
Xususan, fuqaro S. N. rahbar bo‘lgan 67 ta korxonaning budjetga to‘lanmagan 33,1 mln so‘m soliq qarzi (bitta korxonada o‘rtacha 495 ming so‘m) mavjud.
Bugungi kunda bir shaxs bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq korxonaga rahbarlik qilayotgan korxonalarning budjet oldidagi qarzdorligi jami qarzdorlikka nisbatan 34 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 302 ta shaxs rahbarlik qilayotgan 5 066 ta subyekt soliq hisobotini kechikib topshirganligi sababli ular tomonidan budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar o‘z vaqtida hisoblanmasligiga sabab bo‘lgan.
Eslatma! Kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilganda QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tish uchun taqdim etilgan arizani rad etish yoki QQS guvohnomasini vaqtincha to‘xtatish choralari ishlab chiqilmoqda.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Intizomli soliq to‘lovchilarga QQS summasi 7 kunda qaytariladi
📜Vazirlar Mahkamising “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yana-da takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi (595-son 22.09.2021 y.).
Mazkur qaror bilan intizomli soliq to‘lovchilarga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarishni tezlashtirilgan tartibda amalga oshirilishi belgilanmoqda.
📌Soliq to‘lovchilarni QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibiga ko‘ra soliq organlari tomonidan ularning faoliyati 7 kunlik muddatda avtomatlashtirilgan tizim orqali tahlildan o‘tkazilishi va soliq xavfining past, o‘rta hamda yuqori darajalariga ajratilishi nazarda tutilgan.
🟢 soliq xavfi past darajada bo‘lgan soliq to‘lovchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladi va hech qanday soliq nazorati tadbirlari amalga oshirilmaydi;
🟡 soliq xavfi o‘rta darajada bo‘lgan soliq to‘lovchilar keyingi keladigan o‘n ikki oy ichida soliq nazoratining tekshiruv tadbirlarini o‘tkazish sharti bilan maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
🔴 soliq xavfining yuqori darajasiga tushgan soliq to‘lovchilarning arizasi rad qilinishi yoki mavjud QQS guvohnomalari ushbu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar avtomatik ravishda vaqtincha to‘xtatilishi belgilanmoqda.
Shuningdek, QQS summasini hisobga olish huquqi soliq to‘lovchilarda hamda ularning kontragentlarida faol QQS guvohnomasining mavjudligi bilan belgilanmoqda.
❗️2022-yil 1-yanvardan QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun quyidagilar majburiy hisoblanadi:
🔹asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan avtomat tizimida aks ettirish;
🔹xo‘jalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yo‘q qilinganda va hisobdan chiqarilganda 3 ish kunidan kechiktirmasdan “E-aktiv” AATda aks ettirish.
✅ 2022-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yiladi. Bunda hisobga qo‘yish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.
Kiritilayotgan o‘zgartirishlardan asosiy maqsad, intizomli soliq to‘lovchilarni turli soliqdan qochish sxemalaridan foydalanayotgan ayrim tadbirkorlik subyektlari bilan iqtisodiy munosabatlarga kirish xavfidan saqlashdir.
Soliq to‘lovchilarga ko‘maklashish maqsadida ularning shaxsiy kabinetida “Mening holatimni tekshirish” imkoniyati yaratildi. Bu orqali ushbu tartib kuchga kirgunga qadar soliq xavfining yuqori darajasiga tushishi hamda mavjud guvohnomani vaqtincha to‘xtatilishiga sabab bo‘ladigan kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatma: ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab 3 oydan so‘ng kuchga kiradi

#4_sektor
🏘Bekobod tumani 4-sektorga qarashli mahallalarda joylashgan xonadonlarni tuman DSI va kadastr bo
⚡️Zero, bizning asosiy vazifamiz ham, ana shunday qiyinchilikka uchragan aholining muammolarini maksimal darajada hal etib, ularning farovon yashashlarini ta`minlashdir.
✍🏻Bekobod tumani davlat soliq inspeksiyasi
#4_sektor
🏘Bekobod tumani 4-sektorga qarashli mahallalarda joylashgan xonadonlarni tuman DSI va kadastr bo
limi xodimlari bilan birgalikda xatlovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda.
📌Bundan ko
zlangan asosiy maqsad, aholini qiynayotgan muammolar va ularning yechimi; shuningdek, ularning orasidan haqiqatdan ham ijtimoiy himoyaga muxtoj va og‘ir sharoitdagilarini saralab olib, birinchi navbatda ularning muammolarini hal etishdir. ⚡️Zero, bizning asosiy vazifamiz ham, ana shunday qiyinchilikka uchragan aholining muammolarini maksimal darajada hal etib, ularning farovon yashashlarini ta`minlashdir.
✍🏻Bekobod tumani davlat soliq inspeksiyasi
Sektor hududidagi ahvol o‘rganilmoqda.
✍️Angren shahrida 4-sektorga qarashli mahallalardagi xonadonlar shahar DSI va kadastr hodimlari bilan birgalikda xatlovdan o‘tkazilmoqda.
🔗Bundan ko‘zlangan maqsad - odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlash, vujudga kelgan va mavjud muammolarni hal etish, masalalarga ijobiy yechim topish, shuningdek, haqiqatdan ijtimoiy himoyaga muxtoj va sharoiti og‘ir oilalarni saralash va ularga ko‘maklashishdan iborat.
🖇Shu kunlarda 4-sektor tomonidan 9 ta mahalladagi mavjud ko‘p qavatli uylar hamda yakka tartibdagi turar-joylarda "mahallabay", " xonadonbay" tizimi joriy etilgan va har bir xonadon holati o‘rganilmoqda.
👉Angren_DSI👈

Forwarded from Дилдора Хашимова
https://www.youtube.com/watch?v=CB5Byql4Fcs ушбу ҳавола орқали кириб савол ва таклифларингизни юборинг.
YouTube
E-ijara – ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish interaktiv xizmati
Seminar dasturida
🔘 E-ijara interaktiv xizmatning o‘ziga xos xususiyatlari
🔘 Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish tartibi
Boshlanish vaqti – 🕙 16:00
🌐 Savollaringizni ❓jonli efir izohlarida yozib qoldirishingiz mumkin.
✅ Mutaxassislar…