Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.47K subscribers
12.4K photos
1.7K videos
112 files
3.91K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#Sayyor_qabul

4-sektor rahbari sayyor qabulda


Kecha, Toshkent tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi, 4-sektor rahbari Sanjar Abduvaliyev boshchiligida sektor hududidagi Oltintepa mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.

Unda, tuman Xalq qabulxonasi rahbari Nigʻmat Muxamedov ham ishtirok etdi.

Masʼul korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etgan qabul davomida 20ga yaqin fuqaroning yoʻl infratuzilmasi, elektr taʼminoti, subsidiya va moddiy yordam yoʻnalishidagi murojaatlari tinglanib, ularning yechimi izlandi.

Har bir murojaat tegishliligi boʻyicha korxona yoki tashkilot rahbariga biriktirilib, yechimi boʻyicha muddat belgilandi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2025-yil 1-fevraldan...

👉2030-yil 1-yanvargacha
O'zbekiston Respublikasi norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 mln AQSh dollaridan oshgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni ko'rsatishdan olgan daromadlari qismida (shu jumladan, royalti to'lanadigan) foyda solig'ini to‘lashdan ozod qilinadi.
❗️Istisno - O'zbekiston Respublikasi bilan ikki yoqlama soliq solishning oldini olish to'g'risida bitim tuzgan davlatlarning soliq rezidentlari mustasno.

👉2040-yil 1-yanvarga qadar jami daromadi tarkibida eksport hajmi 50 foizdan ortiq boʻlgan IT-park rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari) – Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari singari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hamda foyda soligʻining 5% stavkasini tatbiq etiladi.
______
#новое_в_законодательстве

С 1 февраля 2025 года...

👉По 1 января 2030 года юрлица-нерезиденты РУз,
объем экспортных услуг которых в течение календарного года превысил 10 млн долларов США, освобождаются от уплаты налога на прибыль в части доходов от оказания услуг в сфере информационных технологий резидентам Технологического парка программных продуктов и информационных технологий (в том числе по которым выплачивается роялти).

❗️Исключение - налоговые резиденты государств, заключивших соглашение об избежании двойного налогообложения с РУз.

👉По 1 января 2040 года в отношении доходов в виде дивидендов учредителей (участников) резидентов IT-парка - физических и юридических лиц, являющихся нерезидентами РУз, объем экспорта которых в составе совокупного дохода составляет более 50%, применяется 5% ставка налога на доходы и налога на прибыль, применяемая к резидентам РУз.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#elon

Diqqat
Ma'lumotlar bazasi migratsiyasi rejalashtirilgan: oldindan zarur choralarni ko'ring

Soliq qo‘mitasining katta hajmli ma’lumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayonlari 2025-yilda davom ettiriladi.

Soliq to'lovchilarga qulaylik uchun migratsiya jarayonlari rasmiy e’lon qilingan bayram kunlari davomida amalga oshiriladi – birinchi bosqich 21,22-va 23-mart kunlariga rejalashtirilgan.

Faoliyati vaqtinchalik cheklanadigan elektron xizmatlar haqida oldindan e'lon qilinadi.

Ushbu choralar katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashda ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil usullarini yanada optimallashtirish hamda axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining sifatli va uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zarur.

Shu munosabat bilan soliq to'lovchilardan barcha choralarni oldindan ko'rishlarini so'rab qolamiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

🤔O‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijalari

2024-yil davomida 31,9 mingta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Bu respublika boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining (520,6 ming) 6,1 %ni tashkil etadi.

📊 Toshkent viloyatida kameral soliq tekshiruvi o'tkazilgan soliq to'lovchilar soni 2 842 ta, bundan aniqlangan tafovutlar 731,9 mlrd so'mni tashkil qildi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yaylov yerlari soliqqa tortilmaydi

"Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-15 30.01.2025-yil

Hujjatga ko‘ra, Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xo‘jaliklarining doimiy foydalanishdagi yaylov yer maydonlari soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli o‘zgarishlar kiritilganidan keyin amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddasi

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan yer solig‘i stavkalariga nisbatan kamaytiruvchi qo‘llanilgan holda to‘lanadi.
👉Soliq kodeksining 429-moddasi
_____
#новое_в_законодательстве

Пастбищные земли не будут облагаться налогом

Принят Указ Президента "О мерах по внедрению современных механизмов охраны и рационального использования пастбищ".
👉№ УП-15 от 30.01.2025 г.

Согласно документу, пастбищные земельные площади, находящиеся в постоянном пользовании Каракалпакского, Бухарского, Джизакского, Кашкадарьинского, Навоийского, Самаркандского и Сурхандарьинского пастбищных хозяйств, не включаются в налогооблагаемую базу.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

В соответствии с действующим законодательством, за земли, расположенные в богарно-пастбищной зоне, земельный налог уплачивается с применением понижающих коэффициентов к налоговым ставкам, установленным Кенгашами народных депутатов районов и городов.
👉ст.429 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #jamoatchilik_kengashi

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari tadbirkorlar bilan muhokama qilindi


Savdo-sanoat palatasida Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev va tuzilma rahbarlari ishtirok etmoqda.

Unda tadbirkorlikka oid 6 ta normativ huquqiy-hujjat loyihalari muhokama qilinmoqda, jumladan:

◾️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla darajasida tashkil etilgan soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror loyihasi;

◾️Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida”gi Qaror loyihasi;

◾️Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan “Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zratirish kiritish to‘g‘risidagi Qaror loyihasi va boshqa hujjat loyihalari kun tartibiga kiritilgan.

Shuningdek, Prezidentning 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-sonli farmoni bilan belgilangan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar tinglanmoqda.

Soha mutaxassislari takliflarini olish va loyihalarni yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan tadbir qizg‘in bahs-munozaralarga boy kechmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
🤔Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyati belgilangan tartibda kim tomonidan bajarilishi lozim?
Anonymous Quiz
75%
➡️korxona rahbari
23%
➡️huquqiy vorisi
2%
➡️tugatuvchi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hisoboti #JShODS #ijtimoiy_soliq

Soliq hisobotlari bo‘yicha

Joriy yilda ijara to‘lovining eng kam stavkalari tasdiqlanganligi hamda soliq imtiyozlari hisobini yuritish uchun qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan 2025-yilda JShODS va ijtimoiy soliq hisobotning paket kodi yangilandi - № 11101_18.

Ushbu hisobot shaklini yanvar oyidan boshlab to'ldirish kerak. Hisobot shakli bilan tanishing.

📱Ertaga, 4-fevral kuni onlayn-seminar o'tkazilishi rejalashtirilgan, unda Soliq qo'mitasi mutaxassislari hisobotni qanday to'ldirishni batafsil tushuntirishadi.

Siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga jonli efir orqali javob olishingiz mumkin.

2024-yil uchun hisobot paketi kodi o'zgarishsiz qoldi – № 11101_16.

15-fevral – dam olish kuni (ishlanmaydigan kun) bo‘lganligi sababli, 2024-yil va 2025-yil yanvar oyi uchun JShODS va ijtimoiy soliq hisobotlarini topshirishning oxirgi kuni 17-fevralga ko'chiriladi.
__________
#налоговая_отчетность #НДФЛ #социальный_налог

О налоговой отчетности

В связи с утверждением минимальных ставок арендной платы на текущий год и внесением дополнений для учета налоговых льгот, обновился код пакета отчетности по НДФЛ и соцналогу на 2025 год - № 11101_18.

Данную форму отчетности нужно заполнять начиная с января. Просим ознакомиться с формой отчетности.

📱На завтра, 4 февраля, запланирован онлайн-семинар, где специалисты Налогового комитета подробно объяснят, как заполнять отчетность.

В прямом эфире вы сможете получить ответы на интересующие вопросы.

Код пакета отчетности за 2024 год остался прежним - № 11101_16.

В связи с тем, что 15 февраля - выходной (нерабочий день) последний день представления отчетности по НДФЛ и соцналогу за 2024 год и за январь 2025 года переносится на 17 февраля.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening

🗓 4-fevral kuni
"2025-yil uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisoboti"
mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 📱 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
_______
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится

🗓4 февраля
Тема: Отчетность по налогу на доходы физических лиц и соцналогу на 2025 год

Прямой эфир - на платформе 📱 YouTube

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

2025-yil 1-apreldan daromadidan qatʼiy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi.

Bunda soliq organlari Onlayn-NKT, EHF va boshqa tashqi va ichki ma'lumotlar asosida QQS hisobotlarini avtomatik tarzda shakllantiradi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksining
2- va 75-moddasi

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, farmatsevtika mahsulotlarini sotuvchi yoki tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun soliq to‘lash tartibi quyidagicha:
📉 daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmaydiganlar – aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi;
📈 daromadi 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lganlar – QQS va foyda solig‘i to‘lashga o‘tadi.

QQS 12% ni, foyda solig‘i stavkasi 15%ni tashkil etadi. Ijtimoiy soha faoliyatini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasi 0% belgilangan.

Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 4%ni tashkil etadi.
💊Ulgurji va chakana dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanuvchi dorixonalar uchun soliq stavkalari quyidagicha belgilangan:
📍Aholi soni 100 ming nafar va undan ko‘p bo‘lgan shaharlarda – 3%;
📍boshqa aholi punktlarida – 2%;
📍borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda – 1%.
Shuningdek, soliq to‘lovchilar qat'iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga haqli.
👉Soliq kodeksi, 467-modda

Ma'lumot uchun. 2024-yil yakuniga ko‘ra, ushbu sohada 7 785 ta yuridik shaxs AOS to‘lovchisi hisoblanadi, shundan, 1 208 ta yuridik shaxs qat'iy belgilangan miqdorda soliq to‘laydi.
__________
#НДС

Все компании в сфере фармацевтики и медуслуг станут плательщиками НДС

С 1 апреля 2025 года
юрлица, реализующие фармацевтическую продукцию или оказывающие медицинские услуги, признаются плательщиками НДС независимо от их доходов.

При этом налоговые органы будут автоматически формировать отчетность по НДС на основе чеков онлайн-ККТ, ЭСФ и других внешних и внутренних данных.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

Согласно действующему законодательству, юридические лица, реализующие фармацевтическую продукцию или оказывающие медицинские услуги, у которых совокупный доход:
📉 не превышает 1 млрд сумов - платят налог с оборота;
📈 более 1 млрд сумов - переходят на уплату НДС и налога на прибыль.

Ставка НДС составляет 12%, а налога на прибыль - 15%. Для налогоплательщиков, осуществляющих деятельность в социальной сфере, предусмотрена ставка налога на прибыль 0%.

Ставка налога с оборота составляет 4%.
💊
Для оптовых и розничных аптечных организаций, расположенных в:
📍городах с численностью населения 100 тысяч и более человек - 3%;
📍других населенных пунктах - 2%;
📍труднодоступных и горных районах - 1%.
Также налогоплательщики вправе на добровольной основе уплачивать налог с оборота в фиксированной сумме.
👉ст.467 НК

К сведению. По итогам 2024 года 7 785 юридических лиц в этих сферах являются плательщиками налога с оборота, из них 1 208 юрлиц платят налог в фиксированной сумме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_🟦🟦🖥

🇺🇿“Soliq va budjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.


🤔Bu haqida  "Olmaliq hayoti" gazetasining  4-sonida batafsil o'qishingiz mumkin.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM