Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
121 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#Korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi

📍Toshkent viloyati soliq boshqarmasi hamda Zangiota tumani soliq  inspeksiyasi xodimlari  tomonidan, savdo komplekslarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.


🔎Ana shunday tadbirlar,  Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududida  bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirlarda soliq sohasida korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot materiallari joylashtirilib, soliq to‘lovchilarga flayerlar tarqatildi.

✉️Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida
maʼlumotlarni@dsq_anticorrupciya-
bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi  orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefoni (78-220-20-01) ga xabar qoldirishlari mumkin.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram | Facebook |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shokirjonov news
Яқиндан бошлаб ҳайдовчилар ўз ёнида ҳайдовчилик гувоҳномаси, автомашинанинг техпаспорти ва ID карта (яшил паспорт) ни олиб юришга мажбур бўлмайди

2025 йилнинг 1 июнидан бошлаб юқорида саналган ҳужжатларнинг электрон версиясини ЙПХ ходимларига кўрсатиш мумкин бўлади.

Шунингдек, банклар, нотариуслар, вокзаллар ва аэропортларда ички рейсларда уларни телефондан кўрсатиш етарли бўлади.

Энг яхшиси — Soliq.uz иловасини телефонингизга ўрнатиб олинг. Унда паспорт, ҳайдовчилик гувоҳномаси, сизга тегишли автотранспорт воситалари ҳақида маълумотлар чиқади.

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌀Soliq organi tekshiruv materiallari koʻrib chiqiladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida soliq toʻlovchini koʻrib chiqish boshlanguniga qadar kamida necha kun oldin xabardor qiladi?
Anonymous Quiz
16%
➡️👍 kun
18%
➡️👍 ish kuni
13%
➡️👍 kun
53%
➡️👍ish kuni
#uchrashuv

Zamonaviy loyihalar va ilg'or tashabbuslar istiqbollari muhokama qilindi


Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bunyodkorlik ishlari, mahalliy tadbirkorlarning yangi tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab viloyat markazida barpo etilayotgan Yangi Navoiy shaharchasi, bu yerda yaratilayotgan zamonaviy infratuzillma va loyihalarni ko'zdan kechirdi.

Shuningdek, Soliq qo'mitasi Raisi Navbahor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan "Agrocenter" MChJga qarashli issiqxona va u yerda sifatli pomidor mahsulotlarini yetishtirishda eng ilg'or texnologiyalardan samarali foydalanish borasidagi ishlarni o'rgandi. Tadbirkorning yangi biznes loyihalari, kelgusi rejalari bilan tanishdi.

Navbatdagi manzil Navbahor tumanidagi o'simlik moyi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Pure Nature Oils" MChJ bo'ldi. Qo'mita Raisi tadbirkorning o'z biznesini yanada rivojlantirish yo'lidagi izlanish va tashbbuslari hamda eksport loyihalarini qo'llab-quvvatladi.

Shundan so‘ng Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida Navoiy viloyati soliq boshqarmasida xodimlar faoliyati samaradorligi, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

“Korxonabay” ishlash tizimida joriy oyda KPI past bo‘lgan 2 nafar xodim lavozimidan ozod etildi, 1 nafar xodimga ogohlantirish berildi.

Yigʻilishda tizimdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish, xalqning, tadbirkorlarning ishonchiga erishib, ularga amaliy yordam koʻrsatib borish birinchi darajali vazifa ekanligi yana bir bor ta'kidlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Maxsus iqtisodiy zonalardagi yuridik shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tish soddalashtiriladi


“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
👉VMQ-30-son, 22.01.2025-y.

Mazkur qaror bilan:

🔹maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yuridik shaxs elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan taqdirda qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi belgilandi;

🔹yangi ro‘yxatdan o‘tayotgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 kun muddatda arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan taqdirda, ushbu yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan yerida (pochta manzilida) mavjud emasligi to'g'risidagi tartib maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz❗️ Ilgari yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 kun muddatda arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan taqdirda yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan yerida (pochta manzilida) yo‘q deb e’tirof etilar edi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Soliq_kodeksi

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisobga turgan jismoniy shaxs oʻz soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi oʻz huquqlari va majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin.

⬇️⬇️⬇️
➡️ Soliq kodeksining 56-moddasi

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram | Facebook |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi.

📌Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi davlat soliq bosh inspektori F.Mustanov hamda Yangi yo'l shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimi B,Salimov hamkorligida, Yangi yo'l shahar soliq inspeksiyasida “Korrupsiya – kelajagimizga tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

⚡️Mazkur tadbirda inspeksiyaning shaxsiy tarkibi to‘liq jalb qilinib, ularga  soliq tizimining ichki mehnat tartibiga rioya qilish, yuklatilgan vazifalarni bajarishda halol va vijdonan yondashish, korrupsion holatlarga aralashmaslik hamda bu kabi salbiy holatlarni sodir etmaslik haqida batafsil tushuntirishlar berildi.


🔗Shuningdek, tadbirda soliq xizmati xodimi degan sharafli va munosib nomga dog‘ tushiradigan xatti-harakatlarni sodir etmaslikka, soliq to‘lovchilar bilan muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishlari, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari keng tushuntirildi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM