Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.53K subscribers
12K photos
1.64K videos
107 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#O‘rganish

🔰 “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq
Toshkent viloyati Zangiota tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i  D.Sulaymonov tomonidan Zangiota tuman 4-sektor hududiga qarashli "Bo‘zsuv " MFYda, kambag‘al oila toifasiga  kiritilgan 5 nafar oila  a'zolari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning sharoitlari o‘rganildi.

O‘tkazilgan muloqot davomida, oila a’zolarining daromadini oshirish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi,  doimiy ish bilan ta’minlanib va shu orqali kambag‘allikdan chiqarilishi bo‘yicha takliflar berilib, amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot  xizmati
Forwarded from O'zbekiston stol tennisi federatsiyasi🏓(rasmiy kanal)
#eʼlon

🔹Stol tennisi ishqibozlari diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida 27-28-sentabr 🏓stol tennisi bo'yicha “Soliq qo‘mitasi kubogi”🏆 musobaqasining respublika bosqichiga START beiladi.

Musobaqada mamlakatimizning 14 hududidan 11 yoshgacha, 11 dan 15 yoshgacha hamda15 yoshdan katta 100 nafardan ortiq saralangan havaskor sportchilar “Soliq qoʻmitasi kubogi” uchun bahslarga kirishadi.

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Seul ko‘chasi 7-uy Taekvondo Assotsiatsiyasiga tegishli  “Universal” sport majmuasi.

Sportchilarni qoʻllab quvvatlashga barchani taklif etamiz.

Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi axborot xizmati
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Facebook 🔹 Youtube
#Табрик

Hurmatli Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari!

Sizlarni 26 sentyabr – Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdagi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari ro‘yobga chiqarilishidagi, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlashdagi mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.

Hurmat bilan Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i A. Inagamov
#EHF #MXIK

Elektron hisobvaraq-fakturalarda paxta xom ashyosi tonnada realizatsiya qilinishi lozim

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, paxta yetishtiruvchilar tomonidan birja savdolari orqali realizatsiya qilingan (elektron hisobvaraq-faktura asosida) bir tonna paxta xom ashyosi uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mln so‘m miqdorida subsidiya beriladi.
❗️Paxta-to‘qimachilik korxonalari tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi hamda urug‘lik paxta bundan mustasno.

Shundan kelib chiqib, paxta xom ashyosi va paxta tolasi uchun MXIKga yagona o‘lchov birligi sifatida - tonna biriktirildi.

Endilikda, ushbu mahsulotlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda tonna o'lchov birligi avtomatik ravishda shakllanadi.
___________
#ЭСФ #ИКПУ

В электронных счетах-фактурах хлопковое сырье нужно реализовывать в тоннах


В соответствии с Постановлением Кабинета Министров за каждую тонну хлопкового сырья, реализованного через биржевые торги (на основе электронных счетов-фактур), производителям хлопка предоставляется субсидия в размере 1 млн сумов за счет средств Фонда государственной поддержки сельского хозяйства.
❗️Исключение составляют хлопковое сырье и семена хлопчатника, выращенные хлопково-текстильными предприятиями.

Исходя из этого, за ИКПУ хлопкового сырья и хлопкового волокна закреплена единица измерения - тонна.

Теперь при формировании электронных счетов-фактур на эту продукцию в качестве единицы измерения автоматически указывается тонна.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#foyda_soligi

Foyda solig'i bo'yicha hisobot shakli to‘ldirildi

Foyda solig'i hisob-kitobiga 2 qator qo'shildi:
🔹2-ilovadagi 0135 va 01351-qatorlar;
🔹2.1-ilovadagi 0334 va 01341-qatorlar.
👉Soliq kodeksining 312-moddasi

Ular “Avtokameral” axborot tizimi orqali tahlilda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va foyda solig‘i hisob-kitoblarida xarajatlarni taqqoslashda tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlarni alohida qatorda belgilash maqsadida kiritildi.

Soliq to'lovchilar ushbu hisobot shaklini uchinchi chorakdan, ya'ni 2024-yil 1-oktabrdan boshlab topshirishlari mumkin.

Ma'lumot uchun. Joriy yilning III choragi uchun foyda solig‘i bo‘yicha hisobot 20-oktabrdan kechiktirmay topshirilishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
# Antikorrupsiya

🔰 Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirishga qaratilgan navbatdagi profilaktik tadbiri Toshkent viloyati soliq boshqarmasida bo‘lib o‘tdi.

📈 Tadbirda viloyat soliq boshqarmasida mehnat qilib kelayotgan yosh xodimlar va ularning ota-onalari taklif qilinib, yuqori natijalarga erishgan xodimlarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi.

Shuningdek, tadbirda soliq to‘lovchilarga shaffof va namunali xizmat ko‘rsatish bosh vazifa ekanligiga e’tibor qaratilib, davlat xizmatchisiga bildirilgan ishonch, eng muhimi, jamiyatning davlatga bo‘lgan ishonchi, oila va farzandlar taqdiri har bir insonning tafakkurida, qalbida doim mustahkam bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish

Katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor va samarali tahlil qilish tizimi joriy etilmoqda


Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida xorijiy ekspertlar ishtirokida soliq organlari mutaxassislari uchun IBM Cognos Analytics tizimidan samarali foydalanish va Business Intelligence (BI) tahlilchilarini tayyorlash boʻyicha oʻquv kursi tashkil etildi.

40 nafarga yaqin xodimlar bir oy davomida IBM Cognos Analytics platformasida maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish, grafik va diagrammalar orqali vizualizatsiya qilish hamda tezkor hisobotlarni avtomatlashtirish imkoniyatlarini oʻzlashtirmoqda.

Ushbu bilim va koʻnikmalar kelgusida katta hajmdagi maʼlumotlarni samarali tahlil qilish imkoniyatini oshirib, soliq maʼmuriyatining qarorlar qabul qilish jarayonini zamonaviy vositalar bilan boyitishga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz"

🔰 Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida soliq xodimlari va ularning ota-onalari ishtirokida navbatdagi tadbir Toshkent viloyati soliq boshqarmasida boʻlib oʻtdi.

❗️ Tadbirda, mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, farzandlari va yaqinlarini bu xavfli illat tuzogʻiga tushishdan asrash uchun nafaqat jamoada, balki oilada ham korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishning muhim ahamiyati tushuntirildi.

📈 Davlat xizmatchisi, xususan soliq xodimi boʻlish naqadar sharafli va masʼuliyatli kasb ekanligi taʼkidlanib, iqtisodiyotimiz rivoji, mamlakat taraqqiyoti yoʻlida xizmat qilayotgan soliq xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan oila-aʼzolariga minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar taqdim etildi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk
#yеr_solig‘i

1️⃣5️⃣ oktabr - jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning oxirgi kuni

☝️Unutmang! Biz to‘layotgan soliqlar:

🏞mamlakatimiz obodligi;
🛣yo‘llarning ravonligi;
📚ta’lim;
🏥sog‘liqni saqlash;
⚔️mudofaa tizimi rivojiga sarflanadi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Ulgurji savdo tovar aylanmasi va hududlar kesimida yuqori o‘sish sur’atlari

Toshkent viloyati bo‘yicha 2024- yilning yanvar-avgust oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 23049,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,5 % ga o‘sdi.

Ulgurji savdo tovar aylanmasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlariga ega hududlar Zangiota (113,0 %) hamda Ohangaron (151,1 %) va Chinoz (185,4 %) tumanlarida kuzatildi.