Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
12.3K photos
1.69K videos
112 files
3.86K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#Uzum_sayli

Uzum sayli bo'lib o'tmoqda

👉
Batafsil
___

The uzum sayli (grape festival) is taking place

👉
In detail
___

Фестиваль "Узум сайли" продолжается

👉
Пордробно

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
#Uzum_sayli

Viloyatda uzumchilik sohasiga oid asosiy koʻrsatkichlar:

viloyatdagi uzumzorlar maydoni 13 ming gektardan 19 ming gektarga yetkazildi;

uzumlarning 40 ming tonnadan ortiq qismi 11 ta davlatga, vino mahsulotlarimiz esa 9 ta davlatga eksport qilinmoqda.

kelgusi 3 yilda viloyatda yana 20 ming gektar hosildor uzum plantatsiyalarini yaratishni rejalashtirilgan;

natijada uzum maydonlari 39 ming gektarga yetkaziladi;

yetishtirilgan hosil 400 ming tonnaga oshiriladi;

yurtimizda 28 dan ortiq xoʻraki va vinobop uzum navlari yetishtirilayotgan boʻlsa, shundan 13 tasi aynan Toshkent viloyatida yaratilgan.

eng asosiysi aholi xonadonlarida uzum yetishtirish, mayiz, shinni kabi maxsulotlarni tayyorlashning asrlardan-asrlarga oʻtib kelayotgan anʼanaviy usullarini yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BO‘STONLIQ TUMAINI_KPI TIZIMI – SAMARADORLIK KO‘RSATKICHI_23.08.2024
#foyda_soligi #imtiyoz

Foyda solig‘ining pasaytirilgan stavkasini kimlar qo‘llashi mumkin?

🔹F
oyda soligʻini 7,5% (pasaytirilgan ) stavkada qoʻllashga haqli:

▪️ Jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshmagan, ilk marotaba* foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan AOS toʻlovchilar. Pasaytirilgan stavka soliq toʻlashga oʻtgan yildan keyingi soliq davrida** qoʻllaniladi.

Misol uchun, korxona 2023-yil I chorak yakuni bilan ilk marotaba foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan bo‘lsa, keyingi soliq davri (2024-yil)da foyda soligʻini 7,5 % stavkada to‘laydi.

▪️ Jami daromadi ilk marotaba* 10 mlrd soʻmdan oshgan QQS to‘lovchilari. Pasaytirilgan stavka joriy va keyingi yil uchun qoʻllaniladi. Ushbu yillarda jami daromad 100 mlrd soʻmdan oshmasligi lozim.

Misol uchun, 2024-yil yanvarda faoliyati davomida jami daromadi ilk marotaba 10 mlrd soʻmdan oshgan korxona 2024-2025-yillarda foyda solig‘ini 7,5 % stavkada to‘laydi.

🔹Mazkur imtiyoz quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
▫️yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari;
▫️aksiz soligʻi toʻlovchilari;
▫️soliq toʻlovchi tugatilganda;
▫️pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti oʻrtasida soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (boʻlish) faktlari aniqlanganda.
👉 Soliq kodeksi 337-modda 11-qism

*mazkur soliq imtiyozi 2022-yil 1-sentabrdan keyingi davrlar uchun amal qiladi
**foyda soligʻining soliq davri
kalendar yil.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda

🔰Toshkent viloyati soliq organi xodimlari tomonidan aholi gavjum joylar, bozorlar, savdo komplekslarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

☑️Ana shunday tadbirlar joriy yilning 22-avgust kuni Toshkent viloyatining Oqqo'rgon tumanida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirlarda soliq sohasida korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot materiallari joylashtirilib, soliq to‘lovchilarga flayerlar tarqatildi.

📌Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida
maʼlumotlarni@dsq_anticorrupciya-
bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefoni (78-220-20-01) ga xabar qoldirishlari mumkin.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Belgilangan vazifalar ijrosi amalda

Avval habar berqanimizdek, berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari A. Zulfanov Yangiyo'l shaharda bo‘ldi va Yangiyo‘l shahar hokimi D. Sultanov boshchiligida soliq inspeksiyasi xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.  Yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi hamda mazkur kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida  10 nafardan ortiq boshqarma xodimlari jalb etildi.

🔰Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ish taqsimlanib, jarayon bugunning o‘zida boshlandi.

📌 Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari A.Zulfanov xodimlar bilan birgalikda sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ldi va  holatlar o‘rganildi. Undirilmayotgan soliq qarzdorligi bor, nol hisobot topshirgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi va ularga tushuntirishlar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati