Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.51K subscribers
12.3K photos
1.68K videos
112 files
3.83K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#soliqchi_komakchi #uchrashuv

Soliq qo‘mitasi rahbariyati Xitoy kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda

Unda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va tarkibiy tuzilmalar rahbarlari, O‘zbekistondagi xitoylik tadbirkorlar uyushmasi raisi, shuningdek, 60 ga yaqin Xitoy kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.

Muloqot chog‘ida tadbirkorlar soliq sohasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislardan maslahat oladi.
__________
#cолиқчи_кўмакчи #встреча

Руководство Налогового комитета проводит встречу с представителями китайских компаний

В ней принимает участие первый заместитель председателя и руководители структурных подразделений Налогового комитета, председатель Ассоциации китайских предпринимателей в Узбекистане, а также около 60 представителей китайских компаний.

В ходе диалога предприниматели задают интересующие их вопросы в сфере налогообложения и получают консультации специалистов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Bekobod shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining sayyor qabul uchrashuvi bo‘lib o‘tdi...

🇺🇿Joriy yilning 08 avgust kuni Bekobod shahar 4-sektor hududiga qarashli "A.Navoiy" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun maxalla binosida Bekobod shahar 4-sektor rahbari o‘rinbosari D.Xamraev raisligida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bekobod shahar Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Artikaliev, MFY raisi B.Jo‘raev hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda hududda istiqomat qilayotgan fuqarolar turli yo‘nalishlarda murojaat qildilar, murojaatlarni hal etilishi yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi, ijrosi nazoratga olindi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram
#markirovka

Markirovkalanadigan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlari xatlovdan o‘tkaziladi

Bugungi kunda, O‘zbekistonda alkogol, tamaki, pivo mahsulotlari, maishiy texnika, dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda suv va salqin ichimliklar majburiy raqamli markirovkalanmoqda.

Raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning chakana yoki ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar “Asl belgisi” – mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga ulanishi shart.
👉 VMQ 737-son 5-band 20.11.2020

Majburiy raqamli markirovkalanishi shart bo‘lgan tovarlarning chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari “Asl belgisi” MATda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishlari shart.
👉 Chakana savdo qoidalari 58 prim 1- band

2024-yil 1-sentabrga qadar Soliq qo‘mitasi tomonidan alkogol, tamaki va pivo mahsulotlari, maishiy texnika va dori vositalari chakana savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlarining “Asl belgisi” milliy axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tganligi hamda raqamli markirovkalash talablariga rioya etilayotganligi xatlovdan o‘tkaziladi.
👉 VMQ-478-son 03.08.2024

Raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlaridan “Asl belgisi” MATdan ro‘yxatdan o‘tish hamda markirovkalash talablariga rioya etishlari so‘raladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#navbatdagi sayyor qabul

🇺🇿  Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari va soliq boshqarmasi rahbarlari tomonidan    Bo'stonliq tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar hamda tadbirkorlar uchun  "Xo‘jakent" MFY hududida joylashgan "Xo‘jakent" pansionatida boʻlib ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹O‘tkazilgan sayyor qabul jarayonida, Toshkent viloyatining mutasaddi tashkilot rahbarlari, tuman tashkilot raxbar va mas’ullari hamda MFY raislari ishtirok etdilar.
 
Qabul davomida fuqarolar tomonidan yechilmay kelayotgan muammolari bilan murojaat qilishib, masalalari yuzasidan tegishli tashkilot hamda sektor rahbarlari tomonlaridan tegishli tushuntirish, ijobiy javoblar hamda ayrim  murojaatlar muddat talab etilishini ma’lum qilib, qabul savol-javoblar bilan qiziqarli tarzda o‘tkazildi. 

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati