Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.2K photos
1.66K videos
111 files
3.77K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 7-avgust:

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODS va ShJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️7 августа 2024 года - последний день:

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
Photo
Barqarorlik reytingi mezonlari va baholash metodikasi takomillashtirildi

"Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom"da belgilangan 6 ta mezonga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉 VMQ-467-son 31.07.2024-yil

Mezonlarlardagi o‘zgarish va qo‘shimchalar

🔹2-mezon – EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatayotgan sohaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan:

▫️20 foiz va undan yuqori bo‘lsa – 10 ball;
▫️15-20 foizgacha yuqori bo‘lsa – 8 ball;
▫️10-15 foizgacha yuqori bo‘lsa – 6 ball;
▫️5-10 foizgacha yuqori bo‘lsa – 4 ball;
▫️o‘rtachaga teng yoki 5 foizgacha yuqori bo‘lsa – 2 ball beriladi.

🔹3-mezon – Tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan obyektlar uchun ballar berishda oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk ham hisobga olinadi.

🔹4-mezon – Bir nafar xodimga hisoblangan ish haqi summasi miqdori MHTEKMdan kelib chiqib ball beriladi:
▫️Toshkent shahar uchun –
-3 barobardan 4 barobargacha – 5 ball;
-4 barobardan yuqori bo‘lsa – 10 ball.
▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun –
-2 barobardan 3 barobargacha – 5 ball;
-3 barobardan yuqori bo‘lsa – 10 ball.
Eʼtibor bering: o‘tgan oyga nisbatan ishchi xodimlar soni 10 %dan ko‘p kamaygan hollarda ball berilmaydi.

🔹8-mezon –
▫️Kalendar sanada rasmiylashtirilgan EHF bilan birga eksportni tasdiqlovchi hujjatlar, onlayn-NKT va elektron cheklar summasining ular bo‘yicha jami tovar aylanmasidagi ulushi (foizi) hisobga olingan holda ball beriladi.
Eʼtibor bering: “Soliq hamkor” tizimi orqali soliqqa oid huquqbuzarlik fakti bo‘yicha murojaat kelib tushgan taqdirda ball berilmaydi.

▫️Naqd va terminal orqali amalga oshirilgan savdo tushumi bilan Onlayn-NKTga kirim qilingan savdo tushumida tafovut aniqlanganda – 5 ball chegiriladi.

🔹9-mezon– EHF orqali xarid qilingan tovarlar realizatsiyasi ko‘rsatkichini hisoblashda 1-yanvar (yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari uchun — ro‘yxatdan o‘tgan davr) va 31-dekabr sanasidagi tovar yoki xomashyo qoldig‘ining oylarga teng ulushlardagi summasi inobatga olinadi.

🔹10-mezon – Soliq organlari tekshiruvdan oldingi tahlil (avtokameral) natijasida aniqlagan kamchiliklar bartaraf etilgan bo‘lsa, 10 ball beriladi.

🔹Sohalar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar ro‘yxatdan o‘tish joyiga qarab hisoblanadi:
▫️QQS va foyda solig‘i to‘lovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar kesimida;
▫️AOS to‘lovchilar tuman (shahar)lar kesimida.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#markirovka

Tadbirkorlarga 2D-skanerlar xarid qilishda soliq imtiyozlari taqdim etiladi

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan foydalanishi shart.

2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda soligʻi yoki AOS yoxud YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalariga kamaytirish huquqi berildi (4 x 340 000 = 1 360 000 so‘m).

Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi.
__________
#маркировка

За приобретение 2D-сканеров предпринимателям предоставляются налоговые льготы

Субъекты предпринимательства, которые занимаются розничной торговлей продукцией с цифровой маркировкой, должны использовать устройства для считывания маркировки.

До 1 января 2027 года предпринимателям предоставлено право вычесть из суммы начисленного и подлежащего уплате налога на прибыль или налога с оборота либо налога на доходы физических лиц, уплачиваемого индивидуальным предпринимателем, расходы на приобретение таких устройств в размере не более 4 БРВ за одно устройство (340 000 сумов * 4 = 1 360 000 сумов).

Ранее такая льгота уже предоставлялась предпринимателям до 1 января 2023 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #mobil_ilova

Soliq keshbekdan iyul oyida 78 mlndan ko'proq foydalanildi

Joriy yilning 1-avgust holatiga Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 7,5 mln dan oshdi.

📱Iyul oyida mobil ilova xizmatlaridan 78,6 mln martadan ko‘p foydalanilgan.

Yangi xizmatlar:
1.
Soliq biznestadbirkorlar shaxsiy kabinetining mobil versiyasi;
2. Barqarorlik reytingi natijalari bilan tanishish;
3.
Davr-On – soliq to‘lovchilar uchun virtual maslahatchi.

🎗Eng ommabop xizmatlar:
Xaridlar uchun keshbek
Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish
O‘zini o‘zi band qilish
Soliqlarni to'lash
Soliq hamkor
#kun_hikmati

Modomiki to`xtab qolmas ekansan, sekin yoki tez yurayotganing ahamiyatsiz. Muhimi - to`xtab qolmaslik👆

-Konfutsiy-

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

❗️Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart.

🧾 Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.

👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


🚫Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi.

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.
Olti oy davomida chek bermaslik yuzasidan 45,5 mingga yaqin murojaat kelib tushgan.
__________
#онлайн_ККТ

Покупателям должны выдавать чек с QR-кодом

❗️
Субъекты предпринимательства обязаны использовать онлайн-ККМ и виртуальные кассы и выдавать покупателям чек с QR-кодом и фискальной отметкой.

🧾 Такой чек выдаётся покупателю как при оплате наличными, так и через терминал.

👉№ УП-5813 от 06.09.2019 г.

При осуществлении денежных расчетов с населением через электронные платежные организации или платформы электронной коммерции (маркетплейсы) предоставляется электронный фискальный чек.
👉ПКМ № 943 от 23.11.2019 г.

🚫Осуществление торговли и оказание услуг без применения контрольно-кассовой техники, реализация товаров и оказание услуг без выдачи чека покупателю считается налоговым правонарушением и является основанием для привлечения к ответственности в установленном порядке.
👉ст.221 НК

Осуществление расчетов через P2P-переводы (с карты одного физического лица на карту другого физлица) за товары или услуги между продавцом и покупателем без выдачи чека противоречит налоговому законодательству.

Подать жалобу на невыдачу чека можно в разделе "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq.
За полгода поступило почти 45,5 тысяч жалоб на невыдачу чека.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil yanvar-iyul oylarida Toshkent viloyati bo‘yicha “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 5 737 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹5 198 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹228 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹8 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹303 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 2 863 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

🔍Murojaatlar asosida 1 599 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 100,0 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Natijada, huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2024-yil davomida to‘langan mukofot summalari 1307 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 1009,0 mln soʻmga yetdi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Prezident tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi

🔰Qonunga ko‘ra, fuqarolar quyidagi ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin:

2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;

“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

2021-yil 8-iyunga qadar (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;

bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;

kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;

davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;

hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

Ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:

▫️yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi;
▫️yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;
▫️yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;
▫️muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi;
▫️bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa);
▫️har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat aʼzosi hisoblanishi va boshqalar).

📌Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qonunga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:

🔹1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;

🔹1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.

Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

🗂 Huquqlarni eʼtirof etish hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:

🔸Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar bo‘yicha 6 xil turdagi birlamchi maʼlumotlarni kiritadi;

🔸10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “O‘zbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi bo‘yicha o‘z vakolatidagi maʼlumotlarni tizimga kiritadi;

🔸tizimda shakllantirilgan elektron yig‘majild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.

🗞 To‘plangan hujjatlarning to‘liqligi va qonuniyligi adliya organlari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

📝 Ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga Kadastr agentligi tomonidan xabarnoma yuboriladi.

✔️ Xabarnoma asosida bir martalik to‘lovni amalga oshirganlarga har chorakda xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan huquqlar eʼtirof etiladi (yerga – ijara huquqi, bino-inshootga – mulk huquqi).
📌 Ohangaron shahar 4-sektor rahbari A.Mo'minov sektor hududidagi "Birlik" MFY yoshlari bilan uchrashuv o'tkazdi. Yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi murojaatlari tinglanib, ijrosi yuzasidan ko'rsatmalar belgilab olindi.

⚡️ Shuningdek, ushbu hududda barpo etilgan yangi sport maydonchasi bilan tanishildi. Yoshlarning talabidan kelib chiqib, homiylar hisobidan anjomlarni olib berishga kelishib olindi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
#brifing

Ayni daqiqalarda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Xashimova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Soliq mobil ilovasida tadbirkorlar uchun ishga tushirilgan "Soliq biznes" xizmati haqida tushuntirish berilmoqda.

👉Jonli efir
———-
#брифинг

В эти минуты в АИМК проходит брифинг при участии начальника управления Налогового комитета Дилдоры Хашимовой.

Он посвящен услуге «Soliq biznes», запущенной для предпринимателей в мобильном приложении Soliq.

👉
Прямой эфир

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads