Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13K photos
1.82K videos
118 files
4.29K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#jarayon

Bo‘stonliq tumani  G'azalkent mahallasida  Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R.Tursunboyev, boshqarma bo‘lim boshlig‘i Sh.Nafasov, inspeksiya boshlig‘i Z.Zokirovlar    “Oltin Bog‘ Baraka” fermer xo'jaligida bo'ldilar.

🔹Ushbu fermer xo‘jalikning yer maydoni 13.5 ga bo‘lib, soliq bazasida jami 2 ta ishchilar soni ko‘rsatilgan, bugungi kun holatiga jami 62,5 mln so‘m soliq qarzdorligi mavjud bo‘lib, yer maydonidan samarali foydalanilmasdan kelinayotganligi aniqlandi. 

Fermerga holat yuzasidan tushuntirish berilib, ijrosi nazoratga olindi
.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 19-iyun

may oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JSHODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4 va 5-qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3 va 4-qism).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 19 июня 2024 года последний день

за май:


- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

♻️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi mutasaddilari Bo‘stonliq tumanidagi “Fazogir”, “Do‘stlik”, “Besh tut” mahallalarida bo‘lib, u yerda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashdi.

🔹Uchrashuvda 100 ball olish imkonini beruvchi 10 ta umumiy mezon, yana qo‘shimcha 45 ball olish mumkin bo‘lgan rag‘batlantiruvchi, shu bilan birga, kamaytiruvchi mezonlar haqida ma’lumot berildi.

📌Ta’kidlash kerakki, Toshkent viloyatida A toifadagi korxonalar soni 206 ta, B toifadagi korxonalar soni 4785 ta, C toifadagi korxonalar soni 10 177 ta hamda D toifadagi korxonalar soni 12 727 tani tashkil etadi.

📌Shuningdek tadbirkorlarga korxona rahbari hamda hisobchisiga shaxsiy kabinet orqali reytingdagi toifasini muntazam kuzatib borishlari, kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkinligi tushuntirildi.
#eslatma #TTY

1-iyuldan - barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.

Elektron TTYni rasmiylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:

📍 yuk jo’natuvchi elektron TTY ishtirokchilari, transport vositalari va tovarlar tog’risidagi ma’lumotlarni shakllantirib, ERI bilan tasdiqlaydi;

📍 elektron hujjat almashish operatori elektron TTYga ID va QR kodlarini biriktirib uni ishtirokchi sub’yektlarga jo’natadi;

📍 yukni yetkazib berishga masul shaxs o’ziga tegishli ma’lumotlarni tekshiradi va yuklar qabul qilganligini Face-ID tizimi yordamida mobil ilova orqali tasdiqlaydi;

📍 yukni qabul qiluvchi o’ziga tegishli ma’lumotlarni tekshirib, kelib tushgan elektron TTYni yuk qabul qilish jarayonida ERI bilan tasdiqlaydi yoki sababini ko’rsatgan holda rad etadi.
⚽️O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi uchun soliq imtiyozlari

Soliq kodeksining
483-moddasiga muvofiq,

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi, Professional futbol klublari:

✔️barcha turdagi soliqlardan (ijtimoiy soliq tashqari);

✔️O‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilari daromadidan to‘lanadigan JShODSdan;

✔️O‘zbekistonga olib kiriladigan, O‘zbekistonda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan
▫️sport asbob-uskunalari va inventari,
▫️translyatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar,
▫️inventar va texnika,
▫️farmakologiya tovarlari,
▫️sport oziq-ovqatlari,
▫️futbol (futzal) maydonlari uchun sunʼiy o‘tlar,
▫️shokpad,
▫️granulalar,
▫️maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari,
▫️transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun QQSdan ozod etiladi.

🔗 O‘RQ–857, 18.07.2023 y
2024-yil yanvar-may oylarida sayyor qabullarda 2 ming 395 ta ortiq murojaat hal etildi

📈2024-yil yanvar-may oylarida Soliq xizmati organlari tomonidan Toshkent viloyati bo‘yicha o‘tkazilgan 497 ta sayyor qabullarda 3505 ta murojaat yo‘llangan.
Shundan:
▫️hal etilgan –2395 mingta (68%);
▫️tushuntirish berilgan – 730 ta (21 %);
▫️o‘rganish jarayonida –357ta (10%);
▫️rad etilgan – 23 ta (1 %).

Eng ko‘p sayyor qabul o‘tkazilgan hududlar – TOP-3:
📍Orta churchiq – 27 ta.
📍 Yangi yo‘l tumani 26 ta
📍Ohangaron tumani 25 ta

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
#ozini_ozi_band_qilish

Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar AOS hisobotini qanday topshiradi?

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 million so‘mgacha bo‘lgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Soliq davrida tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, lekin 1 mlrd so‘mgacha bo‘lganda AOS to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tan olinadi. Bunda ular soliq organlariga soliq hisobotini taqdim etishi hamda soliqlarni to‘lashi shart.

Agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar EHF, onlayn-NKT hamda marketpleys orqali daromad olgan bo‘lsa, ushbu daromadlarning 100 mln so‘mdan oshgan qismi AOS hisobotida avtomatik shakllanishi uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim

my.soliq.uz saytidagi “Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun” shaxsiy kabinetiga elektron raqamli imzo orqali kiriladi.

U yerdan “Avtomatlashtirilgan aylanmadan olinadigan soliq hisobotiga oʻzgartirish kiritish” soʻngra “Murojaat yuborish” tugmasi bosiladi.

Ochilgan oynadan soliq davri hamda hisobot davri tanlanadi. Satr nomi qatoridan “Qatʼiy belgilangan miqdordagi daromad soligʻi toʻlovchisi boʻlgan davrda olgan daromadi” belgilanadi, shundan soʻng satr kodi hamda summa qatorlari avtomatik shakllanadi.

Soliq turi qatoridan "Aylanmadan olinadigan soliq" tanlanadi. Asoslantiruvchi hujjat sifatida oʻzini oʻzi band qilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yuklanadi hamda yuborish tugmasi bosiladi.

Shundan soʻng hisobot topshirish jarayoniga oʻtiladi. Buning uchun shaxsiy kabinetdan “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning hisobotlari” oynasi undan so‘ng quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:
👉Elektron shakllar;
👉Aylanmadan olinadigan soliq;
👉Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi.


Ochilgan oynadan soliq turi, hisobot turi, yil, davr tanlangach, hisobot shaklida soliq summasi avtomatik shakllanadi so‘ngra joʻnatish tugmasi bosiladi.

Bank hisobraqami mavjud soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetning "O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarining soliqlarini to‘lash" bo‘limi orqali soliq to‘lovlarini amalga oshirishi mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

19-iyun - may oyi uchun AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisobotini to‘ldirish bo‘yicha quyidagilardan foydalanish mumkin:
👉 videoqo‘llanma
👉 onlayn-seminar
_______
#налог_с_оборота

19 июня - последний день представления отчетности и уплаты по налогу с оборота за май

Чтобы заполнить отчетность по налогу с оборота, воспользуйтесь:
👉 видеоинструкцией
👉 онлайн-семинаром

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BO‘KA TUMANI_SAYYOR QABULDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar

2024-yil 1-iyun holatiga faoliyat yuritayotgan YTTlar soni 26 736 nafarga etdi.
Shundan:
81,9 % – qat'iy miqdorda daromad solig‘i to‘lovchi
17,6 % – AOS to‘lovchi
0,5 % – QQS to‘lovchi

Yakka tartibdagi tadbirkorlar qaysi sohalarda faoliyat yuritadi?

🔹chakana savdo – 13675
🔹hunarmandchilik – 1965
🔹maishiy xizmat koʻrsatish – 2724
🔹boshqa faoliyat turlari – 8284
Audio
📻 O’zbekiston 24 radiosi

🎙Xabarlar dasturi

📈 “Toshkent viloyati soliqboshqarmasi hamda hududiy soliq inspeksiyalarida Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan targ‘ibod tadbirlari .

🎤Bu haqda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi xodimi ma’lumotlari
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart


Xoʻjalik subyektlari rasmiylashtirayotgan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.


Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka
#EHF

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha EHF 1 kun ichida tasdiqlanishi kerak

Yetkazib beruvchi tomonidan raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha yuborilgan EHF sotib oluvchi tomonidan 1 kalendar kun ichida ERI bilan tasdiqlanishi yoki sababi ko‘rsatilgan holda rad etilishi shart.

Sotib oluvchi tomonidan belgilangan muddatda tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan EHF tasdiqlangan hisoblanadi.

👉VMQ-489 2-ilova 63-band 14.08.2020-yil
_________
#маркировка
#ЭСФ

ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой должен быть подтвержден в течение 1 дня

Если поставщик выставляет ЭСФ по товарам, подлежащим обязательной цифровой маркировке, то этот ЭСФ должен быть подтвержден ЭЦП покупателя или отклонен с указанием причин в течение 1 календарного дня.

Не подтвержденный или не отклоненный покупателем в установленный срок ЭСФ считается подтвержденным.

👉п.63 Прил.№2 к ПКМ №489 от 14.08.2020 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads