Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
12K photos
1.64K videos
109 files
3.67K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Bolalarga bering dunyoni...

♻️Bolalik—hayot ummonining musaffo zarchashmasidir. Boisi, u har bir murg‘ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to‘la lahzalardir. Go‘daklarning bahor tongi misol beg‘ubor qalbi faqat yaxshiliklarga yo‘g‘rilgan bo‘ladi.

🔹Bolaligi quvonchlarga boy bo‘lgan inson chin ma’noda boshqalarga ham yaxshilik ulashishga qodir bo‘ladi. Ayniqsa ota-onaning yuksak tarbiyasi, muallimlarning saodatga eltuvchi o‘gitlari, onadek aziz Vatanning tafti insonnig yashashga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi.

📌Shu ma’noda yurtimiz bolalariga havas qilsa arziydi. Ularning barkamol bo‘lib ulg‘ayishlari yo‘lida barcha imkoniyatlar mavjud.

❇️Mamlakatimizda bolalarga bo‘lgan e’tiborning uzviy davomi sifatida Toshkent viloyati soliq boshqarmasi tomonidan ham bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.

⚡️Xususan, kuni kecha boshqarma xodimlarining farzandlari madaniy dam olishlari uchun bepul taklifnomalar berildi.

🎈Unda 100 nafarga yaqin bolajonlar Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo‘lishib, “Uch mushukcha” nomli teatrlashtirilgan musiqaviy sahna ko‘rinishini tamosha qildilar.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

Soliq qo‘mitasi mutaxassislari va yosh tadbirkorlar davra suhbati

Uchrashuvda amaldagi soliq qonunchiligi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida ma'lumotlar berildi.

QQS stavkasining 20%dan
bosqichma-bosqich 12%ga tushirilishi natijasida QQS to‘lovchilar soni ortib borayotgani aniq misollar bilan tushuntirildi.

Ma'lumot uchun, 2024-yil 1-may holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS toʻlovchilar soni 191 738 tani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 % ko‘p.

Eng ko‘p QQS to‘lovchilar savdo sohasida (63,2 ming) faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, eng yuqori o'sish sur'ati transport sohasida 19,8% kuzatilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlarni ragʻbatlantirish choralari joriy etilishi tushuntirildi


🔺Toshkent viloyati soliq boshqarmasida biznes vakillari uchun tadbirkorlik sub`ektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Boshqarmaning Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda tadbirkorlarga 100 ball olish imkonini beruvchi 10 ta umumiy mezon, yana qo‘shimcha 45 ball olish mumkin bo‘lgan rag‘batlantiruvchi, shu bilan birga, kamaytiruvchi mezonlar haqida ma’lumot berildi.

♻️Ta’kidlash kerakki, Toshkent viloyatida A toifadagi korxonalar soni 251 ta, B toifadagi korxonalar soni 7391 ta, C toifadagi korxonalar soni 25 627 ta hamda D toifadagi korxonalar soni 16 935tani tashkil etadi.

📌Uchrashuvda korxona rahbari hamda hisobchisiga shaxsiy kabinet orqali reytingdagi toifasini muntazam kuzatib borishlari, kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkinligi tushuntirildi.
#SAYYOR_SOLIQ_TЕKSHIRUVI

♻️Soliq to`lovchilarning soliqlar va yig`imlarni hisoblab chiqarish hamda to`lash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdеk soliq to`g`risidagi qonunchilikda bеlgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tеkshirish sayyor soliq tеkshiruvidir.

🔎Sayyor soliq tеkshiruvi chog`ida hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag`lari harakatining, shuningdеk soliq to`lovchining faoliyati bilan bog`liq bo`lgan boshqa axborotning tahlili o`tkaziladi.

🧾Sayyor soliq tеkshiruvlarini o`tkazish chog`ida soliq organlari profilaktika tadbirlarini va xronomеtraj kuzatuvlarini amalga oshirishga, nazorat-kassa tеxnikasi va to`lov tеrminallari qo`llanilishini tеkshirishga va soliq nazoratining boshqa tadbirlarini o`tkazishga haqli.

📑Sayyor soliq tеkshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari o`rinbosarining) buyrug`i asosida o`tkaziladi. Buyruqda soliq to`lovchining nomi, tеkshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tеkshiruvlarni o`tkazish muddatlari va maqsadi ko`rsatiladi.

Sayyor soliq tеkshiruvi o`n kundan ko`p bo`lmagan muddatda o`tkaziladi.

Sayyor soliq tеkshiruvini tayinlash to`g`risidagi buyruqda ko`rsatilgan sana ushbu tеkshiruvni o`tkazish muddatining boshlanishi dеb hisoblanadi.

Sayyor soliq tеkshiruvi o`tkazish to`g`risidagi nizom O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
#soliq_hisoboti

My3.soliq.uz saytidagi Yuridik shaxslarning shaxsiy kabinetida soliq to‘lovchilarning interaktiv taqvimi joriy etildi

Yangi interaktiv taqvim har bir soliq to‘lovchining soliq majburiyatlariga moslashtirilgan bo‘lib, tadbirkorlik subyektlarining soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etishi haqida ma’lumot berib boradi.

“Mening taqvimim” boʻlimida oʻz vaqtida taqdim etilgan hisobotlar, kelgusi hisobotlar, shuningdek, taqdim etilmagan hisobotlar haqida batafsil maʼlumotlar aks etadi.

Yaqin kunlarda interaktiv taqvim haqida onlayn-seminar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu seminarda sizlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob beradi. Savollaringizni
- Soliq qo‘mitasining soliq.uz sayti,
- yoki Soliq mobil ilovasidagi "Bizga xabar yuboring" qayta aloqa tizimi orqali yo‘llang.

*interaktiv taqvim test rejimida ishlamoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi.

Joriy yil uchun soliq summasining birinchi yarmi 15-aprelgacha to‘lanmagan bo‘lsa, kechiktirilgan har bir kun uchun penya hisoblanadi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.
_____
#налог_на_имущество #земельный_налог

Уплатить налоги на имущество и землю можно в мобильном приложении Soliq

Физлица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября.

Если вы не уплатили первую половину от суммы налога за текущий год до 15 апреля, то за каждый день просрочки начисляются пени.

Произвести оплату можно не выходя из дома - в мобильном приложении Soliq.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads